62
Hayvonlarning turli tumanligi. Ularning sistematikasi: bir hujayralilar,
kо‘p hujayralilar (kovak ichlilar, yassi, yumaloq, halqali chuvalchanglar,
mollyuskalar, bо‘g‘imoyoqlilar, xordalilar). Bо‘g‘imoyoqlilar va xordali
hayvonlarning sinflari, turkumlari, ularning tabiat va inson hayotida
tutgan о‘rni. Hayvonlarni muhofaza qilish. Tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish. Odamning hayvonot sistemasidagi tutgan о‘rni.
Odam va hayvonlar tana tuzilishidagi о‘xshashlik va tafovutlar.
Odam va uning paydo bо‘lishi. Ijtimoiy va tabiiy muhitga odamning
moslanishi.
Odamdagi organlar sistemasi, ularning tuzilishi va
funksiyasi. Odam hayot faoliyatini neyro-gumoral boshqarilishi.
Odamning oliy nerv faoliyati. Odamdagi yuqumli kasalliklar, ulardan
saqlanish yо‘llari. OITS va undan saqlanish. Normal turmush
kechirishga yordam beruvchi omillar.
Hayotning tuzilish darajalari: molekula, hujayra, organizm
populyatsiya – tur biogeotsenoz, biosfera.
Hayotning hujayrasiz
shakllari, prokariot va eukariot hujayralar. Hujayra - tiriklikning
tuzilish, funksional, genetik birligi, hujayraning kimyoviy tarkibi,
anorganik va organik moddalar, ularning hujayradagi roli, hujayra
tuzilishi, yadro, xromosomalar, DNK irsiy axborotni tashuvchi ekanligi,
hujayra organoidlarining
tuzilishi va funksiyasi, oqsillar biosintezi,
hujayra, moddalar va energiyaning almashinuvi, fotosintez uning
tabiatdagi roli, hujayraning bо‘linishi, jinssiz va jinsiy kо‘payish,
urug‘lanish, organizmlarning individual rivojlanishi, irsiyat va
о‘zgaruvchanlik, genlar va belgilar, genetik atamalar va simvollar,
genetik
metodlari,
Mendel,
Morganlarning
irsiyat
qonunlari,
o‘zgaruvchanlik, irsiylanmaydigan va irsiylanadigan о‘zgaruvchanlik,
mutagenlar va ularning organizmlarga ta’siri,
genetikaning tibbiyot va
seleksiyadagi ahamiyati, odamlardagi irsiy kasalliklar ularning oldini
olish, seleksiya metodlari, genetik injeneriya va uning metodlari, genetik
injeneriyaga asoslangan biotexnologiya.
Evolyutsion g‘oyalarning paydo bо‘lish tarixi. Evolyutsion
ta’limot. Evolyutsiyani isbotlovchi fan dalillari. Mikro va makro
evolyutsiya. Evolyutsiyaning boshlanish birligi va omillari. Tabiiy
tanlanish - evolyutsiyaning yо‘naltiruvchi omili ekanligi. Biologik
63
progress va biologik regress. Organizmlarning muhitga moslanishi va
uning xillari. Tirik tabiatga xos belgilar. Hayotning paydo bо‘lishi
tо‘g‘risidagi farazlar. Yerda organik olamning
rivojlanishini asosiy
bosqichlari. Ekologik omillar. Ekosistemalar. Ekosistemalardagi modda
va energiyaning aylanishi. Ekosistema dinamikasi. Agroekosistemalar.
Biosfera. Biomassa. Biosfera haqidagi V.I.Vernadskiy ta’limoti.
Odamning biosferaga ta’siri. Biosfera evolyutsiyasi. Noosfera.
Shundan kо‘rinib turibdiki, о‘rta maktabda biologiya ta’limi
politexnik xarakterga ega bо‘lmog‘i va u yosh avlodning ijtimoiy
foydali hamda unumli mehnatdagi ishtiroki bilan bog‘lanishi lozim. Bu
aloqa fermer xо‘jaliklarida, kо‘kalamzorlashtirishda, yangi foydali
qazilmalarni, о‘simliklarni qidirib topishda, dorivor о‘simliklar
tо‘plashda va boshqa ijtimoiy foydali ishlarda amalga oshiriladi. Bu
nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq
xо‘jaligi bilan bog‘liq maktab о‘quvchilariga kasb tanlashlariga imkon
beradi.
Biologiyani о‘rganish
mehnatga muhabbat va hurmatni, mehnatni
insoniyatning barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining manbai sifatida
e’tirof etishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabda
biologiya kursini о‘rganishni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilganda u maktabni
tamomlab chiqqandan keyin ham mustaqil ravishda ma’lumot olish yо‘li
bilan bilimlarni tinmay yangilab borish ehtiyojini tug‘diradi va
rivojlantiradi.
Hozirgi zamon kishisi hayotining tirik tabiat tо‘g‘risidagi ilmiy
bilimlarsiz tasavvur etib bо‘lmaydi, chunki uning hayoti о‘simliklar va
hayvonot olami bilan butkul bog‘langan. Lekin о‘simliklar – Yerda
organik xom ashyo va energiya olish manbaidir. Hayvonot dunyosi о‘z
navbatida turli xil oziq - ovqat va sanoat xom ashyosining manbai
bо‘lib xizmat qiladi. Tabiiy boyliklardan mohirona foydalanish va ularni
kо‘paytirish xalq va davlat farovonligini yuqoriga kо‘tarish uchun
xizmat qiladi. Biologik ta’lim kо‘p jihatdan
yosh avlodni estetik
tarbiyalashga
yordam
beradi.
Ajoyib
manzara
yosh
ruhning
rivojlanishiga shu qadar ulkan darajada tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatadiki,
pedagogning ta’siri u bilan tenglasha olmaydi. Biologiyani о‘rganishda
64
estetik tarbiyaga barcha о‘quv tarbiya jarayonining uzviy qismi sifatida
qaraladi. Ilmiy idrok qilish estetik qabul qilish va hissiyotlarni о‘z ichiga
oladi. Biologik ta’lim insonning qalbi va qalbiga ijobiy ta’sir qilish
uchun hamma imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan
yaqinroq tanishayotgan kishiga juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat
vositalari bilan estetik tarbiya berish yosh avlodning umumiy estetik
tarbiyasiga kо‘maklashadi.
Tabiatni sevish – katta va murakkab tuyg‘udir. U yuksak qalb va
qalb doiralarini qamrab oladi va odamning ongli ma’naviy hayotining
asosiy tomonini tashkil etadi. Bu tuyg‘u kо‘p jihatdan vatanparvarlik
hislariga mos keladi. Jonajon tabiatga bо‘lgan
muhabbat bilan birga
yosh avlodga jonajon о‘lkaga, jonajon mamlakatga о‘yilgan mehr
о‘sadi. U bevosita bolalikda, maktab yillarida tug‘iladi. Ulg‘ayish va
yetuklik mehru muhabbatni his etib olishga olib keladi va uni
mustahkamlaydi. Biologik ta’lim butun yosh avlodni tabiatga tо‘g‘ri
munosabatda bо‘lishga olib keladi. Unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni
tarbiyalaydi, tabiatning chiroyini idrok etishdan tashqari uni muhofaza
qilish, asrash, tabiat boyliklarini о‘z qо‘llari bilan yaratish va
kо‘paytirishga о‘rgatadi. Bularning barchasiga biologik qonuniyatlarni
chuqur va ongli ravishda о‘zlashtirgandagina erishish mumkin.