85
IV – bosqich. О‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish
bо‘yicha axborotlarini tinglash.
V – bosqich. Kichik guruhlar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara
о‘tkazish.
VI – bosqich. Umumiy xulosa yasash.
“Aqliy hujum” da о‘quvchilar avval о‘zlashtirgan bilimlarini
yangi vaziyatlarda qо‘llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi,
aqliy faoliyat usullarini egallaydi. Bu metodlar
muammoli vaziyatlarni
yaratish, muammoli savollar zanjirini tuzish, muammoli topshiriqlar
tuzish va tajribalar о‘tkazish, muammoli vaziyatlarni hal etish yuzasidan
о‘quv farazlarini hosil qilish, о‘quv farazlarini isbotlash, obyektlarni
taqqoslash,
mantiqiy mulohaza yuritish, о‘quv-tadqiqot tajribalarini
о‘tkazish, о‘quv xulosalari va umumlashmalarini ta’riflash uslublarini
о‘z ichiga oladi. О‘qitishning mantiqiy metodlari guruhi. Mazkur metod
о‘quv materiali mazmunining yо‘nalishini belgilab, о‘quvchilarning
bosh g‘oyani
ajratish, о‘rganilayotgan obyektni tahlil qilish,
qiyoslash,
umumlashtirish kо‘nikmalari, aqliy faoliyat usullarini egallash, abstrakt
tafakkurni rivojlantirish, sabab-oqibat bog‘lanishlarni anglash imkonini
yaratadi.
О‘qitishning mantiqiy metodlari guruhiga induktiv,
deduktiv,
tahlil, bosh g‘oyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlari kiradi.
Induktiv metodda – о‘quvchilarning e’tibori avval xususiy faktlarni
о‘rganishga jalb qilinadi, sо‘ngra xususiydan umumiy xulosalar
chiqarishga yо‘naltiriladi. Deduktiv metodda о‘quvchilar avval umumiy
qonunlarni о‘rganadi, sо‘ngra umumiydan xususiy xulosa chiqarishga
о‘rgatiladi.
О‘quvchilar tahlil metodi yordamida axborotni anglab idrok etadi,
о‘rganilgan obyektlarning о‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlaydi,
о‘rganilgan obyektlarni
tarkibiy qismlarga ajratib, ular о‘rtasidagi
boshlanishlar, sabab oqibatlarni aniqlaydi. Bosh g‘oyani ajratish metodi
muhim ahamiyat kasb etib, о‘quv materialidagi asosiy g‘oyani ajratish
va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish,
asosiy g‘oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch sо‘zlar va
86
tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa chiqarishga zamin
tayyorlaydi.
О‘quvchilar qiyoslash metodi vositasida, о‘quv topshiriqlarida
berilgan qiyosiy obyektlarni aniqlash, obyektlarning asosiy belgilarini
aniqlash, taqqoslash, о‘xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash
natijalarini
shartli
belgilar
bilan
rasmiylashtirishga
о‘rganadi.
Umumlashtirish metodi muammolarni hal etish jarayonida о‘quv
materialidagi tipik faktlarni aniqlash, qiyoslash, dastlabki xulosalar,
hodisaning rivojlanish
dinamikasini tasavvur qilish, umumlashtirish
natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy xulosa
chiqarishga zamin tayyorlaydi. Mazkur metodlar mos holda: