30
Ibn Sino о‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy
qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalangan va maxsus risolalarda talqin
qilgan. Shuningdek fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi о‘ringa
tibbiyot fanlarini qо‘yadi.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda о‘qitish zarurligini qayd
etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya qilish zarurligini
ta’kidlaydi:
1. Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qо‘ymaslik;
2. Ta’limda yengildan og‘irga borish oraliq
bilim berish;
3. О‘qitishda jamoa bо‘lib maktabda о‘qitishga e’tibor berish;
4. Bilim berishda bolalarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
5. О‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qо‘shib olib borish;
Bu talablar hozirgi davr tamoyillariga ham mos kelishi bilan
qimmatlidir.
Ibn Sino о‘qituvchining qanday bо‘lishi kerakligi tо‘g‘risida qator
fikrlarni bayon etadi. Ular quyidagilardir:
1. Bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bо‘lish;
2. Berilayotgan bilimni talabalar qanday о‘zlashtirib olayotganiga
e’tibor berish;
3. Ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
4. Talabaning xotirasi, bilimlarini
egallash qobiliyati, shaxsiy
xususiyatlarini bilishi;
5. Fanga qiziqtira olish;
6. Berilayotgan bilimlarni eng muhimlarini ajratib bera olish;
7. Bilimlarni talablarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos
ravishda berish;
8. Har bir sо‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bо‘lishiga
erishish zarur, deydi olim.
Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin u
og‘zaki ifodalash, tajribalarini baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish
mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini
amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatini tarkib
toptirish asosiy maqsad
bо‘lgan. Ibn Sino aqliy, axloqiy tarbiya bilan bir qatorda inson
kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham
31
amaliy jihatidan tahlil qiladi. Ibn
Sinogacha insonning kamolga
yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida bizlarda bir yaxlit ta’limot
yaratilmagan edi. Jismoniy mashqlar, tо‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni
toza tutish, tartibga rioya etish, inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim
omillardan ekanini ham ilmiy ham amaliy jihatidan asosladi.
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida
insonning ham aqliy, ham axloqiy estetik
hamda jismoniy tomondan
rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin
etiladi.