Mustahkamlash uchun savollar




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Biologiya o‘qitish metodikasining asosiy maqsadi va vazifalari 
nimalardan iborat? 
2. Biologiya o‘qitish metodikasining o‘quv fani bilan fan orasida 
qanday tafovutlar mavjud? 
3. Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida nimalarni o‘rgatadi? 
4. Biologiya o‘qitish metodikasi o‘quv fani sifatida qanday
vazifani bajaradi? 
5. Biologiya o‘qitish metodikasi bilan pedagogika fani o‘rtasida 
qanday bog‘lanishlar bor? 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
2-§. BIOLOGIYA О‘QITISH METODIKASINING 
RIVOJLANISH TARIXI 
Tabiiyotshunoslik maktablarda о‘quv fani sifatida XVIII asr 
oxirida kiritilgan. Bu sohada dastlabki darslikni V.F.Zuev yozgan. 
Uning darsligi “Anorganik tabiat”, “О‘simliklar dunyosi”, “Hayvonlar 
dunyosi” kabi bо‘limlardan tashkil topgan. Birinchi bо‘lim tuproq, 
toshlar, tuzlar, yonilg‘i moddalar, toshga aylangan organizmlar 
haqidadir. О‘simliklar dunyosi bо‘limida esa о‘simliklarning hujayraviy 
tuzilishi, har xil о‘simliklarning tasnifiga oid bilimlar berilgan. 
Zoologiya bо‘limida ayrim hayvonlarning tashqi qiyofasi, hayot 
kechirishi hikoya qilinadi.
V.F.Zuev 
darsligida о‘simliklar, hayvonlar morfologiyasi, 
sistemasidan tashqari ekologiyaga oid ma’lumotlar bor. Darslikda
tabiiy, tasviriy kо‘rgazmali qurollardan foydalanish haqida ham fikr 
bildirilgan.
XIX asrda nashr qilingan A.SH.Teryayev botanika darsligi
sistematika fanining asoschisi Karl Linneyning “Botanika falsafasi” 
asaridan tо‘liq kо‘chirilganligi sababli о‘quvchilar uchun tushunarli 
bо‘lmadi. 
Rossiyada 1828-1852 yillar mobaynida xalq ta’limi sohasida 
islohot о‘tkazilib tabiiyotshunoslik о‘quv fani maktab rejasidan olib 
tashlandi. 
Lekin keyinchalik 1853-yildan boshlab maktablarda qayta “Tabiat 
haqida umumiy tushuncha”, “Zoologiya”, “Botanika”, “Mineralogiya”,
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” kabi fanlar о‘qitila boshlandi. 
Mazkur о‘quv fanlar bо‘yicha yozilgan darsliklar hajmi nihoyatda katta 
bо‘lib, undagi о‘quv materiallar juda murakkab bо‘lgani sababli 
о‘quvchilarda hech qanday qiziqish uyg‘otmadi. Faqat V.I.Dal 
tomonidan yozilgan botanika darsligi ekologiya va tabiatni muhofaza 
qilish bо‘yicha boy ma’lumotga ega bо‘lgani uchun u tushunarli bо‘lib 
о‘quvchilarda shu fanga nisbatan qiziqish uyg‘ota oldi. 
Tabiiyotshunoslikni maktablarda о‘qitilishi va uning metodikasi. 
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib CH.Darvinning organik olam 


12 
evolyutsiyasi tо‘g‘risidagi ta’limoti e’lon qilingandan keyin olimlardan 
A.N.Beketov, K.A.Timiryazev maktab tabiiyotshunoslik о‘quv fanini 
asosiy vazifasi о‘quvchilarning mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va 
tarbiyalashdan 
iborat ekanligini e’tirof etdilar. A.N.Beketov 
о‘quvchilarning mustaqil ravishda mantiqiy tafakkurini rivojlanishida 
tabiiyotshunoslik muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd qiladi. U 
tabiiyotshunoslikni о‘qitishda kо‘rgazmali qurollardan keng foydalanish, 
tajribalar olib borish nihoyatda muhim ekanligini ta’kidlaydi. 
A.N.Beketovning о‘qitish sohasidagi fikrlari kо‘p jihatdan nemis 
tabiiyotshunos 
pedagogi 
Avgust 
Lyuben 
qarashlarini 
eslatadi. 
Tabiiyotshunoslikga bag‘ishlangan uning darsligida bu fanning 
tarbiyaviy ahamiyati, xususan, о‘quvchilar olib boradigan mustaqil 
ishlarda, ekskursiyalarda ularni tadqiqot ishlar о‘tkazish kо‘nikmalarini 
hosil etish lozimligi ta’kidlanadi. A.Lyuben metodi bо‘yicha о‘quvchilar 
avvalo organik olamning alohida vakillari bilan mahalliy obyektlar 
misolida tanishishlari kerak. Bunda iloji boricha tabiiy о‘simliklar, 
hayvonlar bilan boshqa holatlarda esa ularning yaxshi ishlangan 
tasvirlari bilan mashg‘ulot olib borish lozimligi uqtiriladi. О‘quvchilar 
о‘qituvchi taklif etgan reja asosida mustaqil о‘quv materiallarini 
о‘rganishlari bunda oddiydan murakkab, ma’lumdan noma’lum tomon 
yо‘nalish ya’ni induktiv metod asosiy о‘rin egallashi kerak. Biroq 
maktablarda kо‘rgazmali vositalarning kamligi A.Lyubenning ilg‘or 
metodik kо‘rsatmalarini joriy etishga tо‘sqinlik qildi. 
Bundan tashqari A.Lyuben darsligida diqqat e’tibor faqat 
о‘simliklar morfologiyasi va sistematikasiga qaratilganligi tabiiyki 
pedagogik jamoatchilikni qanoatlantirmas edi. Bu esa о‘z navbatida 
tabiiyotshunoslikning mazmuniga mos bо‘lgan yangi pedagogik 
muammolarni hal etish zarurligini kо‘rsatardi. 
Tabiiyotshunos pedagog A.Y.Gerdning faoliyati ana shu 
muammolarni hal etishga qaratildi. A.Y.Gerd fikricha Lyuben 
tabiiyotshunoslikning eng katta kamchiligi uning mazmunini zamon 
talablariga 
mos 
emasligidir. 
A.Y.Gerd 
XIX 
asrning 
tabiiyotshunoslikning yirik metodisti sanaladi. Uning qayd etishicha 
maktab 
tabiiyotshunoslikning 
asosiy 
maqsadi 
о‘quvchilarga 


13 
rivojlantiruvchi bilim berishdan hamda bilim olishdagi ularning 
mustaqilligini taraqqiy ettirishdan iboratdir. 
A.Y.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish, 
ekskursiyalar о‘tkazish, amaliy mashg‘ulotlar olib borish muhim о‘rin 
tutadi. Olimning qayd etishicha, tabiiyotshunoslikni о‘qitishdan 
kо‘zlangan vazifa organizmlarning xilma-xilligi bilan tanishtirish, 
ularning hayoti yorug‘lik, harorat, namlik, havo va va boshqa 
organizmlarga bog‘liqligini tushuntirish, tabiatdagi sabab bilan 
oqibatning о‘zaro bog‘liqligini idrok etishdan iborat bо‘lmog‘i kerak. 
A.Y.Gerd Darvin tomonidan asoslangan evolyutsion nazariya ta’sirida 
bо‘lgan va о‘z darsliklariga evolyutsion prinsipini joriy etgan. U maktab 
tabiiyotshunoslik kursi: “Anorganik dunyo”, “О‘simliklar dunyosi”, 
“Hayvonot dunyosi”, “Odam”, “Yer tarixi” kabi о‘quv fanlaridan 
tuzilgan bо‘lishi kerak deb ta’kidlaydi. A.Y.Gerd faoliyati tufayli 
tabiiyotshunoslikni о‘qitish metodikasi pedagogika fanining alohida 
ilmiy shoxobchasi sifatida e’tirof etila boshlandi. 
XX asrda biologiya о‘qitish metodikasining holati. XX asrdagi 
biologiya о‘qitish metodikasiga V.V.Polovstov katta hissa qо‘shdi. U 
1907-yili “Tabiiyotshunoslikning umumiy metodika asoslari” kitobini 
nashr qilib, unda metodikaga oid bilimlar sistemasini yoritdi. Polovstov 
darslikka kiritilgan о‘quv material mazmuni birinchidan shakl bilan 
funksiyaning birligiga, ikkinchidan о‘simlik va hayvonlar hayoti 
ularning yashayotgan muhiti bilan bog‘liq holda о‘rganishiga, 
uchinchidan 
boy biologik ma’lumot beradigan organizmlarni 
о‘rganishga asoslanishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda olim 
amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar nihoyatda muhim ahamiyatga ega 
ekanligini kо‘rsatib о‘tadi. V.V.Polovstov birinchi marotaba fan bilan 
о‘quv fani orasidagi о‘xshashlik va tafovutni ochib beradi va bu sohada 
tadqiqot ishlar olib borish lozimligini ta’kidlaydi. Tabiiyotshunoslik 
metodikasi tarixida V.V.Polovstov ekologik bilimlarni targ‘ib qilgan 
olim sifatida yuqori baholanadi.
1917-yildan boshlab tabiiyotshunoslik fani biologiya fani deb atala 
boshlandi. Bu davrda Moskva va Peterburg metodistlari biologiya 
о‘qitish saviyasini oshirish, uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatini ochib 


