47
Hozirgi davrda hayotning tuzilish darajalari molekula, hujayra,
organizm, populyatsiya - tur,
biogeotsenoz, biosfera kо‘rinishda
bо‘lishligi e’tirof qilinadi. Hayot tuzilishini ana shu darajalari orasida
organizm darajasi markaziy о‘rinda turadi. Bir tomondan u hayot
tuzilishining uyi darajalari bо‘lmish molekula, hujayra darajasini о‘zida
mujassamlantirsa, ikkinchi tomondan organizmning о‘zi hayot
tuzilishining yuqori darajasi bо‘lmish populyatsiya – tur, biogeotsenoz,
biosfera darajalar tarkibiga kirishini e’tiborga olib biologiya ta’lim
standartining ta’lim yо‘nalishlaridan birinchi qilib “Organizm
biologik
sistema” olingan.
Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishdagi asosiy prinsiplaridan
biri “Davlat ta’lim standartini davlat, jamiyat, talablariga,
shaxs
ehtiyojiga mosligi” dir. Ma’lumki, keyingi yillarda jamiyat a’zolarida
ekologik bilimlarning yetishmasligi oqibatida suv, tuproq, havoni
ifloslanishi, о‘simlik, hayvon turlarini kamayishi rо‘y bermoqda.
Ekologik muvozanatni buzilishi hatto odamlar hayotiga ham xavf
tug‘dirmoqda. Bunday sharoitda yoshlarni
ekologik bilimlar bilan
qurollantirish, tabiiy resurslarga oqilona yondashish, о‘simlik, hayvon
turlarini asrash, tuproq shо‘rlanishi, eroziyasiga qarshi kurashish, suv,
havo, tuproq tozaligini saqlash tadbirlari bilan
tanishtirish nihoyatda
dolzarb sanaladi. Shuni e’tiborga olib biologiya ta’lim standartida ta’lim
mazmunining ikkinchi yо‘nalishi sifatida “Ekologik sistemalar” olingan.
Keyingi yillarda dinga erkinlik berilishi munosabati bilan ayrim
shaxslar dunyoviy bilimlarining jamiyat rivojlanishidagi rolini inkor
etib, yoshlarga faqat diniy bilim berish tarafdori bо‘lmoqdalar. Ular
organik olamdagi tarixiy jarayonni, о‘simliklar,
hayvonlar, odamlar
million yillar mobaynida о‘zgarganligini tan olmayaptilar. Shuning
uchun jamiyatning hozirgi rivojlanishida yoshlarga diniy odob-axloq
normalarini singdirish bilan organik olamning
tarixi rivojlanishi
tо‘g‘risidagi bilimlarni berish, ularda tabiat va jamiyat taraqqiyotini
tо‘g‘ri tushunishga imkon yaratadi. Shu sababli ham, biologiya ta’lim
standartidagi о‘quvchilarga beriladigan bilimlar o’quv qo’llanmasining
uchinchi yо‘nalishi “Organik olam evolyutsiyasi” deb nomlangan.
Yuqorida qayd qilingan uch ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha biologiya ta’lim
48
standartida о‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan
majburiy minimal
bilimlar o’quv qo’llanmasi keltirilgan.
Biologiya ta’lim standartida bilimning minimal talablarini
о‘quvchilar qanday о‘zlashtirganligini aniqlash maqsadida har bir о‘quv
fanida test topshiriqlar berilgan..