Biologiya o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

Biologiya o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi 
Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lgan 
didaktika bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o‘quvchilar 
tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirish qonunlarni 
o‘rgansa va u maktabdagi barcha o‘quv fanlari uchun o‘qitish 
nazariyalarni va prinsiplarini ishlab chiqsa, biologiya o‘qitish metodikasi 
biologiya bilan bog‘liq o‘qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari, va 
metodlari hamda vositalari bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni
ishlab chiqadi.
Biologiya o‘qitish metodikasi psixologiya bilan uzviy aloqadadir. 
Chunki, biologiyani o‘qitish o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos 
bo‘lgan taqdirdagina samara beradi. Masalan o‘smirlarda ya’ni V-VI 
sinf o‘quvchilarida diqqat beqaror bo‘lgani sababli biologiya 
o‘qituvchisi dars jarayonida bir necha metodlardan foydalanib, 
o‘quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, hamda ularning tafakkurini 
e’tiborga olib, ko‘rgazmali vositalardan ko‘proq foydalanadi. Yuqori 
sinflarda esa o‘quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda abstrakt 
tafakkur rivojlangani uchun darslar ko‘proq ma’ruza shaklida 
o‘tkazilishi va bir, ikki metoddan foydalanish kifoya qiladi. 
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. 
U biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam 
anatomiyasi va fiziologiyasi, biokimyo, embriologiya, sistematika, 
ekologiya, evolyutsion ta’limot, antropologiya, molekulyar biologiya 
fan asoslarini o‘zida ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki 
tuzilishini hayot faoliyatini tashqi muhit bilan aloqasini to‘g‘ri
tushuntirish o‘simlik, zamburug‘, hayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, 
ulardan mikro va makro preparatlar tayyorlash, ular ustida kuzatish
tajribalar olib borish, o‘qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy 



tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o‘quv fani bilan 
biologiya fani orasida muhim tafovutlar borligini o‘qituvchi yaxshi 
bilishi kerak. Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o‘lik tabiat 
to‘g‘risida tadqiqot o‘tkazishi oraliq yangi bilimlarni hosil qilish bo‘lsa, 
maktab biologiya o‘quv fanining maqsadi, o‘quvchilarning yoshiga mos 
ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, 
nazariyalar berishdan, bilimlar va uni tushuntirishdan iborat. Maktab 
biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o‘quvchilar uchun zarur 
asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga maktab biologiya 
kursi “kichik fan” emas, balki o‘quvchilarning rivojlanishi va 
tarbiyasiga ko‘mak beruvchi biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi 
sanaladi. 

Download 1,48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biologiya o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish