Mustahkamlash uchun savollar




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. О‘qitishning og‘zaki bayon metodlari guruhiga qaysi metodlari 
kiritilgan? 
2. Hikoya metodining mohiyatini tushuntiring? 
3. Suhbat metodi hikoya metodidan qaysi jihatlari bilan 
farqlanadi? 
4. О‘quv ma’ruzasi metodi qо‘llash uchun о‘qituvchi e’tiborini 
nimalarga qaratishi zarur? 
 
 
 


82 
12-§. BIOLOGIYA О‘QITISHNING FAOL METODLARI 
Interfaol inglizcha interakt sо‘zidan olingan bо‘lib, inter- 
hamkorlikda akt- harakat qilmoq ma’nosini bildiradi. Interfaollik 
deganda о‘quvchining о‘quvchi bilan hamkorlikda yoki kompyuter bilan 
muloqoti о‘zaro ta’sir kо‘rsatish rejimida ishlashi tushuniladi.
Interfaol о‘qitish – bu avvalo dialog tarzda о‘qitish, muloqot 
jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni 
hal etilishidir. 
Interfaol о‘qitishning asosiy mohiyati – о‘qitish jarayonida barcha 
о‘quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular 
muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini 
tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yо‘llarini izlab, 
eng maqbul variantni tavsiya etadi. О‘quv materialini о‘rganish, 
muammoni hal etish bо‘yicha turli variantdagi yechimni tavsiya etishga 
asoslangan bilish jarayonida о‘quvchilarning hamkorligi har bir 
о‘quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun о‘z ulushini qо‘shishga, ular 
о‘rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. 
Ushbu hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, о‘zaro yordam 
muhitida sodir bо‘lganligi uchun, о‘quvchilar nafaqat yangi bilimlarni 
о‘zlashtiradilar, balki о‘zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni 
yuqori darajaga kо‘tarib, hamkorlikka kirishishga imkon beradi.
О‘qitish jarayonida interfaol usullarni qо‘llash jarayonida 
о‘quvchilarning о‘zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va 
boshqarishni taqozo etadi, bunda о‘quvchilar hamkorlikda izlanib 
umumiy, shu bilan bir qatorda har bir о‘quvchi uchun ahamiyatga molik 
bо‘lgan muammoni hal etishga kirishib ular о‘rtasida bir-birini 
tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi. Interfaol 
usullardan foydalanilgan darslarda bitta о‘quvchining ustunlik qilishi, 
uning о‘z fikrini о‘tkazishiga yо‘l qо‘yilmaydi. 
Interfaol usullar qо‘llanilganida о‘quvchilar tanqidiy fikr yuritish, 
axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli 
vaziyatlarni hal etish, о‘rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan 
xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan 
muloqotga kirishish kо‘nikmalarini egallaydi. 


83 
О‘qitishning interfaol metodlarining quyidagi xususiyatlari 
mavjud: 
Insonning muhim hayotiy ehtiyoji bо‘lgan muloqot – о‘qitish 
jarayonining barcha bosqichlarida qо‘llaniladi. О‘qitish jarayonida 
о‘quvchilarga о‘z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng 
imkoniyatlar beriladi. О‘quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda 
ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatdan qulay muhit yaratilib, muloqotda 
bosqichma-bosqich va samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi. 
О‘quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat 
eshitishlari yetarli emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, 
fikrlarning asosli va tushunarli bо‘lishiga erishish lozimligini 
anglaydilar. О‘quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlashi 
orqali qо‘yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni 
tahlil qilish, ularning tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish, taqdim etish va 
boshqa guruhlar tomonidan e’tirof etishlariga erishishlari lozim.
Biologiyani о‘qitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga 
о‘qitishning muammoli-izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil 
ishlash metodlari, о‘quvchilar faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash 
metodlari, nazorat va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari kiradi. 
Faol 
metodlar 
muammoli 
vaziyatlarni 
vujudga 
keltirib, 
о‘quvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal 
etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida obyekt, 
hodisa va qonunlarni tahlil qilish kо‘nikmalari va bilimlarni 
faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Shu 
sababli, biologiyani о‘qitishda о‘qitishning reproduktiv metodlari 
bо‘lgan og‘zaki bayon, kо‘rgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda 
muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun о‘qituvchi mazkur metodlarning 
о‘ziga xos xususiyatlari, ular tarkibiga kiradigan metodik uslublarni 
tо‘g‘ri anglashi va о‘z о‘rnida samarali foydalanish kо‘nikmalarini 
egallagan bо‘lishi lozim. Muammoli izlanish metodlari dars davomida 
izchil va maqsadga yо‘naltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli 
vaziyatlarni о‘quvchilar avval о‘zlashtirgan bilim va kо‘nikmalarini 
yangi vaziyatlarda qо‘llashi orqali о‘quv materialini faol о‘zlashtirishiga 


84 
xizmat qiladi. Bu metodlar guruhi о‘quvchilarning aqliy rivojlanishi, 
ijodiy va mustaqil fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish, muammoli 
vaziyatlarni tahlil qilish va undan chiqishning eng maqbul yо‘lini 
topishi, mо‘ljalni tо‘g‘ri olishiga zamin tayyorlaydi. 
Muammoli izlanish metodlari guruhiga mansub muammoli-
izlanish xarakteridagi suhbat 
metodidan foydalanganda, avval 
muammoli vaziyatlar yaratiladi, avvaldan tayyorlangan muammoli 
savollar zanjiri bayon etiladi, о‘quvchilarning о‘qituvchi bilan birgalikda 
mantiqiy mulohaza yuritishiga, о‘quv farazlarini hosil qilish va 
isbotlash, suhbat jarayonida muammoli savollarga javob topishiga
imkon yaratiladi. Muammoli hikoya metodida, о‘qituvchi yangi 
mavzuni о‘rganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, 
о‘quvchilar bilan hamkorlikda hikoya jarayonida muammoli savollarga 
javob topishga, о‘quv farazlarini hosil qilish va dalillashga imkon 
yaratiladi, о‘quvchilarning javoblari asosida muammolar hal etiladi. 
Muammoli-amaliy 
metoddan 
foydalanganda 
muammoli 
topshiriqlar tuziladi, shu asosda tajribalar о‘tkaziladi, muammoli 
vaziyatlarni hal etish yuzasidan о‘quv farazlarini hosil qilinadi va о‘quv-
tadqiqot tajribalari о‘tkazilib, о‘quv xulosalari va umumlashmalarini 
ta’riflab muammolar hal etiladi.
Muammoli metodlardan foydalaniladigan darslarni keyingi yillarda 
yangi nom bilan (“Tafakkur bо‘roni” B.R.Qodirov), (“Miyaga hujum”, 
“Fikrlar tо‘qnashuvi”, “Fikrlar jangi” V.M.Karimova, F.A.Akramova), 
(“Aqliy hujum” J.G‘.Yо‘ldoshev) nomlash rasm bо‘ldi. 
Muammoli metoddan foydalanilgan dars (“Aqliy hujum”) quyidagi 
bosqich asosida tashkil etiladi: 

Download 1,48 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish