92
vositalarining barchasi biologiya mazmuni va о‘quv faoliyatining tashkil
qilish
usullarini
ifoda
qiladi.
Tabiiy
kо‘rgazma vositalari-
mikropreparatlar, tirik yoki fiksirlangan о‘simlik,
hayvonlar ularning
ayrim bо‘laklari, kolleksiyalar tuluplar, gerbariylar, biosistemalar
(tо‘qay, tog‘ oldi, yaylov chо‘l) bо‘lib, ular bilan о‘quvchilar bevosita
darsda yoki ekskursiya mobaynida tanishadilar. Tabiiy kо‘rgazmali
vositalar faqat kо‘rish orqali emas, balki eshitish, hid, ta’m bilish
organlari yordamida idrok qilinadi. Tabiiy kо‘rgazmali vositalar о‘rniga
tasviriy kо‘rgazmali vositalar ba’zan chunonchi hujayra, organizm
ekosistemalar tuzilishi, moddalarning davriy aylanishiga oid tablitsalar,
sxemalar, moddalar, foto suratlardan foydalaniladi. Kompyuter,
multimedialar, tasviriy kо‘rgazmali vositalarning
alohida guruhi
sanaladi. Og‘zaki yoki verbal vositalar – bular darsliklar, ilmiy-
ommabop
kitoblar,
о‘qituvchining
sо‘zi,
televideniya
yoki
kinokadrlardagi diktor matni, kompyuter dasturlari (videokadrlar,
modellar,) testlar, didaktik kartochkalardir. Tabiiy yoki tasviriy
vositalarni о‘quvchi tomonidan idrok qilinishi, ular ustida kuzatish,
о‘tkazish yoki faoliyat harakati yordamida amalga oshadi.
Maktablarda о‘tkazilgan maxsus psixolog
pedagogik tadqiqotlar
о‘qitish samaradorligi oshishi kо‘p jihatdan о‘quvchi sezgi organlarini
dars jarayonida jalb etishga bog‘liq ekanligini kо‘rsatmoqda. О‘quv
materialini idrok etishda о‘quvchining qanchalik kо‘p sezgi organlari
ishtirok etsa, uni о‘zlashtirish shunchalik puxta bо‘ladi. Bu jarayon
allaqachon didaktikaning kо‘rsatmali prinsipida о‘z ifodasini topgan.
Y.A.Komenskiy о‘qitishda о‘quvchining barcha sezgi organlarini jalb
etish didaktikaning “Oltin qoidasi” deb aytgani bejiz emas. О‘rta
umumiy ta’lim о‘quv yurtlarida biologiya о‘qitishning barcha
bosqichlarida kо‘rgazmalilik ta’lim berish vositasi ekanligini unutmaslik
kerak. Lekin “Kо‘rgazmalilik” atamasiga tabaqalashgan holda
yondoshish kerak, chunki u har xil pedagogik tushunchalarni о‘zida
ifoda qiladi. Masalan “Kо‘rgazmalilik prinsipi”, “Kо‘rgazmalilik
о‘qitish vositasi”, “Kо‘rgazmali qurol” tushunchalarni farqlash kerak.
Kо‘rgazmalilik prinsipi deyilganda biologiyani о‘qitish jarayonida
о‘qituvchi amal qiladigan didaktik prinsip tushuniladi. Kо‘rgazmalilik
93
bir vaqtning о‘zida sezish, mantiq, konkret, abstrakt yо‘li bilan bilishni
о‘zida birlashtirib abstrakt tafakkurni rivojlanishiga
yordam beradi va
kо‘p hollarda uning tayanchi hisoblanadi. Kо‘rgazmalik о‘qitish vositasi
sifatida о‘quvchilardan statistik va dinamik obrazlar hosil qilishga
qaratilgan bо‘ladi. Kо‘rgazmali о‘qitish vositasi о‘z mazmuniga kо‘ra
kо‘rgazmali qurol tushunchasiga yaqin, lekin hajmiga kо‘ra unga
nisbatan keng. Masalan bug‘lanishga oid tajriba yoki telekо‘rsatuv, sinf
taxtasida ishlangan rasm kо‘rgazmali vositasi bо‘lib kо‘rgazmali qurol
hisoblanmaydi. Kо‘rgazmali qurol bu darsda о‘qituvchi tomonidan
qо‘llanilgan konkret narsadir. U tulup, kolleksiya, gerbariy,
tirik
о‘simlik, hayvon, tablitsadagi rasm, sxemalar shuningdek mulyajlar
diafilmlar, tarqatma material, didaktik kartochkalar shaklida bо‘ladi.
О‘rganilayotgan narsa va hodisalarning biologik mazmunini ifoda
qiluvchi kо‘rgazma qurollar о‘qitish asosiy vositalar, har xil asboblar
chunonchi probirka, kolba, tarozi va shu singarilar qо‘shimcha vositalar
hisoblanadi. О‘qitish samaradorligini oshirishda amaliy mashg‘ulot va
namoyish qilinadigan tajribalarni о‘tkazishga yordam beruvchi
xususan
mikroskoplar, lupalar, shtativlar, reaktivlar asboblar isituvchi asboblar,
pinset, preparoval ninalar, о‘qitishning texnik vositalari – godoskoplar,
televizorlar, kompyuterlar, ovoz yozuvchi va eshittiruvchi - apparatlar,
magnitofonlar ham о‘qitish vositalariga kiradi. Texnik vositalari orasida
audiovizual va boshqa tabiiy tasviriy vositalar shu bilan ustunlik qiladiki
ular о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning
barcha bosqichlarini
izchillik bilan kо‘rsata oladi. Telekо‘rsatuvlardan biologiya о‘qitishda
foydalanish tirik tabiatdagi voqea, hodisalarni sinfda о‘rganish sifatini
bir necha marta oshirish imkonini beradi. О‘qitish jarayonida
kompyuterlarni qо‘llash о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtirish va
nazorat qilish imkonini tug‘diradi.
Kо‘rgazmali vositalardan biologiya о‘qitishning barcha
jarayonlarida, masalan yangi о‘quv materialini tushuntirayotganda uni
mustahkamlayotganda, о‘quv kо‘nikma – malakalarni shakllan-
tirayotganda,
u vazifasini bajarayotganda, о‘quv materialini nazorat
qilayotganida qо‘llaniladi. О‘qitish vositalarini darsda emas, balki
sinfdan tashqari darslar ham qо‘llash mumkin.