60
hayoti, ularning shaxsiy va tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlari
bilan qurollantirish hayot tuzilishining turli: molekula, hujayra,
organizm, populyatsiya – tur, biogeotsenoz,
biosfera darajalari bilan
tanishtirish; tabiatga uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda
bо‘lish fazilatlarini о‘quvchilar ongiga singdirish; о‘quvchilarni
о‘zlarining va о‘zgalarning salomatligini saqlashga, sog‘lom turmush
tarzini tarkib toptirishga yо‘naltirish; biologiya ta’lim mazmunini
hozirgi
ijtimoiy hayot, fan – texnika taraqqiyoti bilan mustahkam
bog‘lanishini ta’minlash asosida о‘quvchilarning kasb tanlashga ongli
ravishda yо‘naltirish; biologiya ta’lim mazmunini qadimda yashab jahon
fani - madaniyatiga ulkan hissa qо‘shgan va hozirgi davrda yashayotgan
biolog
olimlar
faoliyati
bilan
bog‘lash orqali о‘quvchilarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Biologik ta’lim mazmuni va tarkibiy qismlari
Har qanday о‘quv fanini о‘qitishda uning mazmuni nihoyatda katta
ahamiyatga ega bо‘ladi. Unga asosiy sabab о‘quv fani mazmuni о‘sha
fanning о‘ziga xos yо‘nalishini, о‘qitish tizimini, metodlarini,
vositalarini belgilab beradi. О‘quv fanining mazmuni о‘quv
dasturlari,
darsliklari, о‘quv qо‘llanmalari orqali konkretlashtiriladi
.
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’limning tarkibiy
qismlari bо‘lib, botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi
hamda sitologiya,
biokimyo, genetika, evolyutsion ta’limot o’quv
qo’llanmasidan iborat bо‘lgan umumiy biologiya о‘quv fanlari
hisoblanadi. Mazkur о‘quv fanlarida turli xil о‘simliklar, hayvonlar,
odamlarning tashqi, ichki tuzilishi hayot faoliyati, tashqi muhit bilan
bog‘liqligi tо‘g‘risida hamda hujayraning
uning organoidlarining
tuzilishi, funksiyasi, irsiyat о‘zgaruvchanlik evolyutsion ta’lim va shu
kabi bilimlar beriladi. Maktab biologiya ta’limini ayrim о‘quv fanlariga
ajratish qonuniy bо‘lib, kо‘p yillik pedagogik tajribalar asosida о‘zini
oqlagan. Biroq biologik ta’limning turli о‘quv fanlariga ajralishi tirik
tabiatdagi narsa hodisalarni alohida-alohida о‘rganishga emas, balki
ularning bir butunligini, о‘zaro bog‘liqligini
ifoda etgan holda
о‘qitilishini taqozo qiladi. Biologiya о‘quv fanining tarkibiy qismlariga
61
birinchi navbatda ilmiy tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim
sohalariga oid xususiy va biologiyaning barcha sohalariga xos bо‘lgan
umumiy biologik tushunchalardan tashkil topadi. Ana shunday umumiy
biologik tushunchalar qatoriga organizmlarning hujayraviy tuzilishi,
modda va energiyaning almashinuvi, organizm va muhitning о‘zaro
birligi, irsiyat о‘zgaruvchanlik organik olam evolyutsiyasi tushunchalari
kiradi. Biologiya о‘quv fani mazmunining yana bir komponenti bо‘lib
g‘oyalar hisoblanadi. Biologiya ta’lim mazmunida о‘quvchilar ongiga
organik olam evolyutsiyasi, tirik tabiat
tuzilishining har darajada
ekanligi, organ tuzilishi bilan funksiyasining о‘zaro bog‘liqligi, biologik
sistemalarning tabiiy muhit bilan aloqadorligi, о‘z-о‘zini boshqarish va
nihoyat nazariya bilan amaliyotning birligi kabi g‘oyalar singdiriladi.
Biologiya о‘quv fanining mazmunini yana bir komponenti bо‘lib
biologik qonunlar hisoblanadi. Ana shunday biologik qonunlardan
о‘quvchilar Mendel va Morganning irsiyat qonunlari, Ber qonuni,
Xardi-Vaynberg qonuni, V.I.Vernadskiyning
atomlarning biogen
migratsiyasi qonuni kabilar bilan tanishadilar. Biologiya fan
mazmunining yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir. Umumiy о‘rta
ta’lim biologiya о‘quv ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik
olamning evolyutsion nazariyasi, A.N.Severstovning filembriogenez
nazariyasi, T.Morganning xromosoma nazariyasi va nihoyat hozirgi
zamon gen nazariyasi kiritilgan.