58
9-§. UMUMIY О‘RTA TA’LIM О‘QUV YURTLARIDA
BIOLOGIK TA’LIM MAZMUNI
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim mazmuni
asoslari
XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz
mutaxassislaridan umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni
talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim,
oʻz sohasida iloji boricha koʻproq maʻlumotni bilgan mutaxassislar
yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega
boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopediyalar,
sohalar
boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu
maʻlumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi.
Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan
yangi maʻlumotlarni
hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “Kosa
tagidagi nimkosa”ni koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa
koʻtarilyapti.
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim mazmuni
hozirgi davrdagi biologik fanlar rivojlanish darajasini о‘zida aks ettirishi
zamon taqozosidir.
О‘quvchilar uchun biologik о‘quv materialini tanlash biologiya
о‘qitish metodikasida nihoyat murakkab masalalaridan biri sanaladi. U
maktab О‘qituvchilari, pedagoglari, biolog olimlar hamkorligida hal
etiladi. О‘quvchilar uchun ta’lim mazmunining tanlashni qiyinligi ilmiy
axborotning benihoyat kо‘pligi va tez о‘sishi bilan uzviy aloqador.
Keyingi davrda biologiya tobora tez rivojlanayotgan
mustaqil fanlar
tizimidan iboratligi ma’lum bо‘lib qoldi. U botanika, zoologiya,
fiziologiya, anatomiya, morfologiya, genetika, sitologiya, antropologiya,
embriologiya,
paleontologiya,
mikrobiologiya,
gidrobiologiya,
biogeografiya, biotexnologiya, bioetika, bioestetika,
evolyutsion
ta’limot va boshqa xususiy fanlar o’quv qo’llanmasidan tashkil topgan.
Biologiya
fanining
bunday
tez
rivojlanishi
bir
tomondan
organizmlarning turli jihatdan о‘rganish, ikkinchi tomondan hayotning
har xil darajalarini tadqiq qilish bilan bog‘liq bо‘lsa, uchinchi tomondan
59
biologiyaning tabiiyotshunoslikning boshqa - xususan matematika,
kibernetika, ximiya, fizika sohalari bilan integratsiyasi bilan
tushuntiriladi. Biologiya fanining tabaqalanishi va boshqa tabiiy fanlar
bilan hamkorlik qilishi yangi - yangi axborotlarni tо‘planishiga sababchi
bо‘lmoqda. Hujayra organoidlarining ultrastruktura
tuzilishi qilishi,
funksiyasi, hujayraning kelib chiqishi tо‘g‘risida simbiogenez
nazariyasi, nuklein kislotalarning tuzilishi va funksiyasi, irsiyat va
о‘zgaruvchanlikning moddiy asoslari, politipik tur, populyatsiyalarning,
ekologik genetik tuzilishi, kariosistematika,
hayot tuzilishining turli
darajalari tо‘g‘risidagi bilimlar biologiyaning XX asrdagi yutuqlari
sanaladi. Biologiya fanidan tо‘plangan bilimlar, axborotlar hajmi
nihoyatda kо‘p va xilma-xil.
О‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologiya fani tо‘plagan barcha
axborot va bilimlarni tabiiy ravishda о‘quvchilarga berib bо‘lmaydi.
Shunga kо‘ra ular orasidan о‘quvchilarning yoshi hamda о‘qitishning
hozirgi zamon maqsad va vazifalariga mos bо‘lgan bilimlar o’quv
qo’llanmasini tanlab olish zarur. Tanlab olingan bilimlar o’quv
qo’llanmasi umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida davlat, jamiyat, shaxs
ehtiyojiga mos bо‘lishi,
hamda jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy
taraqqiyotini va fan texnika rivojlanishini о‘zida ifoda qilishi va ta’lim
berishda kо‘rsatilgan maqsad vazifalarini amalga oshirishga safarbar
qilingan bо‘lishi lozim.