11. “Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni.
Bu
ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo’lgan tamoyildir.
12. “Ixtiyoriylik” qonuni.
Seminarda o’z mulohazalarini bayon qilish,
munozaralarda, o’yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi
mumkin.
13. “Vaqtni tejash – sarishtalik” qonuni.
Guruh
ishtirokchilari trening
mashg’uloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, lo’nda ifodalashi,
mavzu
doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim.
14. “Shaxsni baholamaslik” qonuni.
Har bir ishtirokchi o’z fikr
mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va
qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama
qilishlari kerak va
so’zlovchining o’sha paytdagi xulq-atvori, hatti-harakatini baholashdan qochishlari
kerak. M: “o’sha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak
edi” va hok... Buning o’rniga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim
kabi variantlarda so’zlashish yoki fikrini bildirish so’raladi.
«Olma».
Qatnashuvchilar davra ko’rib o’tiradilar. Boshlovchi «Mening ismim... Men
...ni yaxshi ko’raman (xohlagan narsa yoki kishini aytishi mumkin)», - deydi va olma
(koptok)ni biron kishiga qarab otadi. Olma (koptok)ni ilib olgan ishtirokchi ham o’z
navbatida o’zini shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga uzatadi. O’yin
barcha ishtirokchilar o’zlarini tanishtirib bo’lgunlariga qadar davom etadi.
Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytilishi mumkin bo’lgan jumlalar:
Men ... yaxshi ko’raman (kishini ismi xam bo’lishi mumkin).
Bolaligimda yaxshi ko’rgan ovqatim ... (kasha) edi.
Men yoqtiradigan rang (gul yoki meva) - ...