49
о‘quvchilarning axloqiy, vatanparvarlik, estetik, ekologik,
gigiyenik,
iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga ahamiyat berish lozimligi ta’kidlangan.
О‘quv dasturining metodik tavsiyalarida yana biologiyaning
muammoli mavzularini о‘qitishda xur fikrlik an’analariga rioya qilish
lozimligi, har bir dunyoqarashining о‘ziga xos ijobiy tomonlari,
kamchiliklari о‘quvchilar ongiga yetkazilishi kerakligi aytib о‘tilgan.
Biologik о‘quv mavzularga о‘quvchilarning qiziquvchanligini
oshirish uchun tabiiy-tasviriy, dinamik, sxematik kо‘rgazmali va audio,
video vositalardan ta’lim berish jarayonida samarali foydalanish va
о‘quvchilar faoliyatini faollashtirish hamda mustaqil bilim olishini
tashkil etish maqsadida faollashtiruvchi
metodlaridan zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya
etilgan. О‘quv dasturning metodik tavsiyalarida nazariya bilan
amaliyotni bog‘lash uchun masalalar yechishga ham e’tibor qaratilgan.
Shuningdek о‘quvchilarning bilimlarini, kо‘nikmalarini baholashda
reyting usulidan foydalanish tо‘g‘risida ham ma’lumot berilgan.
О‘quv dasturida botanika о‘quv fani uchun 102 soat vaqt
ajratilganligi va u V-VI sinfda zoologiya о‘quv faniga 68 soat vaqt
ajratilganligi va u VII sinfda о‘qitilishi, odam va uning salomatligiga 68
soat vaqt ajratilganligi va u VIII sinfda о‘qitilishi
va nihoyat, IX-XI
sinflarda umumiy biologiya о‘tilishi ta’kidlanadi.
О‘quv dasturida har bir о‘quv fani bо‘yicha о‘qitiladigan asosiy
mavzular mazmuni, ularni о‘tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan.
О‘quv dasturida ana shu mavzularning qanday dars tiplaridan foydalanib
о‘qitish kerakligi haqida ham ma’lumotlar berilgan. Bunda oddiy
darslardan
tashqari
qaysi
mavzular
bо‘yicha
laboratoriya
mashg‘ulotlarida amaliy ishlab ekskursiyalar tashkil etish kо‘zda
tutilgan. Masalan, maktab botanika о‘quv dastur bо‘limida gulli
о‘simliklar bilan umumiy tanishish, hujayra, ildiz, poya, barg,
о‘simliklarning vegetativ kо‘payishi, gul, mevalar, urug‘lar, о‘simlik
yaxlit organizm, о‘simliklarning asosiy bо‘limlari, gulli о‘simliklarning
asosiy oilalari, о‘simliklar qoplami, manzarali о‘simliklar,
Yerda
о‘simliklar dunyosining paydo bо‘lishi kabi asosiy mavzular о‘tiladi.
50
Zoologiya о‘quv fanida esa hayvonot dunyosi tо‘g‘risida umumiy
ma’lumot, sodda hayvonlar, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar,
yumaloq
chuvalchanglar,
halqali
chuvalchanglar,
mollyuskalar,
bо‘g‘imoyoqlilar, xordali hayvonlar, tuban xordalilar, baliqlar, suvda va
quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar,
yerda hayvonot dunyosining paydo bо‘lishi
va rivojlanishi kabi
mavzular о‘qitiladi. Odam va uning salomatligi о‘quv fanida esa
kirish, odam organizmining umumiy obzori, tayanch harakatlanish
sistemasi, qon, qonning aylanish sistemasi, nafas olish sistemasi, ovqat
hazm
qilish sistemasi, moddalar va energiya almashinuvi, ayirish
sistemasi – ichki sekretsiya bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati,
sezgi organlari, odam organizmining kо‘payishi
va rivojlanishi,
odamning paydo bо‘lishi kabi mavzular diqqat markazida bо‘ladi.
Umumiy biologiya о‘quv fanida kirish, organik olamning turli
tumanligi, sitologiya asoslari, hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari,
organizmlarning kо‘payishi va individual rivojlanishi, genetika va
seleksiya asoslari, genetik injeneriya va biotexnologiya,
evolyutsion
ta’limot, evolyutsiya dalillari, organik olamning paydo bо‘lishi va
rivojlanishi, ekologiya asoslari, biosfera va uning evolyutsiyasi kabi
mavzularni о‘tish kо‘zda tutilgan. О‘quv dasturi har bir mavzuni о‘tish
uchun soatlar ajratilgan, jihozlar, dars shakllari kо‘rsatilgan.