ko’p bo’lsa) yutadi, aksincha boy hayotiy tajribaga ega bo’lgan odam (barcha
barmoqlari bukilgan) yutqizadi. O’yin shu tarzda barcha ishtirokchilar bittadan gap
aytgunlaricha davom ettiriladi.
«Mumkin emas...»
O’yinning borishi
:
Guruh ikkiga bo’linadi. Birinchi guruh o’z istak-xohishlarini
bayon qiladi,
ikkinchi guruh esa bunga rad javobini berishi kerak. 10 minutdan keyin guruxlar o’z
o’rinlarini almashadilar. O’yin taxminan quyidagicha boshlanishi mumkin:
- Men bugun kechqurun diskotekaga bormoqchi edim.
- Yo’q, mumkin emas, kech bo’lib qoladi.
O’yindan so’ng xohishlarni rad qilish uchun qo’llanilgan dalillar,
ularning
sabablari va mazmuni taxlil qilib chiqiladi. Boshlovchi quyidagicha xulosa qilsa
bo’ladi: «Asosli va asossiz rad etishlari bor. Ko’pincha sizga ba’zi taqiqlar asossizday
tuyulishi mumkin,
biroq ularda xam maqsad, mazmun borligini inkor eta olmaymiz.
Agar biz istagimiz nega rad etilayotganligini anglasak, tushunsak, bunga ko’nishimiz
osonroq bo’ladi. Ba’zan o’zimiz qilayotgan hatti-harakatlarimiz, istagimiz noo’rin
ekanligini ham anglab turamiz. Bunday holda tushunishimiz qiyin bo’lgan
kechinmalarni his qilamiz».