10
o‘zida ifoda qiladi. Shu bilan bir
qatorda ilmiy izlanishlar
metodologiyasini, usullarini ham yaratadi. Biologiya o‘qitish metodikasi
o‘quv fani talabalarni nazariy va amaliy jihatidan tayyorlash jarayonida
faqat maktab biologiya kursining tuzilishini bayon etish cheklanmay,
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb – hunar
muassasalarida biologiya
bo‘yicha o‘qitishning tashkil etishni o‘ziga xos tomonlari bilan ham
tanishtiradi, biologiya o‘qitish
usullari, vositalarni qo‘llash bo‘yicha
ko‘nikma malakalarni shakllantirishga hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishi
lozim bo‘lgan minimal bilimlar o’quv qo’llanmasini talabalar tomonidan
o‘zlashtirishga imkon beradi. Shu bilan birgalikda zamonaviy
pedagogik, axborot texnologiyalarni qo‘llash, biologiya o‘qitishda
innovatsion yondashish ko‘nikmalarini hosil qiladi.