113
Matbuot konferensiyasida muxbirlar rolini bajarayotgan
о‘quvchilar olimlar va mutaxassislarga quyidagi savollar bilan
murojaat etishlari mumkin:
Respublikamizda parrandachilikning qanday tarmoqlari mavjud?
Respublikamizda tovuqlarning qanday zotlari boqiladi?
Respublikamizda tuxum yо‘nalishidagi qanday zotlar boqiladi?
Parrandachilikning qanday ahamiyati bor?
Parrandachilik fabrikalarida parrandalar qanday oziqlantiriladi?
Tovuqlarning tuxum qо‘yishi kun uzunligiga bog‘liqmi?
Parrandachilik fabrikalarida bu muammolarni hal etish uchun qanday
tadbirlar amalga oshirilmoqda?
Jо‘ja ochirish jarayoni qanday amalga oshadi?
Parrandachilikni rivojlantirishda nasldor
parrandalar keltirib
chiqarish muhim rol о‘ynaydi. Ularning jо‘jalari qayerlarda
ochiladi?
Parrandachilikda tovuqlar bilan bir qatorda о‘rdaklar ham boqiladi.
Ularning qanday zotlari bor?
Xonaki g‘ozlar va kurkalarning qanday zotlari boqiladi va ulardan
qanday mahsulotlar olinadi?