14 
berishga harakat qildilar. 1920-1930 yillar mobaynida biologiya 
о‘qitishning asosiy muammosi bо‘lib nazariya va amaliyotning birligini 
joriy etish hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun bilimlar va 
kо‘nikmalar ya’ni о‘quv materiali о‘quv fanlarga taqsimlanmay, balki 
yil fasllarini e’tiborga olib dolzarb mavzularga, masalan “Tabiat”, 
“Qishloq bilan shaharning bog‘liqligi”, “Yerdagi hayot va hayotiy 
jarayonlarning 
fizik-ximik 
asoslari”, “Ekish va о‘simliklarni 
parvarishlash” kabi mavzularga taqsimlangan edi. Bunday kompleks 
dasturlar tabiiy ravishda о‘quvchilarga sistemali bilim bera olmas edi, 
shunga kо‘ra о‘quv materialini laboratoriya metodi asosida о‘rganish 
targ‘ib qilina boshlandi. Natijada о‘quvchilar sinf darslari о‘rniga 
tabiatni kuzatish, tajriba о‘tkazish bilan shug‘ullana boshladilar. 
Laboratoriya metodi о‘quv dasturining asosiy maqsadi mehnat, tabiat va 
jamiyat kompleksni о‘rganishdan iborat bо‘lgan. Bu kompleks о‘quv 
dasturlari maktablarda о‘qiladigan о‘quv fanlari orasidagi tо‘siqni 
bartaraf qilishga qaratilgan edi. Lekin bunday kompleks о‘quv dasturlari 
о‘quvchilarga sistemali bilimlar bera olmasligi tezda ma’lum bо‘lib oldi. 
Shuning uchun 1931-yildan boshlab hukumat qarori bilan boshlang‘ich 
va о‘rta maktab isloh qilindi va ta’lim berishning asosiy tashkiliy shakli 
dars bо‘lishi lozimligi uqtirildi. Shu paytdan boshlab maktablarda 
botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, darvinizm о‘quv 
fanlari maktab rejasiga kiritildi va ana shu о‘quv fanlar bо‘yicha о‘quv 
dasturlari va darsliklari yaratildi, hamda maktab hayotiga joriy etildi. 
Biroq 1964-yilga qadar maktab darsliklaridagi bilimlar biologiya 
fanining 1930-1940 yillaridagi rivojlanish holatini yoritib keldi. 
Vaholanki didaktikaning ilmiylik prinsipiga kо‘ra maktab о‘quv fanlari 
о‘z mazmuniga kо‘ra fanning keyingi yutuqlarini о‘zida ifoda qilishi 
lozim edi. Rossiya va О‘zbekistonda chiqarilgan biologiya 
darsliklarining biologiya fani yutuqlaridan orqada qolganligiga asosiy 
sabab shuki 1935-1965 yillar mobaynida biologiya fanida qat’iy 
g‘oyaviy kurash davom etdi. Akademik T.D.Lisenko boshliq bir guruh 
olimlar chet mamlakatlarda qо‘lga kiritilgan fan yutuqlarini tan 
olmadilar va ularni burjua olimlarining kashfiyotlari, ular g‘oyaviy 
jihatdan bizning dunyoqarashlarimizga zid degan bahona bilan biologiya 


15 
fanining sо‘nggi yutuqlarini darslik sahifalaridan о‘rin olishiga tо‘sinlik 
qildilar. Faqat 1964-yil oktyabr oyida akademik Lisenko shaxsiyatga 
sig‘inish barbod bо‘lganidan keyin maktabdagi barcha biologik dastur 
va botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, umumiy 
biologiya darsliklari mazmuniga genetika, ekologiya, sitologiya, 
bioximiya, molekulyar biologiya va shu kabi fanlarning sо‘nggi 
yutuqlari kiritildi. Yangi darslik bilan birga ularning о‘qitish 
metodikasiga oid qо‘llanmalar ham nashr qilindi. 

Download 1,48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish