120
Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasi
Biologiyani о‘qitishda hamkorlikda о‘qitish texnologiyasining
komandada о‘qitish, kichik guruhlarda о‘qitish, “arra” yoki “zigzag”,
“Birgalikda о‘qiymiz” metodlaridan foydalanish imkoniyati mavjud:
Komandada о‘qitish (R.Slavin) metodidan foydalanilganda
о‘quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda
bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari о‘quv
topshiriqlarini
hamkorlikda bajarib, har bir о‘quvchi mavzudan kо‘zda tutilgan bilim,
kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishiga e’tiborni qaratadi.
Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bо‘lgan
R.Slavinning ta’kidlashicha, о‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda
bajarish bо‘yicha kо‘rsatma berilishi yetarli emas. О‘quvchilar о‘rtasida
tom ma’nodagi
hamkorlik, har bir о‘quvchining qо‘lga kiritgan
muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan
yordam berish hissi,
qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur
texnologiyada
о‘quvchilarning
bilimlarni
о‘zlashtirish
sifatini
aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir о‘quvchining kundalik
natijasi avval qо‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina
о‘quvchilar о‘zining dars davomida erishgan
natijasi komandaga foyda
keltirishini anglagan holda mas’uliyatni his qilib, kо‘proq izlanishga,
bilim, kо‘nikma va malakalarni puxta о‘zlashtirishga intiladi.