51
8-§. BIOLOGIYA DARSLIKLARINING TAHLILI
Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha
Maktab biologiya kursini о‘qitishda qо‘llaniladigan
vositalar
orasida darslik alohida о‘rin tutadi. Darslik о‘quvchilarning mustaqil
bilim olishini asosiy manbai hisoblanadi. Har bir darslik о‘quv
qо‘llanmadan farqli ravishda о‘quv dasturi asosida yoziladi.
О‘qitishning
maqsadi va vazifalariga, о‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga, tayyorgarlik darajasiga qarab darslik xajmi va bilimlar
sistemasi belgilanadi.
Maktab darsligiga qо‘yilgan asosiy talablar
Birinchidan, maktab darsligi ilmiy bо‘lishi, ya’ni
fanning
rivojlanishini, sо‘nggi yutuqlarini о‘zida ifoda etmog‘i;
Ikkinchidan, u о‘quvchilar uchun tushunarli, ya’ni
ularning
yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bо‘lishi;
Uchinchidan, darslik о‘quvchi uchun qiziqarli bо‘lishi, unda har
bir
mavzuga mos rangli rasmlar, sxemalar,
jadvallar, qо‘shimcha
qiziqarli ma’lumotlar, topshirilar, savollar о‘rin olmog‘i;
Tо‘rtinchidan, darslik о‘quvchilarning mustaqil bilim olishiga,
ijodiy rivojlanishiga, mantiqiy tafakkurini о‘stirishga qaratilgan bо‘lishi;
Beshinchidan, darslik milliy istiqlol mafkurasini о‘quvchilar
ongiga singdirish uchun yо‘naltirilgan bо‘lishi;
Oltinchidan,
darslik
mahalliy
sharoitda
keng
tarqalgan
о‘simliklar,
hayvonlar, odamlarning tashqi va ichki tuzilishi,
hayot
faoliyati yoritishi;