ishlar bilan shug’ullanish senga ertalik qiladi», - dedi. Uning gapi senga juda og’ir
botdi va Sen unga javob berishga qaror kilding.
N2: Xulqi yaxshi bo’lmagan tengqurlaringdan biri kechqurun qayerdadir
o’tadigan kechaga seni taklif qilayapti. U bola (qiz) spirtli ichimlik iste’mol qiladi va
hatto sigaret ham chekadi. U senga: «Yur,
bir dam olib kelamiz, sen axir katta
yigitsan-ku
(qizsan-ku),
uyingdagilar
senga
ruxsat
berishadi-ku»,
-deyapti. Bu vaziyat seni bezovta qilyapti va sen unga rad javobini bermoqchisan.
N3: Agressiv holatdagi kishi ikkinchi - o’ziga ishongan va e’tiroz bildirayotgan
odamni spirtli ichimlik ichishga undayapti.
O’yinning borishi: O’yin 20 minut davom etadi.
1. Boshlovchi ko’pincha uchraydigan nizoli vaziyatlarning sabablarini aytadi va
ularning oldini olish yoki ulardan chiqishning qadam-baqadam
bosqichlarini sanab
o’tadi.
«Ichi puch» nizolarning sabablari:
Ko’pincha odamlar o’rtasidagi nizoli munosabatlarning sababi - ular bir-
birlarini yoki biron muammoga nisbatan sherigining munosabatini oxirigacha yaxshi
tushunmasligidadir. Bunday vaziyatlarda suhbat kelishish yo’nalishida emas,
balki
o’zaro talablar qo’yish darajasida olib boriladi. Ko’p jihatdan, bu xil harakat uslubini
tanlashning sababi nizoli vaziyatlardan chiqish tajribasining yo’qligi va nizolarni
konstruktiv hal eta olmaslikdir.
Nizoni
konstruktiv
hal
etish
uchun
har
ikki
tomonni
nima
qoniqtirmayotganligini aniqlab olish zarur. Buning uchun
esa bir necha qadamdan
iborat bo’lgan quyidagi algoritmni o’zlashtirib olgan ma’qul:
***Muammoning mohiyatini va ayni paytda nimani his etayotganligingizni
tushuntiring. Muammo haqidagi o’z fikringizni to’la bayon eting.
Ushbu vaziyatdan chiqish yechimini, o’z talabingiz va iltimosingizni ayting.
***Sizning talabingiz yuzasidan sheringingizning fikrini aniqlang.
*** Sherigingizning samimiy gaplari yoki u taklif
etgan yechim uchun unga
tashakkur bildiring.
2.Boshlovchi ishtirokchilar orasidan N3 vaziyatni ijro etish uchun ko’ngillilarni
chaqiradi va bu o’yin orqali nizoli vaziyat kelib chiqishining oldini olish imkoniyati
namoyon etiladi. Muhokama.
3. Guruh uchliklarga bo’linadi.
Har bir uchlikda uchta vaziyat o’yin tariqasida ijro etiladi (har
bir ishtirokchi
agressiv, nizodan chiqa oluvchi va o’ziga ishongan odam rolida hamda kuzatuvchi
rolida ishtirok etishi shart).
4.Har bir vaziyat ijro etilganidan keyin kuzatuvchilar o’z
taassurotlari bilan
o’rtoqlashadilar.
5.O’yin nihoyasida ishtirokchilar o’z kechinmalari haqida fikr almashadilar,
qanday ijobiy natijalarga erishilganligi yoki muvaffaqiyatsizliklarning
sabablari
muhokama qilinadi.