44
maqsadi va vazifasiga muvofiq tahsil oluvchilarning barchasi, shu
jumladan har bir shaxsning tahsil olishga bо‘lgan ehtiyojini qondirish,
qiziqishini orttirishga asoslanadi. Bu qonuniyat biologiyani о‘qitish
jarayonini tabaqalashtirish asosida iqtidorli yoshlarni aniqlash,
ularning
ehtiyoji va qiziqishiga yarasha bilim olishlariga imkon yaratadi.
Shuningdek, biologiyani о‘qitishda о‘qitishni individuallashtirish va
differensiallashtirish, shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalarni qо‘llash
zaruratini keltirib chiqaradi.
5. О‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi va uzviy bog‘liqligi
qonuni. Tahsil oluvchilarning о‘qitish jarayonida bilimlar, tushunchalar,
g‘oyalar, nazariyalarni ongli va mustahkam о‘zlashtirishiga erishish,
ularni amaliyotda qо‘llash kо‘nikmalarini shakllantirishga asoslanadi.
Ushbu qonuniyat fan, texnika, ishlab chiqarish
va amaliy tajribalarning
о‘quv jarayoni bilan integratsiyasini, uyg‘unligini amalga oshirishga
imkon beradi. Mazkur qonun Kadrlar tayyorlash milliy dasturining
yuksak umumiy
va kasb - hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy
faollikka, ijtimoiy – siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri
ola bilish mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va
hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish kabi
vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Bu vazifalarni amalga
oshirish uchun biologiyani о‘qitishda о‘quv dasturidan о‘rin olgan
laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar va ekskursiyalarni о‘z о‘rnida
samarali о‘tkazish, о‘quvchilarning bilish faoliyatini individual va
kichik guruhlarda tashkil etish va boshqarish orqali о‘quvchilarning
о‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qо‘llash, amaliy va о‘quv mehnati
kо‘nikmalarini tarkib toptirishga e’tiborni qaratish lozim.
6. Pedagogik jarayon birligi va yaxlitligi qonuni.
Pedagogik
jarayonning yaxlit va tarkibiy qismlari о‘rtasidagi uzviy bog‘lanishlarni,
shuningdek, ta’lim jarayonining mazmuni, vositalari, metodlari,
shakllari, о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatining о‘qitish maqsadlari bilan
uyg‘un ravishda bog‘liqligini ta’minlaydi.
Yuqoridagi fikrlar hisobga olingan holda о‘qitish
jarayoni davlat
va ijtimoiy buyurtmalarga muvofiq maqsadlarni, ta’lim mazmuni,
pedagogik muloqot vositalari (о‘qitish vositalari, metodlari va shakllari),