65
10-§. BIOLOGIYANI О‘QITISHDA О‘QUVCHILARDA
MUSTAQIL VA IJODIY FAOLIYATINI TARKIB TOPTIRISH
Fikr inson faoliyati, uning о‘z kuchi,
qudrati va bilimini tashkil
etuvchi ma’naviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy - iqtisodiy
taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bо‘lganligi uchun,
biologiyani о‘qitish jarayonida о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr
yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish zarur.
PISA testlari 5 ta yo’nalish bo’yicha o’tkaziladi: -(inglizcha-
programme for International student assessment) O’qish, matematik
savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar hamkorlikda
hal qilish va moliyaviy
savodxonlik yo’nalishlari. O’zbekiston 2021-yilda 3- yo’nalish: O’qish,
matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yo’nalishlari bo’yicha
testlarda qatnashishi rejalashtirilgan.
Testlarda asosiy e’tibor o’quvchilarning mazkur yo’nalishlar
bo’yicha asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va ko’nikmalarni
egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratilgan.
Bu testlarda o’quvchilarning dars davomida aniq mavzular bo’yicha
o’rgangan bilimlarni sinovdan o’tkazish nazarda tutilgan.
Biologiyani о‘qitishda о‘qituvchi о‘quvchilarning mustaqil va
ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun avvalo:
О‘quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun о‘quv topshiriqlarini
tuzishi; Biologik obyektlar, tabiatdagi mavsumiy о‘zgarishlarni
о‘rganish maqsadida tajriba va kuzatish о‘tkazish
yuzasidan
kо‘rsatmalar tayyorlashi: О‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan
holda ularning mustaqil ta’limi uchun qо‘shimcha adabiyotlar va
multimedialarni tanlashi lozim.
О‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini
rivojlantirish uchun, ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim
texnologiyasini qо‘llash zarur. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining
asosiy g‘oyasi о‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi.
Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari: о‘quvchilarni о‘z bilish
faoliyatini
subyektiga
aylantirib,
fikr
yuritish
mexanizmini
shakllantiradi, rivojlantiradi. О‘quvchilarning bilish faoliyati empirik va
nazariy bilish
yaxlitligida tashkil etilib, о‘qitish jarayonida bilimlarni
66
deduktiv usulda о‘rganish ustuvor bо‘ladi. О‘qitish jarayonining asosini
о‘quvchilarning о‘quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga
keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi. О‘quvchilarning aqliy
rivojlanishiga
zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr
yuritishni shakllantirish ustuvor yо‘nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu
ikki tipi bir-birini tо‘ldiradi va taqozo etadi. Tanqidiy fikr yuritish
shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga
keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Tahliliy fikr yuritish
(axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash,
faktlar va
hodisalarni chog‘ishtirish).
Tabiiy–ilmiy savodxonligi; hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal
qilinishi mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash, kuzatish va tajribalar
asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi
olamni tushunish va inson faoliyati natijasida unda sodir bo’layotgan
o’zgarishlarni
anglab yetish, shunga ko’ra kerakli qarorlar qabul qila
olish ko’nikmasini rivojlanishiga imkon yaratadi.
О‘quvchilarda tahliliy fikr yuritish kо‘nikmalarini shakllantirish
uchun biologiya о‘qituvchisi har bir darsda avval о‘rganilayotgan
obyektlar
bilan
о‘rganilgan obyekt о‘rtasidagi bog‘lanishlarni
aniqlaydigan
topshiriqlarni
berishi
kerak.
Jumladan,