• Taniqli didaktik olim Y.K. Babanskiy о‘qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratgan: 1.
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/118
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,48 Mb.
    #143313
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118
    Bog'liq
    Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

    О‘qitish manbalari 
    bо‘yicha 
    О‘quvchilar faollik darajasiga kо‘ra 
    Reproduktiv (qayta 
    aytib berish) 
    Qisman 
    qidiruv 
    Tadqiqotchilik 
    Og‘zaki 



    Kо‘rgazmali 



    Amaliy 



    Taniqli didaktik olim Y.K. Babanskiy о‘qitish metodlarini quyidagi 
    guruhlarga ajratgan: 
    1. О‘qitishning og‘zaki metodlari (hikoya, suhbat, о‘quv ma’ruzasi). 
    2. О‘qitishning kо‘rgazmali metodlari. 
    3. О‘qitishning amaliy metodlari. 
    4. О‘qitishning muammoli-izlanish metodlari. 


    73 
    5. О‘qitishning mantiqiy metodlari. 
    6. Mustaqil ishlash metodlari. 
    7. О‘qitishda о‘quvchilar faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash 
    metodlari. 
    8. О‘qitishning nazorat va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari. 
    Quyida о‘qitishning reproduktiv metodlari bо‘lgan og‘zaki 
    metodlari (hikoya, suhbat, о‘quv ma’ruzasi), kо‘rgazmali, amaliy 
    metodlarining tavsifi beriladi: 
    О‘qitishning og‘zaki bayon metodlari guruhi. О‘qitish jarayonida 
    og‘zaki metodlardan doimo va muntazam foydalanib kelingan. Bu 
    metodlar metodlar ichida ustunlik qilgan davrlar ham bо‘lgan. Hozirgi 
    kunda an’anaviy ta’lim tizimida og‘zaki metodlar ustunlik qiladi. 
    Keyingi yillarda og‘zaki metodlarni tanqid qilish, ularni о‘quvchilar 
    faoliyatiga faol ta’sir kо‘rsatmaydigan metodlarga kiritish odat tusiga 
    aylangan. Metodlarga baho berishda xolisona yondashish zarur, uning 
    ahamiyatini mutlaqlashtirish, bо‘rttirib kо‘rsatish mumkin emas, 
    shuningdek, pasaytirishga ham yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. 
    О‘qitishning 
    og‘zaki 
    bayon 
    metodlari 
    qо‘llanilganda 
    о‘qituvchining sо‘zi о‘quvchilarning bilim olishlari uchun asosiy manba 
    hisoblanadi, ya’ni о‘qituvchi о‘quvchilarga sо‘zlar vositasida bilim 
    beradi, о‘quvchilar faoliyatini eshitish, fikr yuritish, berilgan savollarga 
    javob topishga yо‘naltiradi. Shuning uchun о‘qituvchining sо‘zi oddiy 
    axborot bо‘lmasdan, balki ishonchli, asoslovchi, о‘quvchilarning 
    faoliyatini faollashtiruvchi ta’sir kuchiga ega bо‘lishi kerak.
    О‘qituvchining yorqin, hissiyotli, dalillarga asoslangan, mantiqiy 
    ketma-ketlikda tuzilgan, kо‘rgazmali hikoya, suhbat, ma’ruzalari hozir 
    ham о‘z qimmatini yо‘qotmagan. Og‘zaki metodlar qisqa muddatda 
    katta hajmdagi о‘quv materialini о‘quvchilar ongiga yetkazish, 
    muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni hal etish yо‘llarini 
    kо‘rsatish, о‘quvchilarning nutqini rivojlantirish imkonini yaratadi. 
    Shuningdek, kо‘pchilik metodlar о‘qitish jarayonida og‘zaki metodlar 
    bilan uyg‘unlashtirilgan holda qо‘llaniladi. Og‘zaki metodlarning 
    muvaffaqiyatli 
    qо‘llanilishi, 
    о‘qituvchining nutq madaniyatini 
    egallaganlik, jumladan, nutqning ravonligi, ovoz kuchi, intonatsiya, 


    74 
    axborotlarning obrazliligi, ishonchliligi, asoslovchi, isbotlovchi, 
    emotsiyali, shaxsiy munosabat bilan yо‘g‘rilganlik darajasiga; axborot 
    texnologiyalari 
    asosida 
    yaratilgan 
    elektron 
    darsliklarda 
    ovoz, 
    animatsiya, harakatlarning uyg‘unlik darajasiga bog‘liq bо‘ladi.
    Og‘zaki bayon metodlari guruhi о‘z ichiga suhbat, hikoya, ma’ruza 
    metodlarini oladi. Hikoya metodi о‘quvchilarga о‘quv materialini yaxlit 
    holda savollar berib, uzmasdan bayon etishni nazarda tutadi. Yangi 
    mavzu mazmunida yangi tushunchalar, ilmiy axborot kо‘p bо‘lgan 
    taqdirda, shuningdek, о‘qituvchi о‘quv materiali yuzasidan faol suhbat 
    о‘tkazish imkoni bо‘lmagan, izohlash va tushuntirishi lozim bо‘lgan, 
    о‘quv materialining hajmi katta bо‘lib, uni dasturda belgilangan vaqtda 
    о‘rganish zarur bо‘lgan hollarda hikoya metodidan foydalanadi. Hikoya 
    metodidan darsning qaysi bosqichida foydalanishiga kо‘ra hikoya 
    metodining didaktik maqsadi turlicha bо‘ladi. Darsning kirish qismida 
    foydalaniladigan 
    hikoya 
    metodi 
    о‘quvchilarning yangi mavzu 
    mazmunini idrok qilishga tayyorlash sanaladi. Mazkur jarayonda hikoya 
    metodi mazmun jihatdan о‘quvchilarda yangi mavzuni о‘zlashtirishga 
    bо‘lgan ehtiyojni vujudga keltirish, barqaror qiziqishni uyg‘otish, dars 
    davomida bajarilishi lozim bо‘lgan о‘quv topshiriqlarining maqsadini 
    anglashni ta’minlashga qaratiladi. Yangi mavzuni о‘rganish jarayonida 
    foydalaniladigan hikoya metodi mazmun jihatdan yangi mavzu 
    mazmuni mantiqiy ketma-ketlikda, izchillikda rivojlantirilib boriladi, 
    asosiy tushuncha va atamalar alohida ta’kidlanib, kо‘rgazmali vositalari 
    va ishonarli misollar foydalanilgan holda bayon etiladi. Darsning 
    yakunlash 
    qismida 
    foydalanilgan 
    hikoya 
    metodida 
    о‘qituvchi 
    о‘rganilgan mavzu mazmuni yuzasidan asosiy fikrlarni umumlashtiradi, 
    yakunlaydi, xulosa chiqaradi, о‘quvchilarga mustaqil ish topshiriqlarini 
    tavsiya etadi. О‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda 
    foydalaniladigan hikoya metodi о‘quvchilarning muayyan mavzularni 
    hikoya qilishini taqozo etadi. О‘quvchilarning hikoyalari ularning ilmiy 
    dunyoqarashi, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga zamin 
    tayyorlaydi. Bunda о‘quvchilar yangi mavzu mazmunidagi asosiy 
    g‘oyani ajratish, о‘z fikrini asoslash va dalillash, qisqa va lо‘nda, 
    mantiqiy ketma-ketlikda bayon etish, kо‘nikmalarini egallaydi. Hikoya 


    75 
    metodini qо‘llashning samaradorligi о‘qituvchining dars rejasini puxta 
    tuzishi, mavzu mazmunini yoritishning eng izchil yо‘lini tanlashi, 
    kо‘rgazmali vositalar, tarqatma va didaktik materiallarni tо‘plashi, 
    bayonning tegishli darajadagi kо‘tarinki ruhini ta’minlashni taqozo 
    etadi. Hikoya metodining tarkibiga quyidagi metodik uslublar kiradi: 
    О‘quv materialini jonli, obyektlarga xos xususiyatlarni bayon qilish, 
    axborotning ilmiyligi, izchilligi, tushunarliligi, nutqning ravonligi va 
    ifodaliligi uslubi.
    Suhbat metodi о‘qituvchining о‘quvchilar tomonidan yangi mavzu 
    mazmunidagi qonuniyat, tushuncha va atamalarning izchillikda faol 
    о‘zlashtirishini ta’minlovchi puxta о‘ylangan savollar vositasida 
    ishlashini nazarda tutadi. Suhbat metodi yordamida о‘quvchilarning 
    avval о‘zlashtirgan bilim va kо‘nikmalari faollashtiriladi, tizimga 
    solinadi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi va yangi о‘rganilayotgan 
    tushuncha bilan о‘zaro aloqadorligi yoritiladi. Shuni qayd etish kerakki, 
    о‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilimlari asosida yangi mavzuni 
    savollar yordamida о‘zlashtirish imkonini beradigan mavzular suhbat 
    metodi 
    vositasida 
    о‘rganish tavsiya etiladi. Suhbat metodi 
    о‘quvchilarning nazariy bilimlarni о‘zlashtirish jarayonini yengillatish, 
    о‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilim va kо‘nikmalari, hayotiy 
    tajribalaridan foydalanib, qator savollar yordamida yangi bilimlarni 
    о‘zlashtirish, mazkur bilimlardan amaliyotga qо‘llashni anglab olishiga 
    zamin tayyorlashni kо‘zda tutadi. О‘quv materialining murakkablik 
    darajasi о‘rtacha bо‘lib, mavzu mazmunini mantiqiy tugallangan fikrli 
    qismlarga ajratish, mazkur qismlar bо‘yicha savollar tuzish imkoni 
    bо‘lgan, о‘quvchilarning dastlabki bilimlari yetarli darajada, ular suhbat 
    davomida о‘z fikrlarini aytishlari, asoslashlari va shu bilan bir qatorda 
    yangi bilimlarni shunchaki eslab qolmasdan, balki mustaqil idrok 
    etishlari, faol egallashlari mumkin bо‘lgan hollarda suhbat metodidan 
    foydalaniladi. 
    Suhbat metodi о‘quvchilarning nazariy bilimlarni о‘zlashtirish 
    uchungina emas, balki ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, 
    nutqini rivojlantirish, taqqoslash, tahlil qilish, mantiqiy fikr yuritish 
    kо‘nikmalarini tarkib toptirishga yordam beradi. Suhbat metodining 


    76 
    samaradorligi о‘qituvchining mavzu mazmunni mantiqiy tugallangan 
    qismlarga ajratish, har bir qism bо‘yicha savollar zanjirini tuzish, dars 
    davomida 
    mazkur 
    savollardan 
    о‘z о‘rnida foydalanish, sinf 
    о‘quvchilarining bilish faoliyatini faollashtirish va savollarga javob 
    topishga 
    yо‘llashi, 
    har 
    bir 
    о‘quvchining 
    rag‘batlantirishi, 
    о‘quvchilarning esa о‘z fikrini lо‘nda va qisqa bayon etish, dalillash 
    kо‘nikmalarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bо‘ladi. Mazkur metod 
    tarkibiga suhbat savollarini ketma-ketlikda qо‘yish, yordamchi va 
    qо‘shimcha savollarni о‘z vaqtida berish, о‘quvchilarni faollashtirish, 
    о‘quvchilar javobidagi xatolarni tо‘g‘rilash, xulosa va umumlashtirishni 
    tarkib toptirish uslublari kiradi. О‘quv ma’ruzasi metodidan о‘quv 
    materialining hajmi katta, mantiqiy tuzilishi murakkab, tushuncha va 
    atamalarga boy bо‘lgan hollarda foydalaniladi.О‘quv ma’ruzasi 
    metodidan foydalanilganda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim: 
    1. Ma’ruza mazmuni chuqur ilmiy, g‘oyaviy va mantiqiy ketma-
    ketlikda kо‘rgazma vositalarga asoslangan holda bayon etilishi.
    2. О‘quvchilar uchun tushunarli, hissiyotga boy va sodda tilda 
    yoritilishi. 
    3. О‘quvchilarning yoshlik va ruhiy holatlarini hisobga olgan 
    holda 15-20 minutdan sо‘ng qisqa mustaqil ish yoki savol-javob 
    о‘tkazish, о‘quvchilarning bilish faoliyati faollashgandan sо‘ng davom 
    ettirilishi lozim. Ta’lim jarayonida о‘quv ma’ruzasini qо‘llash 
    о‘qituvchidan jiddiy tayyorgarlik kо‘rishni talab etadi va u dars mavzusi, 
    maqsadi va dolzarb muammolarni aniqlashi; Tanlangan mavzu bо‘yicha 
    darslik, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishishi; 
    О‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari hamda qiziqishlarini 
    hisobga olgan holda ma’ruza rejasi, mazmunini tuzishi; Yuqori samara 
    beradigan о‘qitish vositalari va metodlarini tanlashi kerak. Ma’ruzaning 
    muvaffaqiyatli о‘tishi, avvalo о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati 
    qanday tashkil etilganligiga bog‘liq. Unda о‘quvchilarning bilish 
    faoliyatini 
    faollashtiradigan 
    kо‘rgazma 
    vositalari 
    – 
    О‘TV, 
    multimedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va boshqa о‘qitish vositalaridan 
    foydalanish hamda ma’ruza davomida о‘quvchilar uning rejasi, 


