• «Yashirin lider».
  • O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/20
    Sana16.09.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #271346
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan (1)

    «Ko’rinmas sovg’a».
    Ishtirokchilar davra qurib olishadi. Boshlovchi qo’lida narsani yasash mumkin 
    bo’lgan ko’rinmas loy borligini va ishtirokchilar undan sovg’a yasab, o’ng 
    tomonidagi ishtirokchiga uzatishlari lozimligini aytadi. Sovg’a yasaladi va qabul qilib 
    olingach, yana boshqatdan sovg’a yasalib, navbatdagi ishtirokchiga taqdim etiladi. 
    Shu tariqa barcha «sovg’a» olmagunicha bu harakatlar takrorlanadi. O’yin oxirida 
    kimning nima sovg’a qilgani va sababi so’raladi. 
    «Yashirin lider». 
    Guruh a’zolaridan biri xonadan chiqib turadi. Qolganlardan birini — «lider»ni 


    tanlashadi. Qolgan ishtirokchilarning vazifasi: lider muayyan harakatlarni bajarganda 
    ular ham bu harakatlarni takrorlashi kerak. Xonadan chiqarib yuborilgan ishtirokchini 
    xonaga taklif qiladilar, uning vazifasi: «lider» kimligini aniqlashi kerak. Agar to’g’ri 
    topsa, lider bilan o’rin almashadi. 
     
    “Sakrash”. 
    Guruh ishtirokchilari yuzlarini bir tomonga o’girgan holda bir qator turadilar. 
    Yo’riqnoma: «Men «bir, ikki, uch», deb sanayman va har «uch» deganimda siz 
    quyidagicha holatlarda sakrashingiz mumkin: 
    1.
    Joyingizda turgan holda. 
    2.
    Sakrab o’ng tomonga o’girilish. 
    3.
    Sakrab chap tomonga o’girilish. 
    Topshiriqni bir-birimiz bilan gaplashmasdan, jimlikda bajaramiz. Mashq 
    hamma ishtirokchilar bir tomonga qarab turmagunlaricha davom etaveradi. Mashqni 
    bajarishda o’zaro ko’rsatmalar berilmasligiga, ayrim ishtirokchilarning kelishib 
    olmasliklariga va bir ishtirokchining buyrug’i bilan biror tomonni tanlamaslikka 
    e’tibor berish kerak. 
    Mashq guruhni jipslashtiradi, kayfiyatni ko’taradi, qizg’inlikni, tanglikni 
    yumshatadi. Shuningdek, guruh qatnashchilarining birgalikdagi faoliyatda kelishib 
    olishlariga va umumiy qarorga kelishlariga imkon beradi. 
    O’yin oxirida guruhga beriladigan savollar: «Guruhning oldiga qo’ygan 
    vazifani bajarishda nima yordam berdi?», «Vazifani tezroq bajarishga nima xalaqit 
    berdi?», «Vazifani tezroq bajarishga nimalar yordam berishi mumkin edi?» va h.k. 

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish