Mustahkamlash uchun savollar




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Zamonaviy 
ta’lim-tarbiya 
jarayonining 
о‘ziga 
xos 
xususiyatlarini bilasizmi? 
2. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplarini 
bilasizmi? 
3. Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat kо‘rsatish prinsiplarini 
bilasizmi? 
4. Biologik ta’limda qо‘llaniladigan о‘qitish prinsipini bilasizmi? 
5. Biologiyani о‘qitishda foydalaniladigan qonuniyatlar va 
ularning mohiyatini bilasizmi? 
 
 
 
 


19 
3-§. BIOLOGIK TA’LIMNING ROLI 
Biologik ta’limning roli insoniyat hayotida katta ahamiyatga ega. 
Biologiya о‘qituvchi biologik bilimlarning har bir inson hayoti va 
mehnatidagi rolini chuqur anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim, 
bu shunday ishonchni о‘quvchilarda tarbiyalash uchun zarurdir. 
Maktabda о‘qituvchining muvaffaqiyatli ish olib borishining birinchi 
sharti ana shudir, chunki tarbiyalovchi ta’lim jarayoni ishonchga 
asoslanadi. 
Biologiya о‘qituvchisining kasbi, о‘quvchilarga nega har bir odam 
biologiyani о‘rganish zarurligini singdirishi uchun yuqori saviyadagi 
bilim va mustahkam idorani talab etadi. 
XX-XXI asrda fan va texnika rivojlanib ketdi, natijada insoniyat 
о‘zi yashayotgan muhit bilan qarama-qarshilikka duch kelmoqda, muhit 
uning sog‘ligiga va hayotiga xavf solmoqda. Sababi ishlab chiqarish va 
transport chiqindilari, о‘rmonlarni kamayishi, azon qavatida teshiklar 
hosil bо‘lishidir. 
Butun dunyoda tabiatni muhofaza qilish, uning resurslarini qayta 
tiklash va ulardan unumli foydalanish, barcha insoniyat oldida turgan 
muhim vazifalardan bо‘lib kelmoqda. Har bir kishi, davlat va butun 
insoniyat uchun biologik bilimlarning keng yoyilishi va ahamiyati misli 
kо‘rilmagan darajada oshdi. 
Biologiya fanining yutuqlari ishonchli tarzda insoniyat yangi asrga, 
biologiya asriga kirib borganligi haqida dalolat bermoqda.
Biologiya fanining yutuqlari kо‘p jihatidan tabiiy fanlar, fizika, 
kimyo, matematika, astronomiya sohasida erishilgan yutuqlardan 
foydalanish natijasida yuz bermoqda. Bu fanlarning yutuqlari va 
metodlari 
asosida 
elektron 
mikroskopiya, 
spektroskopiya, 
rentgenostruktura tahlili, hujayraning molekulyar va submolekulyar 
darajada о‘rganish imkonini beradi. Bioximiya va biofizika metodlari 
asosida tajribalar о‘tkazish natijasida moddalar almashinuvi ayniqsa 
oqsil biosintezining mexanizmi ochib berildi, fotosintez sirlari ochildi. 
Irsiyatning moddiy asosi DNK va RNK strukturasi, funksiyasi ayon 
bо‘ladi, aminokislotalarning genetik kodi ochib berildi. 


20 
Olimlarning diqqat e’tibori hayot hodisalarining mohiyatini 
aniqlashga, moddalar almashinuvi, irsiyat va о‘zgaruvchanlikni 
boshqarishning turli usullarini ishlab chiqarishga qaratilgan. 
Hujayra va uning organoidlarida boradigan kо‘p jarayonlarining 
fizik-kimyoviy va biologik mohiyatini ochib bergan fan yutuqlari 
hayotiy 
jarayonlari 
borishiga 
aktiv 
aralashishi 
imkoniyatlarini 
bermoqda. Biologiya fanining yutuqlari meditsina oldiga rak, virus, 
yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi vazifalarini 
qо‘ymoqda va bu xastaliklar asta-sekinlik bilan о‘z davosini topmoqda. 
Hozirgi vaqtda tirik organizmlarni tuzilishi va unda boradigan 
jarayonlarga asoslangan texnika fani – kibernetika asosida tabiiyot 
fanlarida yangi yо‘nalish – botanika vujudga keldi, bu biologiyani fizika 
va texnika bilan bog‘laydigan fandir. 
Bionika organizmlarning morfologik va funksional moslanishlarini 
muhandislik masalalarini yechish doirasida aniqlaydi va tahlil qildi. 
Masalan, sezgi organlari juda kichik bо‘lgan hashoratlar, tez va kо‘p 
harakatlanib energiyani kam sarflashi, tez ta’sirlanishi, tanlovchanligi va 
о‘z-о‘zini boshqara olishi kabilar olimlar fikrini jalb etadi va texnikaga 
qо‘llash usullari haqidagi fikrlarni tug‘diradi. Hozirgi vaqtda juda kо‘p 
qurilmalar hayvonot va о‘simlik olamining tuzilishiga asoslangan holda 
ishlab chiqilgan. 
Hayotiy jarayonlarni boshqarishda fiziologik faol moddalarni roli 
nihoyatda ortib bormoqda. Shuning uchun biologlar biologik faol 
moddalar gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar hosil qiladigan 
mikroorganizm shtammlarini yaratib gen va hujayra muhandisligi 
usullarini qо‘llab insoniyat uchun zarur bо‘lgan moddalarni sintez qilib 
olmoqda. Bunga misol qilib hozirgi vaqtda ichak tayoqchasi bakteriyasi 
genotipiga insulin sintezini boshqaruvchi gen kiritish orqali insulinni 
sintez qilish yо‘lga qо‘yilgan. Bu jarayonlar biotexnologiyada keng 
qо‘llanilmoqda. 
Hozirgi vaqtda insoniyat, zamonaviy genetika va biotexnologiya 
yutuqlariga 
tayanib, 
xossalari 
oldindan 
ma’lum 
bо‘lgan 
mikroorganizmlarni 
shtammlarini 
yarata 
oladigan 
bо‘ladi. 
Mikroorganizmlardan va hayvonlar uchun zarur bо‘lgan vitaminlar, 


21 
antibiotiklar 
va 
boshqa 
gormonlari 
ishlab 
chiqaradilar. 
Bu 
biopreparatlarni sanoat usulida ishlab chiqish yо‘lga qо‘yilib, hayvonlar 
ozuqasiga qо‘shib berilmoqda. Mikroorganizmlar yordamida hayvonlar 
mahsuldorligini oshirish, о‘simliklarni о‘sish va rivojlanishini 
tezlashtirish, hosilni hamda о‘simliklarni kasalliklarga chidamligini 
oshirish usullari yо‘lga qо‘yilgan. Gen injeneriyasi usullari qо‘llanib 
kо‘sak qurtiga chidamli g‘о‘za va kolarado qо‘ng‘iziga chidamli 
kartoshka navi yetishtirilgan. 
Biologiya fanining yangi sohasi-kosmik biologiya hozirgi vaqtda 
vujudga kelgan. Undan koinotdagi hayotning shakllari, tarqalishi va 
uning xususiyatlari qanday, о‘zga sayyoralarda hayot nishonalari bor 
yoki yо‘qligi haqidagi olamshumul savollarga javob kutilmoqda. 
Biologiya fani erishgan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilingan sari 
odamlar uchun biologik ta’lim professional tayyorgarlik elementi bо‘lib 
qoladi. Umumiy texnika taraqqiyoti bilan birga ularning ixtisoslariga 
bо‘lgan talablari ham oshmoqda. Ular agronomiya va zootexnika 
bilimlarini egallash g‘oyat zarurligini sezmoqdalar va egallamoqdalar. 
Shundan kо‘rinib turibdiki, о‘rta maktabda biologiya ta’limi 
politexnik xarakterga ega bо‘lmog‘i va u yosh avlodning ijtimoiy 
foydali hamda unumli mehnatdagi ishtiroki bilan bog‘lanishi lozim. Bu 
aloqa fermer xо‘jaliklarida, kо‘kalamzorlashtirishda, yangi foydali 
qazilmalarni, о‘simliklarni qidirib topishda, dorivor о‘simliklar 
tо‘plashda va boshqa ijtimoiy foydali ishlarda amalga oshiriladi. Bu 
nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq 
xо‘jaligi bilan bog‘liq maktab о‘quvchilariga kasb tanlashlariga imkon 
beradi. 
Biologiyani о‘rganish mehnatga muhabbat va hurmatni, mehnatni 
insoniyatning barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining manbai sifatida 
e’tirof etishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabda 
biologiya kursini о‘rganishni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilganda u maktabni 
tamomlab chiqqandan keyin ham mustaqil ravishda ma’lumot olish yо‘li 
bilan bilimlarni tinmay yangilab borish ehtiyojini tug‘diradi va 
rivojlantiradi. 


22 
Hozirgi zamon kishisi hayotining tirik tabiat tо‘g‘risidagi ilmiy 
bilimlarsiz tasavvur etib bо‘lmaydi, chunki uning hayoti о‘simliklar va 
hayvonot olami bilan butkul bog‘langan. Lekin о‘simliklar – Yerda 
organik xom ashyo va energiya olish manbaidir. Hayvonot dunyosi о‘z 
navbatida turli xil oziq-ovqat va sanoat xom ashyosining manbai bо‘lib 
xizmat qiladi. Tabiiy boyliklardan mohirona foydalanish va ularni 
kо‘paytirish xalq va davlat farovonligini yuqoriga kо‘tarish uchun 
xizmat qiladi. 
Tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilgan biologik ta’lim, ilmiy dunyoqarashni 
tarbiyalashga imkon beradi. О‘quvchilar, biologik ta’lim olaturib, tabiat 
faktlari va hodisalarini о‘zaro bog‘lanishda, harakat, о‘zgarish va 
rivojlanish holatida tushunishga о‘rganadilar. 
Biologik ta’lim kо‘p jihatdan yosh avlodni estetik tarbiyalashga 
yordam beradi. Ajoyib manzara yosh ruhning rivojlanishiga shu qadar 
ulkan darajada tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatadiki, pedagogning ta’siri u bilan 
tenglasha olmaydi. Biologiyani о‘rganishda estetik tarbiyaga barcha 
о‘quv tarbiya jarayonining uzviy qismi sifatida qaraladi. Ilmiy idrok 
qilish estetik qabul qilish va hissiyotlarni о‘z ichiga oladi. 
Biologik ta’lim insonning qalbi va aqliga ijobiy ta’sir qilish uchun 
hamma imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq 
tanishayotgan kishiga juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari 
bilan estetik tarbiya berish yosh avlodning umumiy estetik tarbiyasiga 
kо‘maklashadi. 
Tabiatni sevish – katta va murakkab tuyg‘udir. U yuksak qalb va 
aql doiralarini qamrab oladi va odamning ongli ma’naviy hayotining 
asosiy tomonini tashkil etadi. Bu tuyg‘u kо‘p jihatdan vatanparvarlik 
hislariga mos keladi. Jonajon tabiatga bо‘lgan muhabbat bilan birga 
yosh avlodga jonajon о‘lkaga, jonajon mamlakatga qо‘yilgan mehr 
о‘sadi. U bevosita bolalikda, maktab yillarida tug‘iladi. Ulg‘ayish va 
yetuklik mehru muhabbatni his etib olishga olib keladi va uni 
mustahkamlaydi. Biologik ta’lim butun yosh avlodni tabiatga tо‘g‘ri 
munosabatda bо‘lishga olib keladi, unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni 
tarbiyalaydi, tabiatning chiroyini idrok etishdan tashqari uni muhofaza 
qilish, asrash, tabiat boyliklarini о‘z qо‘llari bilan yaratish va 


23 
kо‘paytirishga о‘rgatadi. Bularning barchasiga rak, virus, yurak, qon-
tomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi vazifalarini qо‘ymoqda va 
bu xastaliklar asta-sekinlik bilan о‘z davosini topmoqda. 
Hozirgi vaqtda tirik organizmlarni tuzilishi va unda boradigan 
jarayonlarga asoslangan texnika fani – kibernetika asosida tabiiyot 
fanlarida yangi yо‘nalish – botanika vujudga keldi, bu biologiyani fizika 
va texnika bilan bog‘laydigan fandir. 
Bionika organizmlarning morfologik va funksional moslanishlarini 
muhandislik masalalarini yechish doirasida aniqlaydi va tahlil qildi. 
Masalan, sezgi organlari juda kichik bо‘lgan hashoratlar, tez va kо‘p 
harakatlanib energiyani kam sarflashi, tez ta’sirlanishi, tanlovchanligi va 
о‘z-о‘zini boshqara olishi kabilar olimlar fikrini jalb etadi va texnikaga 
qо‘llash usullari haqidagi fikrlarni tug‘diradi. Hozirgi vaqtda juda kо‘p 
qurilmalar hayvonot va о‘simlik olamining tuzilishiga asoslangan holda 
ishlab chiqilgan. 
Hayotiy jarayonlarni boshqarishda fiziologik faol moddalarni roli 
nihoyatda ortib bormoqda. Shuning uchun biologlar biologik faol 
moddalar gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar hosil qiladigan 
mikroorganizm shtammlarini yaratib gen va hujayra muhandisligi 
usullarini qо‘llab insoniyat uchun zarur bо‘lgan moddalarni sintez qilib 
olmoqda. Bunga misol qilib hozirgi vaqtda ichak tayoqchasi bakteriyasi 
genotipiga insulin sintezini boshqaruvchi gen kiritish orqali insulinni 
sintez qilish yо‘lga qо‘yilgan. Bu jarayonlar biotexnologiyada keng 
qо‘llanilmoqda. 
Hozirgi vaqtda insoniyat, zamonaviy genetika va biotexnologiya 
yutuqlariga 
tayanib, 
xossalari 
oldindan 
ma’lum 
bо‘lgan 
mikroorganizmlarni 
shtammlarini 
yarata 
oladigan 
bо‘ladi. 
Mikroorganizmlardan va hayvonlar uchun zarur bо‘lgan vitaminlar, 
antibiotiklar 
va 
boshqa 
gormonlari 
ishlab 
chiqaradilar. 
Bu 
biopreparatlarni sanoat usulida ishlab chiqish yо‘lga qо‘yilib, hayvonlar 
ozuqasiga qо‘shib berilmoqda. Mikroorganizmlar yordamida hayvonlar 
mahsuldorligini oshirish, о‘simliklarni о‘sish va rivojlanishini 
tezlashtirish, hosilni hamda о‘simliklarni kasalliklarga chidamligini 
oshirish usullari yо‘lga qо‘yilgan. Gen injeneriyasi usullari qо‘llanib 


24 
kо‘sak qurtiga chidamli g‘о‘za va kolarado qо‘ng‘iziga chidamli 
kartoshka navi yetishtirilgan. Biologiya fanining yangi sohasi kosmik 
biologiya hozirgi vaqtda vujudga kelgan. Undan koinotdagi hayotning 
shakllari, tarqalishi va uning xususiyatlari qanday, о‘zga sayyoralarda 
hayot nishonalari bor yoki yо‘qligi haqidagi olamshumul savollarga 
javob kutilmoqda. Biologiya fani erishgan yutuqlarini ishlab chiqarishga 
joriy qilingan sari odamlar uchun biologik ta’lim professional 
tayyorgarlik elementi bо‘lib qoladi. Umumiy texnika taraqqiyoti bilan 
birga ularning ixtisoslariga bо‘lgan talablari ham oshmoqda. Ular 
agronomiya va zootexnika bilimlarini egallash g‘oyat zarurligini 
sezmoqdalar va egallamoqdalar. 
Shundan kо‘rinib turibdiki, о‘rta maktabda biologiya ta’limi 
politexnik xarakterga ega bо‘lmog‘i va u yosh avlodning ijtimoiy 
foydali hamda unumli mehnatdagi ishtiroki bilan bog‘lanishi lozim. Bu 
aloqa fermer xо‘jaliklarida, kо‘kalamzorlashtirishda, yangi foydali 
qazilmalarni, о‘simliklarni qidirib topishda, dorivor о‘simliklar 
tо‘plashda va boshqa ijtimoiy foydali ishlarda amalga oshiriladi. Bu 
nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq 
xо‘jaligi bilan bog‘liq maktab о‘quvchilariga kasb tanlashlariga imkon 
beradi. Biologiyani о‘rganish mehnatga muhabbat va hurmatni, 
mehnatni insoniyatning barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining 
manbai sifatida e’tirof etishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar 
beradi.
Maktabda biologiya kursini о‘rganishni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilganda 
u maktabni tamomlab chiqqandan keyin ham mustaqil ravishda 
ma’lumot olish yо‘li bilan bilimlarni tinmay yangilab borish ehtiyojini 
tug‘diradi va rivojlantiradi. 
Hozirgi zamon kishisi hayotining tirik tabiat tо‘g‘risidagi ilmiy 
bilimlarsiz tasavvur etib bо‘lmaydi, chunki uning hayoti о‘simliklar va 
hayvonot olami bilan butkul bog‘langan. Lekin о‘simliklar – Yerda 
organik xom ashyo va energiya olish manbaidir. Hayvonot dunyosi о‘z 
navbatida turli xil oziq-ovqat va sanoat xom ashyosining manbai bо‘lib 
xizmat qiladi. Tabiiy boyliklardan mohirona foydalanish va ularni 
kо‘paytirish xalq va davlat farovonligini yuqoriga kо‘tarish uchun 


25 
xizmat qiladi. Tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilgan biologik ta’lim, ilmiy 
dunyoqarashni tarbiyalashga imkon beradi. О‘quvchilar, biologik ta’lim 
olaturib, tabiat faktlari va hodisalarini о‘zaro bog‘lanishda, harakat, 
о‘zgarish va rivojlanish holatida tushunishga о‘rganadilar. 
Biologik ta’lim kо‘p jihatdan yosh avlodni estetik tarbiyalashga 
yordam beradi. Ajoyib manzara yosh ruhning rivojlanishiga shu qadar 
ulkan darajada tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatadiki, pedagogning ta’siri u bilan 
tenglasha olmaydi. Biologiyani о‘rganishda estetik tarbiyaga barcha 
о‘quv tarbiya jarayonining uzviy qismi sifatida qaraladi. Ilmiy idrok 
qilish estetik qabul qilish va hissiyotlarni о‘z ichiga oladi. 
Biologik ta’lim insonning qalbi va aqliga ijobiy ta’sir qilish uchun 
hamma imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq 
tanishayotgan kishiga juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari 
bilan estetik tarbiya berish yosh avlodning umumiy estetik tarbiyasiga 
kо‘maklashadi. 
Tabiatni sevish katta va murakkab tuyg‘udir. U yuksak qalb va aql 
doiralarini qamrab oladi va odamning ongli ma’naviy hayotining asosiy 
tomonini tashkil etadi. Bu tuyg‘u kо‘p jihatdan vatanparvarlik hislariga 
mos keladi. Jonajon tabiatga bо‘lgan muhabbat bilan birga yosh avlodga 
jonajon о‘lkaga, jonajon mamlakatga qо‘yilgan mehr о‘sadi. U bevosita 
bolalikda, maktab yillarida tug‘iladi. Ulg‘ayish va yetuklik mehru 
muhabbatni his etib olishga olib keladi va uni mustahkamlaydi. 
Biologik ta’lim butun yosh avlodni tabiatga tо‘g‘ri munosabatda 
bо‘lishga olib keladi, unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, 
tabiatning chiroyini idrok etishdan tashqari uni muhofaza qilish, asrash, 
tabiat boyliklarini о‘z qо‘llari bilan yaratish va kо‘paytirishga о‘rgatadi.

Download 1,48 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish