52
5- sinfda 34 soat, 6- sinfda 68 soat hajmda о‘quvchilarga botanik
bilimlarni berish kо‘zda tutilgan. Maktablarda qо‘llanilayotgan 5- sinf
botanika darsligi 95 sahifadan iborat bо‘lib, 64
rangli rasmlar bilan
bezatilgan. U 6 bobdan, 34 paragrafdan tashkil topgan. Darslik
muqaddimasida asosiy e’tibor botanika sо‘zining lug‘aviy ma’nosi,
mazkur fanning shoxobchalari, Yer yuzidagi va О‘zbekistondagi
о‘simlik
turlarini soni, ularning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati
haqida ma’lumotlar yoritilgan. Shundan keyin о‘quvchilar о‘simlik
hujayrasi, ildiz, poya, barg, о‘simlikning vegetativ kо‘payishi haqida
ma’lumot oladilar. Darslik sо‘ngida gerbariy
tayyorlash va darslikka
kirgan о‘simliklar rо‘yxati ilova tarzida keltirilgan. Har bir paragrafida
tayanch tushunchalar, paragraflar sо‘ngida
savollar, ayrim hollarda test
topshiriqlar, qо‘shimcha ma’lumotlar keltirilgan.
Umuman olganda 5- sinf botanika darsligiga ijobiy baho berish
mumkin. Ayniqsa uning dizayni juda yuqori.
Shu bilan birgalikda
darslikning yaratishda ayrim kamchiliklar ham uchraydi:
Yuqorida qayd qilingandek darsliklar ta’lim standarti, о‘quv
dasturi talablari asosida yozilishi kerak. Darslik faqat о‘quvchilarga
bilim berish bilan cheklanmay, ularning о‘quv kо‘nikma,
malakalarini
rivojlantirishni ham kо‘zda tutish kerak. Bu masala 5- sinf botanika
darsligida yetarlicha о‘z ifodasini topmagan. Masalan 6 ta laboratoriya
mashg‘ulotining
alohida ajratilmaganligi, ularni о‘tkazishiga oid
metodik tavsiyalarini yetarlicha yoritilmaganligi, о‘quvchilarning о‘quv
kо‘nikma va malakalarining rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi deb
о‘ylaymiz. Darslikda ayrim hollarda tushunchalarni izchillik bilan
rivojlantirishga
e’tibor
berilmagan.
Chunonchi,
о‘simliklarda
moddalarning
harakatlanishi “poya” mavzusida berilgan. Unda bir
vaqtning о‘zida suv va suvda erigan mineral moddalarni hamda organik
moddalarning harakatlanishi tо‘g‘risida ma’lumot keltirgan. Vaholanki
organik moddalarni sintezlanishi barg mavzusi bilan uzviy aloqador.