Odam va uning salomatligi




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Odam va uning salomatligi 
Mazkur 
darslikning 
mualliflari 
professorlar 
B.Aminov, 
T.Tilovovlardir. Darslik 68 soatga mо‘ljallangan о‘quv dasturi asosida 
yozilgan. U XVI bobdan, 55 paragrafdan tashkil topgan. Darslikda 
“Kirish” dan sо‘ng odam organizmi haqida umumiy ma’lumot, tayanch 
harakatlanish sistemasi, qon, qon aylanish sistemasi, nafas olish, ovqat 
hazm qilish, moddalar va energiya almashuvi, ayirish, ichki sekretsiya 
bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, sezgi organlari, kо‘payish va 
rivojlanish, odamning paydo bо‘lishi tо‘g‘risida ma’lumotlar bayon 
etilgan. Darslikda hujayraning tuzilishi, tо‘qimalarga, suyaklarning 
tuzilishi, muskullarning dinamik harakati va funksiyasini kuzatishga, 
odam qonining shaklli elementlarini о‘rganishga, qon ketganda birinchi 
yordam, kо‘krak qafasini, nafas olganda va chiqarilganda karbonat
angidridni aniqlashga siydik ayirish organlarining tuzilishiga, markaziy 
nerv sistemasi tuzilishini о‘rganishga, kо‘rish о‘tkirligini aniqlashga oid 
laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazish metodikasi yoritilgan. Darslikda 
92 ta rangli rasmlar, darslik sо‘ngida о‘quv fani bо‘yicha test savollari 
va xotima berilgan. Darslikning ijobiy tomonlari haqida gapirib, uning 
о‘quv dasturiga tо‘liq mos holda yozilgani, о‘tmishda va hozirgi davrda 
ijod qilayotgan olimlarning fanga qо‘shgan hissalari, respublikadagi ob-
havo sharoitini e’tiborga olgan holda keng tarqaladigan kasalliklar 
haqida ma’lumot berilganligini qayd qilish lozim. Darslikning salbiy 
tomoni haqida tо‘xtab darslikda odam anatomiya, fiziologiyasiga 
nisbatan tibbiyot, xususan har xil kasalliklar, ularning kelib chiqish 
sabablari va davolash haqidagi ma’lumotlarning ortiqcha berilganligini 
ta’kidlab о‘tish kerak. Shu bilan birga ba’zi paragraflar (masalan 1, 33, 
42§) dagi ma’lumotlarni nihoyatda kamligi, boshqa paragrafdagi 
(2,5,24,27,24,38) 
ma’lumotlarni 
kо‘pligini, 
ba’zi 
paragraflar 


56 
mundarijada bо‘lib matnda uchramasligi (24§) ham kо‘rsatib о‘tish 
zarur. 
Ba’zi bir mavzular, masalan ichki sekretsiya bezlari juda murakkab 
qilib berilgan. Unda keltirilgan gormonlar soni 25 tadan ortadi. 
Darslikda ilmiy chalkashliklar anchagina. Mehnat tufayli ibtidoiy 
odamlar avval tik yurishga, sо‘ngra qо‘l barmoqlari bilan mehnat 
qurollarni ushlashga о‘rgangan (1§) . 

Download 1,48 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish