99
15-§. BIOLOGIYADAN YILLIK ISTIQBOL VA MAVZULI
REJA TUZISH YО‘LLARI
Ma’lumki, umumiy о‘rta ta’lim maktablarida biologiyani
о‘qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda о‘quv fani yuzasidan
asosiy о‘quv materiali о‘rganiladi, lekin dars о‘qitishning boshqa
shakllari bо‘lgan darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
va ekskursiyalar bilan uzviy bog‘liq. Darsdan
tashqari ishlar masalan,
tabiatda, uyda va tirik tabiat burchagida olib borilgan kuzatishlar va
о‘tkazilgan tajribalar natijalari, ekskursiyada tayyorlangan gerbariylar va
kolleksiyalardan darsda foydalaniladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
о‘quvchilarning biologiya о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilim va
kо‘nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga,
rivojlantirishga,
kasbga ongli ravishda yо‘llashga xizmat qiladi. Demak, biologiyani
о‘qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
va ekskursiyalardan о‘z о‘rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni
о‘qitishda tizimli yondashuvni amalga oshirilishi lozim.
О‘qituvchi ushbu mashg‘ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda
tashkil etish asnosida biologik ta’lim
samaradorligiga erishish,
о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, umumbiologik va
xususiy tushunchalar hamda о‘quv-amaliy kо‘nikmalarni izchil ravishda
tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga о‘rgatishni nazarda tutadi.
Biologiyani о‘qitishda tizimli yondashuvni amalga oshirish uchun
о‘qituvchi о‘quv yili boshida istiqbol reja tuzishi lozim.
Mazkur reja
biologiyani о‘qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi,
о‘quv dasturidan о‘rin olgan boblar va mavzular bо‘yicha darslar tizimi,
о‘quv yilidagi choraklar va ta’tillar hisobga olingan holda о‘tkazish
muddatlari, fanlararo bog‘lanishlar, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan
tashqari ishlar aks etadi. Biologiya о‘qituvchi istiqbol reja tuzishi uchun:
О‘quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek,
bobdagi
mavzularning
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarini aniq tasavvur qilishi; Mavzularni о‘qitishda
yil fasllari,
mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari,
о‘quvchilarda shakllantiriladigan biologik tushunchalar, tarkib
100
toptiriladigan kо‘nikmalarni hisobga olgan holda о‘qitish metodlari,
kо‘rgazma vositalarini tanlashi. О‘quvchilar tomonidan о‘tkaziladigan
kuzatish va tajribalarning mazmuni
va muddatlarini aniqlashi; Darsda
namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini
belgilashi; Har bir darsda ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular
va fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish yо‘llarini belgilashi;
О‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma
materiallarni
tayyorlash,
mustaqil
о‘qish uchun qо‘shimcha
adabiyotlarni
tanlashi; Amaliy
va laboratoriya
mashg‘ulotlari,
ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bо‘ladigan laboratoriya
jihozlari va asboblarini aniqlashi lozim.
Xulosa qilib aytganda, о‘qituvchi istiqbol rejada о‘qitish jarayoni-
ning yaxlitligini nazarda tutishi, о‘z pedagogik
faoliyatini shu reja
asosida tashkil etishi, unda о‘qitishning barcha shakllarining uzviyligini
ta’minlagan holda ularni о‘tkazish muddatlari kо‘rsatilgan bо‘ladi.
Biologiyani о‘qitishda foydalaniladigan istiqbol rejani tuzish
uchun quyidagi jadval namuna sifatida berilmoqda.
2-jadval