о‘z-о‘zini nazorat, о‘zaro nazorat varag‘i va testlar yordamida nazorat  metodlari misol bо‘ladi va quyidagi:  a)




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

89 
о‘z-о‘zini nazorat, о‘zaro nazorat varag‘i va testlar yordamida nazorat 
metodlari misol bо‘ladi va quyidagi: 
a) og‘zaki va yozma nazorat metodlari о‘quvchilarning bilimlarni 
mantiqiy izchil bayon qilishga о‘rgatish, nutqni о‘stirish, о‘quvchilar 
javobidagi tipik xatoliklarni aniqlash va unga barham berish uslubi. 
b) laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat metodlari о‘quv 
va amaliy kо‘nikmalarini aniqlash, о‘quvchilarning о‘quv jihozlari va 
asboblar 
bilan 
ishlash 
kо‘nikmalarini 
aniqlash, 
bajarilgan 
topshiriqlarning sifatini aniqlash va baholash, ish mazmuniga bog‘liq 
holda obyektlar va asboblarni tо‘g‘ri tanlash, ishni yakunlash va 
natijasini rasmiylashtirish, olingan natijalarning tо‘g‘riligini aniqlash 
uslubi. 
v) о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari о‘quv materiali yuzasidan 
qisqa reja, savollar tuzish, asosiy g‘oyani ajratish, savollarga javoblar 
topish, masalalar yechish va ularni namunaga muvofiq tekshirib kо‘rish, 
taqqoslash, olingan natijalarning tо‘g‘riligini tekshirish uslubi. 
g) о‘zaro nazorat varag‘i yordamida nazorat metodlari о‘rganilgan 
bob, mavzu bо‘yicha nazorat savollarini tuzish, savollarning metodik 
jihatdan tо‘g‘riligi, mantiqiy ketma-ketligi, о‘quvchilar bilimini nazorat 
qilishning haqqoniyligi, keng kо‘lamliligi uslubi. 
d) testlar yordamida nazorat metodlari о‘rganilgan bob, mavzu 
bо‘yicha nazorat testlarini tuzish, test savollari va javoblarning metodik 
jihatdan tо‘g‘riligi, mantiqiy ketma-ketligi, о‘quvchilar bilimini nazorat 
qilishning haqqoniyligi, keng kо‘lamliligi kabi uslublardan iborat. 
Barcha metodlar kabi о‘qitishdagi nazorat va о‘z-о‘zini nazorat 
metodlarining ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi 
mavjud. Nazoratning ta’limiy vazifasini о‘qituvchi barcha о‘quvchilarni 
о‘z о‘rtog‘ining javobini tinglashga, javobdagi xato va kamchiliklarni 
tо‘g‘rilashga, tuzatishlar va qo’shimchalar kiritishni taklif etish orqali 
ta’minlaydi. Shu tufayli ushbu jarayonda о‘quvchilarning о‘zlashtirgan 
bilimlari 
tizimga 
solinadi, 
takrorlanadi 
va 
mustahkamlanadi. 
Nazoratning tarbiyaviy vazifasi uning о‘quvchilarni rag‘batlantirishni 
ta’minlash, tahsil olishdagi mas’uliyat va burch tarkib toptirish, 
hissiyotni shakllanishida namoyon bо‘ladi. Nazoratning rivojlantiruvchi 


90 
funksiyasi о‘quvchilarda barqaror diqqat, xotirani mustahkamlash, о‘z-
о‘zini nazorat qilish va baholash kо‘nikmalarini egallashlarida kо‘zga 
tashlanadi. 

Download 1,48 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  о‘z-о‘zini nazorat, о‘zaro nazorat varag‘i va testlar yordamida nazorat  metodlari misol bо‘ladi va quyidagi:  a)

Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish