117
Odamning embrional rivojlanishidagi qaysi xususiyatlari umurtqali
hayvonlarga о‘xshaydi? Quyidagi jadvalni tо‘ldiring
va fikringizni
asoslang.
6-jadval
Odam embrioni
rivojlanishidagi
muddatlar
Baliqlar
Baqa
Maymun
18-20 kun
bir oylik
5 oylik
7 oylik
Odamdagi rudimentlarni aniqlang.
Ular qaysi organizmlarda
rivojlangan va nimadan dalolat beradi?
7-jadval
Odamdagi
rudimentlar
Sudralib
yuruvchilar
Qushlar
Sut emizuvchilar
Odamdagi atavizmlarni aniqlang.
Hozirgi kunda ular qaysi
organizmlarda о‘z funksiyasini yо‘qotmagan?
Odam va maymunlarda boradigan
fiziologik va biokimyoviy
jarayonlarni taqqoslang.
Nima sababdan maymunlarda tashqi
muhit taassurotlarini
umumlashtirish va fikrlash qobiliyati past bо‘ladi? Fikringizni asoslang.
О‘quvchilarning bilish faoliyatining
bu tarzda tashkil etilishi
ularda ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga imkon yaratadi.
Modulli ta’lim texnologiyalari
Modulli
ta’lim texnologiyalaridan biologiyani о‘qitishda
foydalanish
muhim
ahamiyat
kasb
etadi.
Modulli
ta’lim
texnologiyasining о‘ziga xos xususiyati darsda о‘rganiladigan
mavzu
mantiqiy tugallangan fikrli modullarga
ajratiladi va modul dasturi
tuziladi. Modul dasturi bu о‘quvchining mazkur darsda о‘quv-bilish
118
faoliyatini boshqarish dasturi bо‘lib, u
modul dasturining didaktik
maqsadi, о‘quvchilarning bajarishi lozim bо‘lgan о‘quv
topshiriqlari,
topshiriqlarni bajarish yuzasidan kо‘rsatmalarni о‘z ichiga oladi.