109
samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Bu texnologiyalar guruhi
didaktik-о‘yin, rivojlantiruvchi, muammoli, modulli va kommunikativ
ta’lim texnologiyalarini о‘z ichiga oladi.
3.
Ta’lim jarayonini tashkil
etish va boshqarishning
samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Ushbu
texnologiyalar biologiyani о‘qitishda ta’lim jarayonini maqsadga
muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali samaradorlikni oshirishga
imkon beradi. Ularga dasturli о‘qitish, differensial ta’lim, ta’limni
individuallashtirish, guruhli va jamoaviy hamkorlik, uyg‘unlashtirilgan
ta’lim texnologiyalari kiradi.
4. О‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta
ishlash asosidagi pedagogik texnologiya. Mazkur texnologiya о‘quv
materialini didaktik jihatdan takomillashtirish
va qayta ishlash orqali
о‘quvchilarning bilimlarni о‘zlashtirish jarayonining samaradorligini
oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish orqali
mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda tutadi.
5. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan
pedagogik texnologiya. Mazkur texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy
rivojlanishi ta’lim-tarbiya jarayonining uzviyligiga asoslanadigan
tarbiya texnologiyalaridan iborat. Biologiyani о‘qitishda
ushbu
texnologiyalardan foydalanish о‘quvchilarni mustaqillik prinsiplari va
Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat
ruhida tarbiyalash, ular qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini
singdirish imkonini beradi.
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida lokal (modul) va
xususiy metodik darajada qо‘llaniladi.
Biologiya о‘qituvchisi о‘quvchilarning
bilish faoliyatini tashkil
etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning
ma’lum bosqichida lokal (modul) darajada qо‘llashi maqsadga muvofiq.
Bunda avval yangi mavzu о‘rganilib, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan
bilim, kо‘nikma malakalarini nazorat qilish
va baholashda nazorat
testlari,
turli
о‘yin mashqlar, musobaqa, trening о‘tkazadi.
О‘quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan kо‘nikma va
110
malakalarni egallagandan sо‘ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan
darslarni о‘tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qо‘llashi mumkin.
Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik
texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda о‘qituvchi
о‘rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi texnologiyadan foydalanish,
mazkur texnologiya asosida о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil
etishning о‘ziga
xos xususiyatlari, darsda о‘quvchilarning bilishi lozim
bо‘lgan о‘quv topshiriqlari, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimini
nazorat qilish va baholash yо‘llarini belgilashi lozim. Biz pedagogik
texnologiyalarning о‘ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga
kо‘ra ikki guruhga ajratdik:
Pedagogik
jarayonning
xarakteri,
borishi
va
mazmunini
о‘zgartirishda qо‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar.