114
Tuxum-gо‘sht yо‘nalishidagi tovuq zotlariga zagorsk, pervomaysk misol
bо‘ladi. Ular orlov tovug‘ini, oq viandot
va rod ayland zotlari bilan
qayta-qayta chatishtirish orqali chiqarilgan. Uzoq vaqt davomida,
tanlash va saralash natijasida sermahsul va yuqori sifatli gо‘sht
beradigan zot keltirib chiqariladi.
Bu zotga mansub tovuqlar va
xо‘rozlarning о‘rtacha vazni – 2,5 - 4 kg, bitta tuxumning vazni - 69 g
bо‘lib, yiliga 250 tagacha tuxum beradi. Bu zotning afzalligi shundaki,
bizning respublikamizda kо‘paytirish va boqish mumkin. Shu tariqa
olimlar muxbirlarning savollariga asosli javob beradilar.
Yangi mavzuni qayta ishlash. О‘qituvchi о‘quvchilar bilan
birgalikda mavzuning asosiy mazmunini qayta ishlab chiqib,
ularning
umumiy xulosalar chiqarishiga yordam beradi.
О‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash. Darsda faol ishtirok
etgan “olimlar”, “mutaxassislar” va “muxbirlar”
qayd etiladi va
rag‘batlantiriladi.
Darsni umumiy yakunlash.
Uyga vazifa berish.