• Mustahkamlash uchun savollar
  •   Kо‘rgazmali qurollarning xillari




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/118
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,48 Mb.
    #143313
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118
    Bog'liq
    Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

    94 
    Kо‘rgazmali qurollarning xillari 
    О‘z tasnifi va ahamiyatiga kо‘ra biologiya о‘qitishda 
    qо‘llaniladigan kо‘rgazmali vositalar asosiy va yordamchi xillarga 
    ajratiladi. Asosiy guruhi - tabiiy, tasviriy, og‘zaki xillarga yordamchilari 
    – о‘qitishni texnik vositalari va laboratoriya asbob uskunalaridir.
    Tabiiy kо‘rgazma qurollar о‘z navbatida tirik, о‘lik va fiksirlangan, 
    tasviriy kо‘rgazma qurollar tekis va hajmli xillarga ajratiladi. Tabiiy 
    kо‘rgazma qurollar maktab tirik burchagidagi tirik hayvonlar, baliqlar 
    hasharotlar, 
    qushlar, 
    xona 
    о‘simliklari, qotirilgan, quritilgan, 
    fiksirlangan kо‘rgazma qurollar bо‘lib ularga tuluplarni, umurtqasiz 
    hayvon kolleksiyalarini quritilgan suyaklarni, mikropreparatlarni, 
    tarqatma materiallarni kiritish mumkin. 
    Tirik о‘simlik va hayvonlarni dars jarayonida namoyish qilish 
    uchun avvaldan tayyorgarlik kо‘rish lozim. Ularni tanlashda о‘quv 
    dastur talablari, mahalliy sharoit va tabiatni muhofaza qilish talablari 
    e’tiborga olinishi kerak. Gerbariy, kolleksiyalarni kо‘rsatayotganda 
    shuni yodda tutish kerakki, ular tirik organizmlar tо‘g‘risida tо‘liq 
    tasavvur hosil qilmaydi. Shuni e’tiborga olib ular boshqa kо‘rgazma 
    vositalar bilan birgalikda namoyish etilishi lozim. Xuddi shunday 
    holatni fiksirlangan hо‘l preparatlarga nisbatan ham aytish mumkin. 
    Chunki ular uzoq vaqt davomida о‘zlarini ranglarini yо‘qotgan 
    bо‘ladilar. Tabiiy kо‘rgazmali vositalarning biri mikropreparatlar 
    hisoblanadi. Ular kichik organizmlar - bakteriya, zamburug‘lar, bir 
    hujayrali hayvonlar, о‘simliklarning hujayraviy tuzilishini о‘zida ifoda 
    qiladi. Vaqtincha mikropreparatlarni tayyorlash kо‘nikmasini hamma 
    о‘quvchilar egallashlari kerak. Kо‘pgina tabiiy kо‘rgazma vositalari 
    laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni о‘tkazish uchun zarur. 
    Mustahkamlash uchun savollar: 

    Download 1,48 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish