54
о‘simliklar dunyosining rivojlanishi” bobidan oldin berilishi mantiqan
tо‘g‘ri bо‘ladi deb о‘ylaymiz.
Darslikning ilmiyligi haqida tо‘xtab
“Bakteriyalar, zamburug‘lar,
lishayniklar” bо‘limini botanika darsligiga kiritilishi
organik olamning
hozirgi zamon sistemasi tо‘g‘risidagi bilimlarga tо‘g‘ri kelmaydi deb
aytish kerak. Chunki ular tuzilishi va hayot kechirishi tarzi bilan yashil
о‘simliklardan tubdan farq qiladi.
Botanika
darsligida “tip” sistematik birlikni о‘rniga
“bо‘lim”
tushunchasini
“avlod” sistematik birligi о‘rniga
“turkum” sistematik
birlikni qо‘llanilishi keyinchalik 7-sinfda zoologiyani о‘qish mobaynida
sistematik birliklar tо‘g‘risidagi о‘quvchilarning tushunchalarini
chalkashtirib
yuboradi, bu о‘z navbatida о‘quvchilar tomonidan
sistematik tushunchalarni sayoz о‘zlashtirishga olib keladi deb
hisoblaymiz. Maktab darsligiga barcha olimlar tomonidan e’tirof
qilingan bilimlar o’quv qo’llanmasi kiritilishi kerak.
Munozarali
masalalar undan о‘rin olmasligi joiz.
Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi
Maktab zoologiya darsligining muallifi professor O.Mavlonov
bо‘lib, u 172 sahifadan, 60 paragrafdan iborat. Unda 134 ta rangli
rasmlar bor. Har bir paragraf sо‘ngida bilimlarni
nazorat qilish uchun
savollar va test topshiriqlar berilgan. Darslikda bilimlar berish bilan
о‘quvchilarning kо‘nikma, malakalarini shakllantirishga ham e’tibor
qilingan. Mazkur masala 5ta laboratoriya mashg‘ulotlarida о‘z ifodasini
topgan.
Zoologiya darsligi tuzilish jihatidan botanika darsligidan tubdan
farq qiladi. Agar botanika darsligining 5-sinf uchun mо‘ljallangan о‘quv
materiallar
morfologik, anatomik,
fiziologik, ekologik bilimlar o’quv
qo’llanmasida tashkil topgan bо‘lib, 6-sinf
botanika darsligida asosiy
e’tibor sistematik tushunchalarning о‘zlashtirishga qaratilgan bо‘lsa,
zoologiya darsligida bir vaqtning о‘zida sistematik, anatomik,
morfologik, fiziologik, ekologik, gigiyenik bilimlar bayon etiladi.
Zoologiya darsligining ikkinchi о‘ziga xos jihati hayvonlar bilan
tanishish evolyutsion prinsipi asosida amalga oshirilganligidir.
Odatda
55
zoologiya darsligi о‘quvchilarni umurtqasiz hayvonlarning bir
hujayralilar yoki sodda hayvonlar vakillari bilan tanishtirishdan
boshlanib, to sut emizuvchilarning eng yuksak vakillari bо‘lmish
primatlar turkumi vakillari bilan yakunlanadi.