3. Ishni olib borish bosqichi.
4. Yakunlash bosqichi.
Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo’lib, bunda quyidagi jihatlarga
e’tibor berish kerak:
- Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o’tkaziladigan
maxsus
treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo’lgan va psixik
holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki,
bunday
holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi
ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’lsa kerak.
- guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha)
bo’lgani ma’qul.
- ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ular
orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish lozim, 45-50
yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo’lmasligi va
ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin).
- ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi
kerak.
Bundan tashqari yana quyidagilarga xam e’tibor berish lozim bo’ladi:
Treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak.
Trening
ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishlari lozim. Trening
o’tkaziladigan xona albatta izolyasiyalangan bo’lishi shart, ya’ni
hyech kim ularni
bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak.
Rasmiylashgan guruh bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Trenerdan auditoriya
erkin bo’lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi.
Trening qonunlari
1.1. Trening qonunlari nima uchun kerak.
Trening boshlanishidan oldin qoidalari (qonunlar) nima uchun qabul qilinadi?
Trening — emosiyaga boy, noan’anaviy mashg’ulot bo’lib, shaxsning muloqot
usulini o’zgartirish, uyg’unlashtirishga, shaxslararo
munosabatlarni yaxshilash,
boshqa odamlar bilan muloqotda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni hal etishga
yo’naltirilgan.
Trening maqsadlari inson psixologiyasining murakkab jarayonlariga,
nozik
tomonlariga ta’sir etishi mumkin, shuning uchun trenerning
ishini qimmatbaho
toshga ishlov berayotgan zargar mehnati bilan taqqoslash mumkin.
Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish va
tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qo’llash trening qatnashchilari
uchun yordam bo’ladi va aksincha, agar trener bularga e’tibor bermasa trening guruhi
“bo’linib ketishi” yoki qatnashchilarni “yaralashi”mumkin.
Trenerning zargarlik mahorati guruhda intizomni (ayniqsa
guruh maktab
yoshidagi bolalar va o’smirlardan tashkil topgan bo’lsa) o’rnatishdan boshlanadi.