O’quvchilar mashqni bajarib bo’lganlaridan so’ng boshlovchi har bir guruh
ishtirokchilariga quyidagi savol bilan murojaat kiladi: Sherigingiz bermoqchi bo’lgan
ma’lumotdan nimani tushundingiz? Ikkinchi guruxdagilarga esa «Siz
aslida nima
demoqchi edingiz?», deb so’raladi. Natijalar solishtirib chiqiladi va noverbal imo-
ishora va xatti-harakatlar individal xususiyatga ega bo’lishi bilan birga umumiy
tomonlarga ham egaligi ta’kidlab o’tiladi.
Muloqot davomida bu jarayon
ishtirokchilarning nafaqat so’zlari balki, xatti-harakatlari, yuz ifodasi, tovushidagi
intonasiyalarni o’qiy olish zarurligi haqida xulosa chiqariladi.