32
5-§. TURKISTON JADIDCHILIK HARAKATIDA
TA’LIM VA TARBIYA
“Jadid” sо‘zi arabcha sо‘z bо‘lib,
“yangi”, “jadidchilik” esa
yangilik tarafdorlari degan ma’noni bildiradi. XIX asr oxiri XX asrning
boshlarida
Turkistonda
chor
mustamlakachiligining
kuchayishi
natijasida о‘lkada jadidchilik harakatining vujudga kelishiga sabab
bо‘ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va boshqa о‘lkalarda
siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar о‘z davrining eng ilg‘or
kishilaridir. Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan
qat’iy nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori bо‘lib
chiqdilar.
Turkistonlik jadidlar ona vatanlarini mustaqil, ozod holda kо‘rishni
о‘zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Milliy ozodlik kurashida qurol
kuchi bilan muvaffaqiyat qozonib bо‘lmasdi.
Shu bois ular milliy
istibdodga tushib qolishlarining sabablarini tahlil qilib, bularning tub
ildizlari yо‘q qilib tashlash lozimligini anglab yetdilar. Natijada
jadidlarining hamma narsadan oldin xalqqa ma’rifat berish lozim degan
g‘oyasi yuzaga keldi. Jadidlar 1906-yildayoq “Taraqqiyot” deb
nomlangan gazeta nashr ettirib, о‘z g‘oyalarini tarata boshladilar.
Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib,
ularda diniy
ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat haqidagi
bilimlar ham targ‘ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat
yagona qurol bо‘lib, ular shu qurol yordamida о‘lkada ijtimoiy –
iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bо‘ldilar. Jadidlar
о‘z ezgu orzularini, faqat maktab, maorif va ta’lim tarbiyani tо‘g‘ri
yо‘lga qо‘yish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish mumkin, deb
bildilar.
Jadidlar ma’rifati haqida gap ketganda dastlab Qirimlik Ismoil
Gaspirinskiyni tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida
birinchi
“Maktabi usuli jadida” ya’ni
“Yangi usul maktabiga” asos
soldi. Ismoil
Gasprinskiy taklif etgan “Usuli jadid” maktabining
tuzilishi, darslarning tashkil qilinishi, о‘qitish metodikasi, nazorat turlari
kо‘p jihatdan Yevropa ta’lim tizimiga yaqin bо‘lgan. U madrasalarni
33
isloh qilish, dunyoviy fanlarni о‘qitish masalalarini kо‘tardi. Jumladan,
diniy fanlar va arab tili bilan birga tibbiyot, kimyo kabi fanlarni
о‘rganish zarurligi haqida sо‘z yuritadi. I.Gasprinskiy yangi usulni
targ‘ib qilish, jadid maktablarini tashkil ettirish uchun turli joylarga safar
qiladi. Turkistonda ham 2 marta bо‘lib,
mahalliy xalq yordamida,
dastlabki yangi usul maktablari ochishga muvaffaq bо‘ldi.
Jadidlar, eng avvalo, о‘qitishning eski usuli yaramasligini,
yoshlarga zamonaviy ilmlarni о‘rgatish zarurligini tushunishlari bilan
birga, ta’lim tizimida ona tilini chuqurroq о‘rgatish, ona tilidagi
darslarni kо‘paytirish, boshqacha qilib aytganda, о‘quv
dasturida ona
tilidagi darslarni oshirish orqali, о‘quvchilarni ona tilida о‘qitish orqali
yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘usini shakllantirish
mumkin degan xulosaga kelish va bu yо‘ldagi dadil harakat jadidlarning
ma’rifat sohasidagi yangicha qarashlar, aniqrog‘i Konsepsiyasi edi. Ana
shu harakat zamirida jadidlarning pedagogik qarashlari ham shakllanib
bordi. Jadidlar “Taraqqiyot” gazetasida maktab dasturiga alohida e’tibor
berdi. Ularning ayrim dasturlariga kо‘ra, boshlang‘ich maktab 4-sinfdan
tashkil topishi kerak. Unga 7 yoshdan kichik bolalar qabul qilinmaydi.
Dasturda nimalar о‘qitilishi bilan birga maktabning
tashkiliy tomonlari
haqida ham aniq kо‘rsatmalar bor. Jumladan, yilda tо‘qqiz oy tahsil, uch
oy ta’til bо‘lishi haqida, о‘quvchilarni maktabga avgustning 15-
sanasidan 1-sentyabrgacha qabul qilish, 15-mayda imtihon bо‘lishi
haqida qaror keltirilgan. Dasturda bayramlarda bir kun dam olish
bо‘lishi, maktabda darslar ketayotganda maktabga qabul qilish
tо‘xtatilishi tо‘g‘risida qaror ham mavjud.
Jadidlarning tarbiya haqida qarashlari ham ilg‘or fikrlar bilan
boydir. Jadidlarning tarbiya odob – axloq haqidagi fikrlari,
asosan
qadimdan islom olamida qaror topgan qarashlar negizida shakllangan.
Jadidlar ajdodlardan bolalar, umuman, inson tarbiyasida musulmonlarga
xos diyonatli, saxovatli, xushmuomala bо‘lishi singari muhim xislatlarni
qabul qildilar. Ayni zamonda ularning pedagogik qarashlarida yangi bir
tushuncha paydo bо‘ldi. Bu tarbiyada muhit, zamon, sharoitning о‘rni
tо‘g‘risidagi qarashdir. Jadidlar pedagogikasi ijtimoiy hayot, uning
34
talablari, ehtiyojlarini hisobga olish bilan о‘zlarigacha bо‘lgan Sharq
pedagogikasidan bir qadam siljish bо‘lgan edi.
Jadidlar komil inson – bu, eng zamonaviy insondir. Zamonaviy
inson esa, millat va vatan manfaatini barcha narsadan ustun qо‘yuvchi,
ma’rifatli, diniy va zamonaviy ilm-fanlarni egallagan xushxulq, tarbiyali
kishidir deydi.
Markaziy Osiyo jadidchiligi haqida
gap ketganda buni Behbudiy,
Munavvar qori, Shakuriy, Fitrat, A.Avloniy kabi о‘nlab ma’rifatparvar
ilm darg‘alarning faoliyatisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi, aksincha ular
haqida gap ketganda jadidchilikni chetlab о‘tib bо‘lmaydi.
Mahmudxо‘ja
Behbudiy,
Turkistonda
jadidlar
harakati
asoschilaridan biri, jahonga mashhur bо‘lgan geografiyashunos, atoqli
jamoat arbobi, buyuk islomshunos, pedagog olimdir.
Behbudiyning nomi Turkiston maktab maorifida keng о‘rin
egallaydi. U birinchi bо‘lib о‘lkada yangicha usuldagi maktablarning
tashkil etilishini targ‘ibotchilaridan va amaliyotchilaridan biridir.
Behbudiy
“Usuli jadid” maktabining qonun qoidalarini I.Gasprinskiy va
uning muomalalaridan о‘rganadi. U
“Usuli jadid” maktablari uchun bir
qancha darsliklar yozdi.
“Qisqacha umumiy jо‘g‘rofiya”, “Bolalar