• 14-§. BIOLOGIYANI О‘QITISH SHAKLLARINING SISTEMASI “Sistema”
  • “qon” va “qon aylanish”
  • “Ekskursiya metodi”
  • Sistema sо‘zi qanday ma’noni bildiradi?  2




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/118
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,48 Mb.
    #143313
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
    Bog'liq
    Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

    1. Sistema sо‘zi qanday ma’noni bildiradi? 
    2. Dars qanday me’yoriy hujjatlarga tayanadi ? 
    3. Ekskursiyalar qanday tashkil etiladi ? 
    4. Uy vazifalari qanday xarakterga ega bо‘lishi kerak ? 
    5. Darsdan tashqari ishlarga qо‘yilgan talablar ? 


    95 
    14-§. BIOLOGIYANI О‘QITISH SHAKLLARINING
    SISTEMASI 
     “Sistema” yunon tilida narsalar, hodisalar, tushunchalarning 
    ma’lum mantiqiy tartibdagi bir butun birikmasini ifodalaydi. 
    Metodikada sistema tarbiyaviy ta’lim jarayoni va uning tarkibiy 
    elementlarining bir butunligi hamda rivojlanish prinsiplari bilan taqozo 
    qilinadi. Maktabda о‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish о‘quv 
    ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi. О‘qitishning shakli 
    bu tarbiyaviy ta’lim jarayonida о‘qituvchi tomonidan foydalanadigan 
    о‘quvchilarning о‘quv idrok qilish faoliyatini uni о‘tkazilish 
    sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir. 
    Maktabda о‘rganiladigan barcha predmetlar uchun о‘quv 
    ishlarining asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma’lum 
    darajada darslik belgilagan о‘quv materiali о‘qitiladi. Darslarga 
    qatnashish о‘quvchilar uchun majburiydir. Biologiya о‘qitishning asosiy 
    shakli-darslarga qо‘shimcha holda maktab amaliyotida о‘qituvchining 
    о‘quvchilar bilan olib boradigan о‘quv ishlarining boshqa shakllari 
    tarixan vujudga kelgan. Dastlab majburiy bо‘lmagan sinfdan tashqari va 
    maktabdan tashqari mashg‘ulotlar, ekskursiyalar о‘qitish sistemasiga 
    qо‘yilgan. Hozirgi vaqtda metodika va maktab amaliyotida biologiya 
    bо‘yicha о‘quvchilar bilan olib boriladigan о‘quv ishlarining quyidagi 
    shakllari qabul qilingan: darslar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan 
    ekskursiyalar uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari 
    ishlar.
    Metodik jihatdan tо‘g‘ri tashkil qilingan ta’lim jarayonida shu 
    о‘qitishning barcha shakllari – о‘qitishning asosiy shakli bо‘lgan dars 
    bilan uzviy bog‘liqdir, ular biologik tushunchalarni, dunyoqarashni
    tafakkurni va amaliy kо‘nikmalarni rivojlantiradi. Sinfdagi darslarda 
    biologiya predmetining hammasi о‘qitiladi. Darslar kurs mavzulari 
    bо‘yicha materialning izchil bayon qilinishini ta’minlovchi muayyan 
    izchilligida joylashadi. Darslarda о‘qituvchi barcha о‘qitish metodlarini: 
    og‘zaki, kо‘rgazmali, amaliy metodlarni qо‘llaydi. U о‘simlik va 
    hayvonlarni namoyish qiladi va amaliy ishlar bajarish yо‘li bilan 


    96 
    о‘quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi hamda ichki tuzilishi bilan 
    tanishtiradi. Lekin darsda tirik organizmlarning rivojlanishini, 
    biotsenozlarda har xil organizmlarning birgalikda ishlashini kо‘rsatib 
    bо‘lmaydi. Shuning uchun ham biologiya о‘qitish metodikasida 
    darslarni tо‘ldiruvchi maxsus shakllar qо‘llaniladi. Ekskursiyalar 
    о‘quvchilarni tabiatda tabiiy guruhlar, fermer xо‘jaliklar yoki 
    muzeylarda, о‘simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. Ekskursiyalar dars 
    bilan uzviy bog‘liqdir. Ekskursiyada о‘rganilgan obyektlar kurs 
    davomida kо‘p marta esga olinadi, tо‘plangan narsalar namoyish 
    qilinadi. Ekskursiyalarda о‘quvchilar oldingi bilimlarini mustahkamlab, 
    tabiat haqidagi uquvlarini rivojlantirib topshiriqlar asosida kuzatishlar 
    о‘tkazadilar va material yig‘adilar.
    Uy vazifalari eksperimental xarakterda bо‘lishi bilan darslar bilan 
    bog‘liqdir. О‘quvchilar uyda uncha murakkab bо‘lmagan tajribalar 
    qо‘yadilar. Darsda olingan tasavvurlarni tasdiqlash uchun sinfda 
    о‘tkazilgan tajriba, amaliy ishlarni takrorlaydilar yoki ularni oxiriga 
    yetkazadilar. Oldindan uyushtirilgan uy ishlari alohida qiziqish kasb 
    etadi. Bunda о‘quvchi shu hodisani sinfda о‘rganguncha tajriba qо‘yadi 
    yoki kuzatishlar olib boradi va shu mavzu bо‘yicha darsga ish 
    natijalarini olib keladi. Eksperimental tartibdagi ishlardan tashqari fikr 
    yuritish uchun, kelgusi darsda, ya’ni material bilan bog‘lanish о‘rnatish 
    maqsadida ilgari о‘tilgan mavzular bо‘yicha masalalar va savollar 
    berilishi mumkin. 
    Darsdan tashqari ishlar uy ishlariga nisbatan murakkabroq bо‘lib, 
    ularni bajarish uchun tegishli о‘simliklar, maxsus asboblar va boshqa 
    jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: biologiya xonasi, tirik 
    tabiat burchagidagi, о‘quv tajriba uchastkasidagi va tabiatdagi ishlar 
    kiradi. Biologiya kabineti va tirik tabiat burchagida о‘tkaziladigan ishlar 
    uchun о‘quvchilarga topshiriqlarni darslarda kursning barcha mavzulari 
    bо‘yicha о‘quv yili davomida berib boriladi. О‘quvchilarning о‘quv-
    tajriba uchastkasidagi yozgi topshiriqlarning natijalari ham barcha 
    sinflar bо‘yicha kuzda о‘tkaziladigan darslarda foydalaniladi. Darsdan 
    tashqari ishlar majburiydir va buning uchun о‘quvchilar baho oladilar. 
    Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning majburiy bо‘lmagan, kо‘ngillari 


    97 
    shakllari, individual ishlar sinfdan tashqari о‘qishlar yoki tabiatshunoslar 
    tо‘garagining ish, ommaviy kechalar, ijtimoiy foydali mehnatlar keng 
    qо‘llaniladi. Sinfdan tashqari ishlar о‘quv materiali asosida unga bog‘liq 
    holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmunini takrorlamaydi, dastur 
    doirasi bilan cheklanmaydi, ammo uni tо‘ldiradi. Yosh tabiatshunoslar 
    tо‘garagi biologiya darslarda namoyish qilish uchun kurs bо‘yicha qulay 
    va kerakli tajribalar qо‘yib boradi. Sinfdan tashqari о‘qitilar, agar 
    о‘quvchilarning о‘qiganlari darslarda, ekskursiyalarda, darsdan va 
    sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda joy olsa, ya’ni о‘qitish jarayoniga 
    uzviy kirsa, yaxshi beradi: о‘quvchilar axborot va dokladlar bilan 
    chiqadilar, о‘qiganlari haqida maqolalar yozadilar. 
    Misol uchun “qon” va “qon aylanish” mavzularini о‘tishda 
    о‘qituvchi turli metodlardan foydalanadi. Ayni paytda о‘qituvchi 
    о‘quvchi gruppalariga: diffuziya va osmos hodisaning о‘rganishga oid 
    tajribalar qо‘yish, odam va baqa qonidan preparat tayyorlash, qonning 
    shaklli elementlarini modelini yasash, qon guruhlarini aniqlash, 
    arteriyalarda pulsni sanash kabi topshiriqlar beradi. о‘quvchilar bu 
    topshiriqlarni darsdan tashqari vaqtlarda bajaradilar. Imkoniyati 
    bо‘lganda о‘qituvchi qon quyish instituti, tibbiyot muzeyiga ekskursiya 
    tashkil etadi. U ekskursiya mazmuniga oid о‘quvchilarga savollar 
    beradi. Ekskursiyada qaysi masalalarga kengroq e’tibor berishni 
    kо‘rsatib beradi. Ekskursiyadan keyin о‘quvchilar rasm va sxemalar 
    bilan ta’minlangan hisobotlar tayyorlaydilar. О‘quvchilar ekskursiya 
    mavzusiga oid devoriy gazetalar tayyorlaydilar. Eng yaxshi hisobotlar 
    takrorlanishda foydalaniladi. Bularning barchasida о‘quv shakllar bilan 
    tо‘g‘ri va teskari bog‘lanish kо‘rinadi. О‘quvchilarning ish natijalari 
    manbai sifatida darsga kiritilganda, о‘quvchilarning о‘zlari bu teskari 
    bog‘lanish ta’limotiga emas, balki alohida tarbiyaviy ahamiyatga ega 
    bо‘ladi. Dars о‘quv ishlarining tashkil qilishning barcha shakllarini 
    qamrab oluvchi butun tarbiyalovchi ta’lim jarayonining markaziy 
    qismidir. Kо‘pincha о‘qitish shakllari tо‘g‘risidagi tushunchalarni 
    metodlar tо‘g‘risidagi tushuncha bilan aralashtirib yuboradilar, masalan, 
    ekskursiyani “Ekskursiya metodi” deb ataladi. Bu tо‘g‘ri emas, chunki 
    о‘qitishning har bir shaklida metodlar qо‘llanilishi mumkin. Biologiya 


    98 
    о‘qitish sistemasi asosan tarbiyalovchi ta’lim asosiy elementlarning 
    rivojlanishidan,о‘qitishning barcha shakllari о‘rtasidagi bog‘lanishlardan 
    iboratdir. Darsda ilmiy biologik tushunchalar va amaliy о‘quvlar 
    rivojlantirilishi, ular uy ishlarida ham ekskursiyalarda ham rivojlanishda 
    davom etadi. О‘qitish shakllarini har biri uning о‘ziga xosligi, 
    predmetning mazmuni, tarbiyaviy ta’limning umumiy prinsiplari bilan 
    belgilangan о‘zining sistemasiga ega. 

    Download 1,48 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sistema sо‘zi qanday ma’noni bildiradi?  2

    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish