• “Poya” bobi”
  • “Odam va uning
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/118
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,48 Mb.
    #143313
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118
    Bog'liq
    Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

    Boblar va 
    mavzular 
    Soat Muddat 
    Fanlararo bog‘lanish 
    Ekskursiya 
    Sinfdan 
    tashqari 
    ishlar 
    О‘quv yili uchun tuzilgan istiqbol reja qat’iy emas, unga yil 
    davomida 
    muayyan 
    holatlarni 
    hisobga 
    olgan 
    holda 
    tegishli 
    о‘zgartirishlar kiritish, ekskursiya va sinfdan tashqari ishlarni tashkil 
    etish va о‘tkazish muddatlari о‘zgartirilishi mumkin. О‘qituvchi istiqbol 
    rejaga asoslanib о‘qitishni tashkil etish uchun mavzuli taqvim reja 
    tuzadi. Mazkur rejani tuzishda: 
    Har bir о‘quv fani dasturi mazmun va mohiyatiga kо‘ra izchillikda 
    joylashgan boblardan iborat ekanligi; Dasturdan о‘rin olgan har bir bob 
    mantiqiy jihatdan bir-biriga uzviy bog‘liq bо‘lgan о‘quv materiallarini 
    birlashtirishi; Har bir bob mantiqiy jihatdan uzviy bog‘langan darslar 


    101 
    tizimidan iborat ekanligi; Har bir mavzu mazmuniga kо‘ra, 
    о‘quvchilarda muayyan biologik tushunchalarni shakllantirish va 
    kо‘nikmalarni tarkib toptirishga zamin tayyorlashini nazarda tutishi 
    lozim. Ma’lumki, biologiyani о‘qitishda mavzu matnida ustunlik 
    qiluvchi tushunchalarga kо‘ra, morfologik, anatomik, fiziologik, 
    sistematik, gigiyenik, ekologik, embriologik, sitologik mazmundagi 
    darslarga 
    ajratiladi. 
    Darslarning 
    bunday 
    guruhlarga 
    ajratilishi 
    о‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish va kо‘nikmalarni tarkib 
    toptirish jarayonini uyg‘unlashtirish va ularni uzviy ravishda 
    rivojlantirish imkonini beradi. Dars mazmuni tarkibidagi tushuncha va 
    kо‘nikmalarni о‘quvchilar tomonidan mustahkam о‘zlashtirishlari uchun 
    о‘qituvchi kо‘rgazma vositalari va о‘qitish metodlarini tanlaydi. 
    Morfologik, anatomik, sistematik tushunchalar (tabiiy obyektlarni 
    aniqlash, ularning organlarini ajratish, mikropreparatlarni mikroskop 
    yordamida kо‘rish, о‘simlik va hayvonlarni qaysi sistematik guruhga 
    mansubligini aniqlash) asosan, laboratoriya jihozlari, kо‘rgazma va 
    tarqatma materiallarni, metodlardan amaliy metodlarni, fiziologik va 
    ekologik mazmundagi darslar tajriba va kuzatishlar о‘tkazish, kо‘rgazma 
    vositalari, kinofilm, videofilm, multimedialarni namoyish qilishni 
    metodlardan kо‘rgazmali metodlarni, mavzular bо‘yicha umumlashgan, 
    umumbiologik tushunchalarni rivojlantirishga mо‘ljallangan mavzular 
    mantiqiy metod (taqqoslash, о‘xshashlik va farqlarni aniqlash
    umumlashtirish va xulosa chiqarish) larni taqozo etadi. Har bir bob 
    yakunida о‘tkaziladigan umumlashtiruvchi darslarda, darsning ta’limiy, 
    tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga mos holda muayyan 
    kо‘rgazma vositalari va metodlardan foydalaniladi. Biologiya darslarida 
    tasviriy kо‘rgazma vositalari bilan bir qatorda tabiiy obyektlardan 
    foydalanish maqsadga muvofiq, shu sababli о‘qituvchi uzoq vaqt davom 
    etadigan kuzatish va tajribalar uchun zarur bо‘lgan muddatlarni hisobga 
    olgan holda о‘z vaqtida masalan, “Bargda organik moddalarning hosil 
    bо‘lishi” ni о‘rganish tajribasi о‘n kun avval, “Urug‘larning unib chiqish 
    shart-sharoitlari” tajribasi, infuzoriya-tufelkasi kulturasi bir hafta oldin 
    tayyorlash lozimligi hisobga olinishi zarur.


    102 
    Shunday qilib, mavzuli reja о‘quv fani bо‘yicha darslarning 
    tizimini, mazmunning mantiqiy rivojlanishi, metodlarning turlari, 
    kо‘rgazma vositalari, darsdan tashqari ishlar, о‘quvchilarning mustaqil 
    tahsilini о‘z ichiga oladi. Bundan tashqari о‘qituvchi mavzu bо‘yicha 
    о‘quvchilar tomonidan bajariladigan uy vazifalari, darsdan tashqari 
    ishlarning mazmuni va xarakteri, mustaqil о‘qish uchun qо‘shimcha 
    adabiyotlarni aniqlashi zarur. 
    О‘qituvchi har bir bobda tushuncha va о‘quv-amaliy kо‘nikmalarni 
    rivojlantirish izchilligini, shuningdek, ta’lim-tarbiyaning uzviyligini 
    amalga oshirish yо‘llarini belgilaydi, zarur hollarda mavzuli taqvim 
    rejaga tegishli о‘zgartirishlar kiritadi. 4-jadvalda “Poya” bobi” bо‘yicha 
    tuzilgan mavzuli rejani namuna sifatida tavsiya etiladi. 
    Biologiya 
    о‘quv 
    dasturida 
    о‘quvchilarning 
    о‘zlashtirgan 
    bilimlarini mustahkamlash, ularni amaliyotga qо‘llash orqali biologik, 
    amaliy va о‘quv mehnati kо‘nikmalarini tarkib toptirish maqsadida 
    laboratoriya mashg‘ulotlari kiritilgan. Quyida, “Odam va uning 

    Download 1,48 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish