69
etilsa,
bu dialog tarzdagi munozara, agar munozara о‘quvchilarning
kichik guruhlardagi mustaqil ishi asosida tashkil
etilsa polilog tarzdagi
muloqot sanaladi. О‘qituvchi darsda о‘rganiladigan mavzuning didaktik
maqsadidan kelib chiqqan holda qay tarzdagi munozarani tashkil etishni
nazarda tutib tegishli о‘quv topshiriqlarni tayyorlaydi. Har qanday о‘quv
munozaralari ijodiy izlanish asosida tashkil etiladi.
Ijodiy izlanishlar
quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq:
1. Ijodiy izlanish maqsadini aniqlash;
2. Ijodiy izlanish maqsadiga muvofiq
mustaqil ishlarni tashkil
etish;
3. Guruh a’zolari о‘rtasida fikr va axborot
almashinuvini amalga
oshirish;
4. Olingan natijalarni tasavvur qilish va uni loyihalash;
5. Maqsadni amalga oshganligi va olingan natijani tahlil qilish;
6. Zarur hollarda tegishli о‘zgartirishlar kiritish.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Biologiya о‘qitish metodikasining asosiy maqsadi vazifalari
nimalardan iborat?