46
7-§. BIOLOGIYADAN DAVLAT TA’LIM STANDARTI VA
О‘QUV DASTURI
1.Ta’lim standarti haqida umumiy tushuncha
1997-yili Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida ta’lim
tо‘g‘risida ikkinchi
marotaba qonun qabul qilindi, hamda uzoq
muddatga mо‘ljallangan kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uch bosqichdan
iborat bо‘lib, uning birinchi bosqichi umumiy о‘rta va о‘rta maxsus kasb
–hunar ta’limning davlat
standartini ishlab chiqish, har bir о‘quv fani
bо‘yicha о‘quv dasturlarini, ularga asoslanib
darsliklarini yaratishga
bag‘ishlandi. 1997 - 1998 yillarda umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim
standarti va о‘quv dasturlari ishlab chiqilib,
respublikaning barcha
viloyatlardagi maktablarning tajriba - sinov maydonchalarida sinovdan
о‘tkazildi. О‘qituvchilar,
metodistlar, xalq ta’limi xodimlarining keng
muhokamasidan о‘tgandan sо‘ng umumiy о‘rta ta’lim, davlat ta’lim
standarti hamda barcha о‘quv fanlar bо‘yicha о‘quv
dasturlari
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgust
qarori bilan tasdiqlandi. Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti
va biologiya о‘quv dasturi “Ta’lim taraqqiyoti” jurnalining 1999-yil 3-
mart sonida kо‘p nusxada nashr qilinib, respublikaning barcha
maktablari, xalq ta’limi bо‘limlariga yuborildi va u keng jamoatchilikka,
ota-onalarga, о‘quvchilarga ma’lum qilindi.
Standart sо‘z inglizcha bо‘lib, nusxa, о‘lcham, me’yor
degan
ma’nolarni anglatadi. Shu sababli ham umumiy о‘rta ta’limning
davlat
ta’lim standartini asosiy qoidalarida “Umumiy о‘rta ta’limning davlat
ta’lim standarti” о‘quvchilarning umumta’lim tayyorgarligiga,
saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal
darajani belgilab beradi, deb
ta’kidlangan.