111
Didaktik о‘yin texnologiyalari
Biologiya darslarida didaktik о‘yin texnologiyalaridan foydalanish
dars
samaradorligini
oshirishga
imkon
beradi
Ma’lumki,
о‘quvchilarning bilish faoliyati о‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan
darslar didaktik о‘yinli darslar deyiladi. Didaktik о‘yinli darslarning
syujetli rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar va o’yin
mashqlar
kabi turlari bor Mazkur metodik kо‘rsatmada biologiya darslarida
matbuot-konferensiyasidan foydalanish yо‘llari ishlab chiqildi. Matbuot
konferensiyasi sinfdagi barcha о‘quvchilarning о‘quv - bilish faoliyati
faol
bо‘lishi
bilan
xarakterlanadi.
О‘qituvchining
matbuot
konferensiyasi darsiga tayyorgarligi bir muncha murakkabroq.
О‘qituvchi matbuot konferensiyasini о‘tkazishdan
bir hafta avval sinf
о‘quvchilarini ikki guruhga bо‘ladi. Ularning taxminan 30% parrandalar
seleksiyasi
sohasida
ishlayotgan
olimlar
va
parrandachilik
fabrikalarining mutaxassislari, qolganlari respublikamizda nashr
qilinadigan gazeta va jurnallarning muxbirlari rolini bajaradilar.
Gazetalardan respublikamizda nashr qilinadigan “О‘zbekiston
ovozi”, “Qishloq haqiqati”, “Xalq sо‘zi”, “Toshkent oqshomi”,
“Turkiston”, “Toshkent haqiqati”, jurnallardan “Fan va turmush”,
“Qishloq xо‘jaligi”, “Saodat”, “Sihat-salomatlik” ni olish mumkin.
Shundan sо‘ng, har qaysi gazeta va jurnal muxbirlarining matbuot
konferensiyasida beradigan savollari о‘quvchilar yordamida tuziladi. Bu
savollar muhokama qilinayotgan muammoni
har tomonlama qamrab
olishi kerak. Savollar mazmuni muhokamadan о‘tgandan sо‘ng, gazeta
va jurnal muxbirlari va seleksiyachi olimlar roli о‘quvchilarning
xohishiga kо‘ra taqsimlanadi.
О‘qituvchi parrandachilik seleksiyasi bilan shug‘ullanadigan
olimlar va mutaxassislar rolini bajaradigan о‘quvchilar bilan alohida
tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Ularga qо‘shimcha adabiyotlardan
foydalanish va savollarga javoblar topish haqida kо‘rsatma beradi.
Savollarga
beriladigan javoblar qisqa, aniq, ilmiy jihatdan asoslangan,
mahalliy materiallarni qamrab olgan bо‘lishi lozim. О‘qituvchi ana shu
javoblarni oldin kо‘zdan kechirishi, agar ularda juz’iy
kamchiliklar
bо‘lsa, ularni tо‘g‘rilashi, tо‘ldirishi kerakligini о‘quvchilarga
112
topshiradi. Muxbirlar rolini bajaradigan о‘quvchilar ham savollarga
javoblar topishi olimlar va mutaxassislar bilan muloqotga kirishi uchun
yetarli darajadagi bilimlarga ega bо‘lishini ta’minlanishi kerak. Mazkur
darsga hamma о‘quvchilar ular qaysi rolni bajarishidan qat’iy
nazar
qizg‘in tayyorgarlik kо‘rishi lozim.