72
о‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash, olingan natijalarni
tahlil qilish, uy vazifasini berishda foydalaniladi.
Darsda о‘qitish metodlari doimo
muayyan birikma holida
qо‘llaniladi. Darsning har bir bosqichida metodlarning u yoki bu
birikmalaridan
foydalaniladi.
Mazkur
bosqichdagi
vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlovchi metod ustunlik qiluvchi yetakchi
tizim hosil qiluvchi metod hisoblanadi, qolgan metodlar unga
bо‘ysunadi. Biologiyani о‘qitishda aksariyat hollarda kо‘rgazmali metod
yetakchi о‘rinni egallaydi, boshqa metodlar unga bо‘ysunadi yoki singib
ketadi.
Inson faoliyati metodlarining о‘zgarishi, о‘qitish
metodlarining
boyishiga va yangilanishiga olib keladi. Axborotlarning globallashuvi
sharoitida dasturli о‘qitish, EHM dasturlari vositasida о‘qitish va boshqa
metodlar vujudga keldi. Didaktikada о‘qitish metodlarini tasniflash
munozarali masala bо‘lib, tasniflash turli asoslar bо‘yicha amalga
oshirilgan. Akademik I.D.Zverev metodlarni о‘qitish
manbalari va
о‘quvchilar faollik darajasiga kо‘ra quyidagicha tasniflashni tavsiya
etgan.
1-jadval