    77 
    mazmunini qisqa yozib olishi, savollarga javob topishga erishishi 
    о‘qituvchining diqqat markazida bо‘lmog‘i lozim. 
    Darsning kirish qismida foydalanilgan о‘quv ma’ruzasi metodi 
    yordamida 
    о‘quvchilarning diqqati jamlanadi, bilish faoliyati 
    faollashtiriladi, bilimlarni qabul qilishga zamin tayyorlanadi. Buning 
    uchun ma’ruzani boshlashda uning mazmuniga oid qiziq misollar, 
    yorqin va hissiyotga boy voqealar keltirilib, о‘quvchilar oldiga 
    muammolar qо‘yiladi. 
    Darsning asosiy qismida foydalanilgan о‘quv ma’ruzasi metodi 
    о‘quv materiali didaktik tamoyillarga amal qilingan holda ta’lim 
    mazmuni mantiqiy izchillikda, kо‘rgazma vositalari – О‘TV, 
    multimedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va boshqa о‘qitish vositalaridan 
    foydalangan holda bayon qilishni taqozo etadi. 
    Darsning xulosa qismida foydalanilgan о‘quv ma’ruzasi metodi 
    yordamida о‘quvchilarning bilimlari tartibga solinib umumlashtiriladi, 
    xulosalar chiqariladi. Ma’ruza yakunida о‘qituvchi о‘quvchilarning 
    bilimlarini chuqurlashtirishga, umumlashtirishga qaratilgan xulosalarni 
    yana bir bor takrorlaydi. Sо‘ng о‘quv topshiriqlari yuzasidan 
    о‘quvchilarning javoblari tekshiriladi va jadvalning tо‘ldirilishi kо‘zdan 
    kechiriladi. Savol-javob, о‘quv bahsi о‘tkaziladi. О‘qituvchining 
    ma’ruzasi mazmuni va о‘quvchilar faoliyatining tashkil etilishiga kо‘ra 
    induktiv yoki deduktiv ravishda tuzilgan bо‘lishi mumkin. Ma’ruza 
    induktiv tuzilganda, avval о‘quvchilar hodisa va obyektlar bilan 
    tanishtirilib, keyin umumiy xulosa keltirib chiqariladi. Deduktiv 
    ma’ruzada esa buning aksi bо‘ladi, ya’ni, avval umumiy tushunchalar 
    beriladi, keyin obyektlar va hodisalar yordamida uning mazmuni ochib 
    beriladi.
    Mazkur metod tarkibiga о‘quv materialini mantiqiy ketma-ketlikda 
    bayon qilish, muammolarni qо‘yish, obyektlarni aniqlash, taqqoslash, 
    xulosa chiqarish, umumlashtirish, о‘quvchilarning diqqatini jalb qilish 
    uslublari kiradi. Kо‘rgazmali metodlar guruhi. О‘qitish jarayonida 
    kо‘rgazmali metodlarning qо‘llanilishi, о‘quv materiali mazmunidan 
    kelib chiqqan holda obyektlar va hodisalarni hissiy idrok etish, ularni 
    taqqoslash, о‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash, umumlashtirish, 


    78 
    sintezlash, xulosa yasashga imkon beradi. Kо‘rgazmali metodlar о‘qitish 
    jarayonida og‘zaki, amaliy, mantiqiy, muammoli metodlar bilan uyg‘un 
    holda qо‘llaniladi. 
    Masalan, о‘quvchilarga kо‘rgazma asosida о‘quv materialini 
    о‘rganish bо‘yicha topshiriqlar о‘qituvchi tomonidan og‘zaki beriladi. 
    Topshiriqlarni bajarish jarayonida kо‘rgazmalilik amaliy metodlar bilan 
    birikib ketadi, darsda vujudga kelgan muammoli vaziyatlarni hal etishda 
    muammoli metodlar bilan mujassamlashib ketadi. О‘qitish jarayonida 
    kо‘rgazmali metodlardan о‘z о‘rnida va samarali foydalanishning 
    quyidagi 
    afzalliklari 
    mavjud: 
    о‘quvchilarda kо‘rgazmali-obrazli 
    tafakkurni rivojlantirish, о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, 
    aqliy faoliyat usullarni egallash; о‘rganilayotgan nazariy masalalarni 
    aniqlashtirish, darsda bevosita kuzatish imkoni bо‘lmagan hodisa va 
    jarayonlarni modellashtirish; biologik obyektlarni kuzatish, ular ustida 
    tajribalar о‘tkazish, olingan nazariy bilimlarni amaliyotga qо‘llash, 
    о‘rganilgan hodisalarni sxema, jadvallar asosida aniqlashtirish va 
    tasniflash imkonini beradi.
    Biologiyani о‘qitishda foydalaniladigan kо‘rgazmali vositalar 
    sirasiga quyidagilar kiradi: tabiiy va tirik obyektlar – gerbariylar, 
    kolleksiyalar, mikro va hо‘l preparatlar, xona о‘simliklari, tirik tabiat 
    burchagida boqiladigan hayvonlar; real obyektlarni aks ettiruvchi 
    maxsus tayyorlanadigan tasviriy vositalar – jadvallar, sxemalar, rasmlar, 
    modellar, mulyajlar va boshqalar; kо‘rgazmalilikning shartli-ramziy 
    vositalari – biogeografik oblastlarning kartalari, globuslar; о‘qitishning 
    texnik vositalari – о‘quv kinofilmi, diafilm, diapozitivlar, videolavhalar. 
    O‘qitishning multimediali vositalari – EHM ning ta’lim dasturlari, 
    elektronversiya va darsliklar, ovoz, animatsiya, dinamik harakat va uch 
    kо‘lamli tasvirni о‘zida mujassamlashtirgan multimedialar va boshqalar. 
    Kо‘rgazmali metodlar tarkibiga tabiiy va tirik obyektlar, tasviriy 
    kо‘rgazma, ekran vositalari, EHMning kо‘rgazmali dasturlari, 
    multimedialarni namoyish qilish metodlari kirib, muayyan holda 
    quyidagi kо‘rgazmali vositalarni namoyish qilish, illyustratsiya, 
    demonstratsiya, о‘quv kinofilmlari, videofilmlar, EHMning ta’limiy, 
    modellashtirilgan dasturlari, elektron darsliklar, multimedialarni 


    79 
    namoyish qilish, kо‘rgazmaning did va estetik talablarga javob berishi, 
    dars mazmunini yoritish, ketma-ketlikda о‘quvchilar faoliyatini tashkil 
    etish uslublaridan tashkil topadi.
    Amaliy metodlar guruhi. О‘quvchilarning о‘zlashtirgan nazariy 
    bilimlarini amaliyotda qо‘llash, о‘quv va mehnat, kо‘nikma hamda 
    malakalarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini о‘stirish, hayotga 
    tayyorlash, kasbga yо‘llash imkonini beradi. Ushbu metod о‘qitish 
    jarayonida 
    kо‘rgazmali, 
    muammoli, 
    og‘zaki 
    metodlar 
    bilan 
    uyg‘unlashgan holda qо‘llaniladi. О‘quvchilar tomonidan bajariladigan 
    amaliy ishlar bilim manbai bо‘lib xizmat qiladi. Buning uchun 
    о‘kituvchi amaliy ishlarning maqsadini aniqlashi, maqsadga erishish 
    uchun zarur bо‘ladigan kо‘rgazmali vositalarni tanlashi, о‘quv 
    topshiriqlarini aniq tuzishi lozim. Amaliy ishlarni bajarish uchun 
    beriladigan о‘quv topshiriqlari mazmunan aniq, ixcham, tushunarli va 
    maqsadga yо‘naltirilgan bо‘lishi zarur. Bu metodlar guruhiga tabiiy 
    obyektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish, biologik tajribani tashkil 
    etish va о‘tkazish, о‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni boqish 
    kabi metodlar kirib, ular mos holda, obyektlarni tanib olish va aniqlash, 
    kuzatish va tajribalar о‘tkazish, о‘quvchilarga amaliy ishning borishini 
    bayon qilish, amaliy ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish 
    topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish, topshiriqlarni bajarish 
    natijalarini tahlil qilish, о‘z-о‘zini nazorat qilish, amaliy ish, kuzatish va 
    tajribalarni yakunlash va rasmiylashtirish uslublaridan iborat bо‘ladi.
    Tabiiy obyektlarni tanib olish va aniqlash metodi biologiyani 
    о‘qitishda yetakchi mavqeyiga ega, chunki botanika darslarida о‘simlik 
    organlari, о‘simlik turi, turkumi, oilasi, sinfga mansubligi aniqlanadi. 
    Buning uchun о‘qituvchi yetarli darajadagi tarqatma va didaktik 
    materiallar, gerbariylar, o’quv qo’llanmalari tayyorlangan bо‘lishi va 
    ulardan о‘z о‘rnida samarali foydalanishi lozim. 
    Zoologiya darslarida hayvonlarning organlari, ularning vazifalarini 
    bilish bilan bir qatorda hayvonlarning qaysi tip, sinf, turkum, oilaga 
    mansubligini aniqlaydi. Mazkur metodning samaradorligi hayvonot 
    olamining turli-tumanligini aks ettiruvchi hayvonlar va ularning 
    organlaridan tayyorlangan hо‘l preparatlar, mulyajlar, tulumlar, o’quv 


    80 
    qo’llanmalar kabi didaktik va tarqatma materiallarning mavjudligini 
    taqozo etadi. Mazkur metoddan faqat biologiya darslaridagina emas, 
    balki darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va 
    ekskursiyalarda ham keng qо‘llaniladi. Kuzatish metodi – bu tirik 
    organizmlarda boradigan jarayonlar va tabiat jismlarida sodir bо‘ladigan 
    hodisalarni о‘quvchilarning maqsadga muvofiq holda idrok etishi 
    hisoblanadi. Bu metodda о‘quvchilarning kuzatishi bо‘yicha tо‘plangan 
    ma’lumotlari bilim manbai sanaladi. Kuzatish metodidan biologiyani 
    о‘qitishning barcha shakllarida foydalaniladi. Kuzatish metodidan dars 
    jarayonida foydalanilganda о‘quvchilar dars mazmuniga oid kо‘rgazma 
    vositalarini mustaqil kuzatadilar, natijada kuzatish obyektlaridagi о‘ziga 
    xos xususiyatlarni isbotlovchi dalillarga ega bо‘ladilar. Bunday kuzatish 
    qisqa muddatli bо‘lib, ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga xizmat 
    qiladi. 
    Biologik tajribalarni о‘tkazish metodi – о‘z ichiga biologik 
    obyektlarni tanish va aniqlash, kuzatishlarni qamrab oladi, lekin 
    mazmun jihatdan ulardan farq qiladi. Biologik tajribalarni о‘tkazish 
    о‘quvchilarni о‘rganilayotgan jarayon yoki hodisaning mohiyatini 
    anglashga, ular о‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini tushunishga, 
    biologik qonuniyatlarni “Qayta kashf” etilishiga imkon beradi. Tajriba 
    natijalarini umumlashtirish, xulosa yasash, uni rasmiylashtirish 
    о‘quvchilarda tadqiqotchilikni rivojlantiradi. Biologik tajribalar darsda, 
    darsdan tashqari ishlarda, tirik tabiat burchagida va о‘quv tajriba 
    maydonchasida 
    о‘tkazilishi mumkin. Biologik tajribalar ham 
    davomiyligiga qarab, qisqa va uzoq muddatli bо‘lishi mumkin. 
    “Urug‘ning tarkibini aniqlash”, “О‘simlik hujayrasida plazmoliz 
    va 
    deplazmoliz”, 
    “Amilazaning kraxmalga ta’siri” yuzasidan 
    о‘tkaziladigan tajribalar qisqa muddatli, “Urug‘ning unib chiqishi uchun 
    zarur shart-sharoitlar”, “Urug‘larning nafas olishi”, “Barglarning suv 
    bug‘latishi”, 
    “Barglarda 
    kraxmal 
    hosil 
    bо‘lishi”, 
    “Yomg‘ir 
    chuvalchangining tuproq hosil bо‘lishidagi roli”, “О‘simliklarda 
    belgilarning irsiylanish qonunlarini о‘rganish” kabi tajribalar uzoq 
    muddatli tajribalar hisoblanadi. 


    81 
    Mazkur 
    metodning 
    samaradorligi 
    о‘qituvchi 
    tomonidan 
    о‘tkaziladigan tajribalarning muayyan tizimda tashkil etishi, tajriba 
    mavzulari, maqsadini aniqlashi, har bir tajriba uchun aniq kо‘rsatmalar, 
    о‘quv topshiriqlari tayyorlashi, о‘quvchilarni tajriba о‘tkaziladigan 
    obyektlar, kerakli asbob va jihozlar bilan ta’minlashi, tajriba 
    о‘tkazadigan о‘quvchilarning faoliyatini tashkil etish, boshqarish va 
    nazorat qilish, olingan natijalardan darsda о‘z о‘rnida foydalanishiga 
    bog‘liq. Biologiyani о‘qitishda amaliy metodlardan о‘simliklarni 
    parvarish 
    qilish, 
    hayvonlarni 
    boqish 
    va 
    kо‘paytirishda keng 
    foydalaniladi.
    Bu metod о‘quvchilarning biologiyadan о‘zlashtirgan bilimlari, 
    kuzatish va jismoniy mehnat kо‘nikmalarini qamrab olib, о‘quvchilarni 
    qishloq xо‘jaligi mehnati asoslarini egallash va kasbga yо‘llash, 
    ekologik va iqtisodiy tarbiya berishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Biologiyani о‘qitishda mahalliy iqtisodiy sharoit va qishloq xо‘jaligi 
    muassasalarining ixtisosligiga bog‘liq holda о‘simliklarni parvarish 
    qilish va hayvonlarni boqish bо‘yicha amaliy ish mavzulari xilma-xildir. 
    Amaliy ishlar qaysi maqsadni kо‘zlashi va mazmuniga bog‘liq holda 
    biologiya о‘qituvchisi uning rejasini puxta tuzishi, olib boriladigan 
    ishlarning mazmunini tо‘liq yoritishi, olinadigan natijalarni qanday 
    rasmiylashtirish bо‘yicha о‘quvchilarga aniq kо‘rsatma berishi lozim. 

    Download 1,48 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish