Mustahkamlash uchun savollar:
1. Biologik ta’limning vazifasiga nimalar kiradi?
2. Nima uchun umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologik
bilimlar beriladi?
3. Biologik bilimni, biologik bilim berishning asosiy shakllari?
4. Biologik ta’limning tabiatni, atrof-muhitni tushunishdagi roli?
26
4-§. SHARQ UYG‘ONISH DAVRIDA TA’LIM VA TARBIYA
MASALALARI
VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan
beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa aniq fanlarga qiziqishlar keskin orta
boshladi. О‘sha tarixiy davrda al-Xorazmiy, Farobiy, Farg‘oniy,
Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar dunyoga keldi. Ular ta’sirida dunyoviy
ilmlar rivojlandi. О‘sha ulug‘ mutafakkirlar inson madaniy-ma’rifiy
qarashlarini о‘stirishda о‘z davrida va keyinchalik ham asosiy rol
о‘ynaydilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratadilar. Bu
davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. X asr о‘rtalariga kelib, fors-tojik
tilida ham ish yuritila boshlandi. Bu davrda Buxoroda kitob dо‘konlarida
bо‘lib, unda yirik olimlar va fozil kishilar uchrashib, ilm-fan tо‘g‘risida
turli xil bahslar yuritish shart edi. Abu Ali Ibn Sino kitob dо‘kondaridan
birida Farobiyning Aristotel “Metafizika” siga yozgan sharqlarini sotib
olganligi fikrimizning yorqin isbotidir.
XII asrda Xorazmda ilm-fan ayniqsa rivojlandi. Xorazm shohi
Ma’mun о‘z saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil
etgan “Baytul hakim”, “Donishmandlar uyi” da qomusiy olimlar
Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr ibn Iroq kabi olimlar ijod bilan
shug‘ullandilar. Bu keyinchalik “Ma’mun” akademiyasi nomi bilan
dunyoga mashhur bо‘lgan.
Sharq “Uyg‘onish davri” da ilm-fan rivojlanishi uch yо‘nalishda
bо‘ldi.
Birinchi yо‘nalish matematika-tibbiyot yо‘nalishi bо‘lib, bularga
matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, mineralogiya, tibbiyot,
dorishunoslik kabi fanlar kiritilib, al-Xorazmiy, Ahmad Farobiylar
matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy, Kimyo va tibbiyotga oid ibn Sino
tibbiyot va falsafa, Beruniy tibbiyotga oid, Jurjoniy tibbiyot va falsafaga
oid yirik asarlar yaratdilar.
Ikkinchi yо‘nalish ijtimoiy-falsafiy yо‘nalish bо‘lib, bunda falsafa,
tarix, manti, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bо‘lib, bu sohada
Farobiy, al-Kixdiy, Ibn Sino, Muhammad Narshahiy kabilar faoliyat
kо‘rsatgan. Yuqorida aytib о‘tilgan olimlar qomusiy olimlardir.
27
Uchinchi yо‘nalish ta’limiy-axloqiy yо‘nalish bо‘lib, bu sohada
qomusiy olimlar о‘z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlari
tarkibida yoki axloqiy asarlarida bayon etganlar. Sharq uyg‘onish
davrida inson muammosi ma’naviy sohasidagi asosiy masala bо‘lgan.
Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalasiga katta e’tibor berilgan,
yaratilgan asarlarda sharqqa xos bо‘lgan insonning axloqiy-ruhiy
kamolotini ulug‘lash yetakchi о‘rin tutgan. Mazkur ta’limiy- axloqiy
asarlarda insonning ma’naviy kamolga yetishi yuksak xulq-odob, ilm-
fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin degan g‘oya ilgari
surildi. Ilmiy bilimga asoslanuvchi metod shakllandi, natijada aqliy
tarbiya olimlar e’tiborida bо‘ldi. Xorazmiy, Farobiylar bu metodni
asoslab berishgan buyuk mutafakkirlar edi. Tabiat va unga bog‘liq
ta’lim-tarbiyani rivojlantirish bо‘yicha Farobiy, Beruniy, Ibn
Sinolarning qarashlari alohida ahamiyatga ega. Bular haqida qisqacha
tо‘xtalib о‘tamiz.
Abu Nasr Farobiy – о‘rta asrda sharqning mashhur mutafakkiri,
qadimgi Yunon falsafasining sharqdagi eng yirik davomchisi va
targ‘ibotchisidir. Farobiy qadimgi Yunon ilmining chuqur bilimdoni
bо‘lgan, uning sharqda tarqalishi va rivojiga katta hissa qо‘shgani tufayli
uni “Sharq Aristoteli”, “Muallimi Soniy”, “Ikkinchi muallim” (birinchi
muallim Aristotel) deb ataydilar.
Farobiy ta’lim – tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim
tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-
tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. “Fozil odamlar shahri”,
“Baxt-saodatga erishuv tо‘g‘risida”, “Al maxnolari” kabi asarlarida
ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari о‘z ifodasini topgan.
Farobiy “Baxt-saodatga erishuv tо‘g‘risida” asarida bilimlarni
о‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan uning ta’kidlanishicha, avval
bо‘lishi zarur bо‘lgan ilm о‘rganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmdir.
Uni о‘rgangach, tabiiy bilimlarni, tabiiy jismlarni tuzilishi, shaklini,
osmon haqidagi bilimlarni о‘rganish lozim. Undan sо‘ng, umuman, jonli
tabiat о‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm о‘rganiladi deydi.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi.
Ta’lim degan sо‘z insonga о‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim
28
berish; tarbiya-nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur
bо‘lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini о‘rgatishdir, deydi olim.
Farobiy о‘z asarlarida axloqiy fazilatlarga tо‘xtalib о‘z fikrlarini
bayon etadi. Axloqiy fazilatlar deganda bilimdonlik, donolik va
mulohazali bо‘lish, vijdonlilik, kamtarlik, kо‘pchilik ma’rifatini yuqori
qо‘yish, hayot, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlarni
tushundi. Ammo bu xislatlarning eng muhimi har bir insonning bilimli,
ma’rifatli bо‘lishidir. Shuning uchun Farobiy axloq tushunchasiga qalb
bilan uzviy bog‘liq holatda tafakkurga asoslangan axloq asosida qaraydi.
Farobiyning ta’lim-tarbiya yо‘llari, usullari, vositalari haqidagi
qarashlari ham qimmatlidir. U insonda gо‘zal fazilatlar ikki yо‘l – ta’lim
va tarbiya yо‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarni
birlashtirsa, tarbiya nazariy va amaliy fazilatlarni birlashtiradi, deydi.
Har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bо‘ladi. Farobiy ta’limda
barcha fanlarni nazariy asoslari о‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy axloqiy
qoidalar, odob me’yorlari о‘rganiladi. Kasb – hunarga oid malakalar
hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Farobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur
etish metodlarini ilgari surgan. Har ikki usul ham insonni har tomonlama
kamol tamoyilga yetkazish maqsadini kо‘zlaydi. Farobiyning ta’lim-
tarbiya haqidagi qarashlari hozircha о‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Abu Rayhon Beruniy – jahon fanining taraqqiyotiga g‘oyat ulkan hissa
qо‘shgan zо‘r iste’dod egasi va tadqiqotchi edi. Uning о‘lmas ilmiy
asarlari jahon fani taraqqiyotida benihoya yuksak ahamiyatga molikdir.
Beruniyning yirik asarlariga “Mineralogiya”, “Hindiston”, “Geodeziya”,
“О‘tmish yodgorliklari”, “Skaydana” kabilarni olish mumkin. Beruniy
har bir yaratgan asarining kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni
toliqtirmaydigan bо‘lishiga e’tibor beradi. Beruniy yozadi: “Bizning
maqsadimiz о‘quvchini toliqtirib qо‘ymaslikdir. Hadeb bir narsani
о‘qish zerikarli bо‘ladi. Agar о‘quvchi bir masaladan boshqa bir
masalaga о‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘-rog‘larda sayr qilgandek
bо‘ladi, bir bog‘dan о‘tar-о‘tmas, boshqa bog‘ boshlanadi. Keyin uning
hammani kо‘rish va tomosha qilgisi keladi”. Beruniyning ilmiy
|