67
kutilmagan, noodatiy vaziyatlarda qо‘llab yangi bilim va kо‘nimalarni
о‘zlashtirishlariga zamin tayyorlaydi.
Mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish quyidagi
bosqichlardan iborat bо‘ladi:
1.Muammoli vaziyatni anglash.
2.Muammoni hal etish yо‘llarini aniqlash.
3.Muammoni hal etishning ichki va tashqi mantig’ini
hisobga
olgan holda mantiqan dalillash.
4.Muammoni hal etish usullarining mantiqan ketma-ketligini
aniqlash.
5.О‘z javoblarining tо‘g‘riligini dalillash.
6.Javobning tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish.
Tizimli fikr yuritish (о‘rganilgan obyektni qismlarga ajratish,
uning
yaxlitligini, о‘zaro bog‘liqligini aniqlash va tavsiflash
kо‘nikmasi). Tizimli fikr yuritish о‘quvchilarning о‘rganilayotgan
obyektni qismlarga ajratish,
uning yaxlitligini, о‘zaro bog‘liqligini
aniqlash va tavsiflash kо‘nikmalarini rivojlantirishga asoslanadi.
О‘qituvchi о‘quvchilarda tizimli fikr yuritishni rivojlantirish uchun
muayyan mavzularda о‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi va
tegishli о‘quv topshiriqlarini tuzishi lozim. Jumladan,
“Hujayraning