O’zbekiston Respublikasi Xalq




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/118
Sana22.01.2024
Hajmi1,48 Mb.
#143313
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118
Bog'liq
Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

maktubi”, “Aholi jо‘g‘rofiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha 
jо‘g‘rofiyasi”, “Amaliyot islomi”, “Islomning qisqacha tarixi” va 
boshqalar. 
Behbudiyning 
yangi 
maktablar 
uchun 
yozgan 
asarlari 
maktablarning islohotida katta hodisa bо‘ldi. Ayni davrda bu darsliklar 
nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan keng qо‘llaniladi. Behbudiy 
Turkistonning kelajagi uchun yangi kadrlarida, mutaxassislarida va 
о‘qimishli yoshlarida deb biladi. Shuning uchun har bir yozgan 
muomalasida yangi taraqqiyotga javob beradigan kadr tarbiyalab 
yetishtirish masalasini qо‘yardi.
Munavvar qori Abdurashidhon о‘g‘li XX asrning birinchi 
choragida faqat Turkistondagina emas, Rossiya musulmoni ziyolilari 
orasida ham mashhur edi. Jamoatchilik uni yangi usul maktablari 
asoschisi, mohir muallim, darslik va о‘quv kitoblari muallifi, jamoat 
arbobi sifatida hurmat qilib tilga olardi. 


35 
Munavvar qori Toshkentda “Usuli savtiya” maktabini ochadi. U 
maktabni avval о‘z hovlisida, keyin boshqa joylarda ochishga harakat 
qilardi. U maktabni isloh qilmay turib, odamlarning ongida о‘zgarish 
yasab bо‘lmasligini yaxshi tushunib etgan edi.
Munavvar qori yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm fanni 
о‘rganishni targ‘ib qiladi. U 1916-yili Toshkentda yig‘ilishda nutq 
sо‘zlab shunday deydi: “O‘zbek ziyoli bolalarining Germaniyaga borib 
о‘qitishga juda muhtojmiz, bolalar о‘qib, ilm tahsil olib kelsalar, 
millatga katta xizmat qila oladilar”. Munavvar qori fors, arab, rus, turk 
tillarini mukammal bilgan. Munavvar qori 1917-yil may oyida 
taraqqiyparvar musulmon yoshlari va ruhoniylar ishtirokida о‘tgan 
qurultoyda “Shо‘roi islomiya” jamiyati raisini muovini etib saylanadi. 
Natijada ilg‘or fikrli kishilar uning atrofida tо‘plana boshlaydi.
U 1918-yil may oyida Toshkent shahrida “Turk о‘chog‘i” ilmiy 
madaniy jamiyati tuzadi. U insonning ma’rifatli bо‘lib, kо‘zi 
ochilmaguncha na о‘zini, na xalqining erkini muhofaza qila olishini, bu 
iymonsiz ekanini mutafakkirona noziklik bilan о‘z asarlarida ifoda etadi.
Abdulla Avloniy 1907-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, 
keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. 
Xadrada “Maktab kutubxonasi” nomli kitob dо‘koni ochdi. Avloniyning 
maktabi о‘z oldiga qо‘ygan maqsad va vazifalariga mashg‘ulotlarni sinf-
dars tizimi asosida о‘z ona tilida olib borilishi bilan eski usul 
maktablaridan farq qilar edi. U о‘z maktabida bolalarga tabiat, 
geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob kabi fanlardan ma’lumotlar berar 
edi. Ayniqsa о‘quvchilarni tabiat fanlari о‘simliklar, hayvonlarning 
xilma-xilligi ularni parvarish qilish usullari haqida ma’lumotlar berilishi 
juda qiziqtirgan. A.Avloniy maktablarda tabiiy fanlar ham о‘z rivojini 
topgan. 
A.Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun tо‘rt qismdan iborat 
“Adabiyot yoxud milliy she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston 
yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darslik va 
о‘qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida dunyo xalqlari asarlarini ulug‘lab, 
о‘z xalqini dunyoviy ilmlarni egallashga, madaniyatli va ma’rifatli 
bо‘lishga chaqiradi. 


36 
A.Avloniyning pedagogika oid asarlari ichida “Turkiy guliston 
yoxud axloq” asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlash taraqqiyotini 
о‘rganish sohasida katta ahamiyatga egadir. Bu asar axloqiy va ta’limiy 
tarbiyaviy asardir. О‘zbek pedagogikasi tarixida A.Avloniy birinchi 
marta pedagogikaga ta’rif berib “Pedagogika bola tarbiyasining fani 
demakdir” deydi. Avloniy bola tarbiyasining nisbiy ravishda quyidagi 
tо‘rt bо‘limga ajratadi.
1. Tarbiyaning zamoni 
2. Badan tarbiyasi. 
3. Fikr tarbiyasi. 
4. Axloq tarbiyasi. 
Avloniy tarbiya doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina 
axloq bilan chegaralab qо‘ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog‘ligi 
haqida g‘amxо‘rlik qilish lozimligini uqtiradi. 
Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm ma’rifatga 
ega bо‘lishi uchun badanni tarbiya qilish zarur. “Badanning salomat va 
quvvatli bо‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki о‘qitmoq, 
о‘rganmoq va о‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz organizm 
lozimdir”. 
Bolalarda fikrlash qobiliyatini о‘stirish va bu tarbiya bilan 
muntazam shug‘ullanishi benihoyat zarur va muqaddas bir vazifa. 
Binobarin, u muallimlarning “Diatlariga suyangan, vijdonlariga 
yuklangan muqaddas bir vazifadir. Negaki fikrning quvvati, ziynati, 
kengligi, muallimning tarbiyasiga bog‘liqdir”. 
A.Avloniy ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini tushunardi. 
Shuning uchun yoshlarni ilm sirlarini bо‘lishga, ayniqsa tabiiy fanlarni 
bо‘lishga chaqiradi. Chunki bu fanlar tabiatda bо‘lgan hodisalarni 
mohiyatini yechishga imkon beradi. Yoshlarni kitob mutolaa qilishga 
chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, 
xalq farovonligi yо‘lida qо‘llanmasa, u о‘likdir. A.Avloniy о‘z ilmini 
amalda qо‘llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono 
insonlar, deb biladi.
Abdurauf Fitrat XX asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat 
farovonligi uchun kurashgan jadidchilik harakati namoyondalaridan biri, 


37 
u yirik olim, davlat va siyosat arbobi, mohir pedagog va buyuk 
ma’rifatparvardir. Fitrat о‘zbek olimlari ichida birinchi bо‘lib, о‘sha 
davrda professor unvoniga ega bо‘lgan olimdir. Fitrat о‘z asarlarida 
ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif ishlari, bilim berish 
usullarini va vositalari haqida, ma’rifatli insonlarni tarbiyalash yо‘llari 
haqida tо‘xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni о‘rganishga da’vat etgan. 
U mamlakatni rivojlanishi uchun chet ellar fani, madaniyatidan xabardor 
bо‘lishi lozim deb bilardi. U xalq maorifi noziri bо‘lgan davrda 
talabalarni Germaniya, Turkiyaga u yerdagi ilg‘or Yevropa ilm-fan, 
tabobat, texnika sirlarini о‘rganish uchun yuborish tashabbuskorlaridan 
biri bо‘ldi. Fitrat insonning kamolotga yetishish uchun badan tarbiya 
muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib, insonning butun a’zosi salomat 
va quvvatga ega bо‘lmasa, unday inson uzoq yashamasligini qayd qiladi. 
Bolalarning ilm olishi bilan birga ularning badan tarbiyasiga ahamiyat 
berilishi lozim. Fitrat bolalarning sog‘lom bо‘lib, kamol topishi haqida 
gapirar ekan, ularni yoshligidan sof havodan bahramand qilishni tavsiya 
etadi. Fitratning axloqiy tarbiya haqidagi fikrlari ham muhim 
ahamiyatga ega. Fitratning uqtirishicha, bolalar suvga о‘xshaydilar. Suv 
qaysi rangdagi idishda bо‘lsa, о‘sha rangda tovlangan kabi bolalar ham 
qanday muhitda bо‘lsalar, о‘sha muhitning har qanday axloq va odatni 
qabul qiladilar. Madaniyatli millat bо‘lish uchun bolalarning axloq 
tarbiyasiga katta ahamiyat berish kerakligi qayd etadi. Fitrat axloqiy 
tarbiyada, avvalo, ota-ona va muallimlarning о‘zlari gо‘zal axloqli 
bо‘lishlari zarurligini aytadi. Fitrat vatanning ravnaq topishi uchun 
dunyoviy ilmlarni egallashga da’vat etadi. 

Download 1,48 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish