• 3). Og‘zaki metodlarga nimalar kiradi
  • Mustahkamlash uchun savollar




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/118
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,48 Mb.
    #143313
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118
    Bog'liq
    Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

    Mustahkamlash uchun savollar: 
    1. Jadidchilik harakatini vujudga kelish sababi nimada edi? 
    2. Jadidchilar harakatining asosiy maqsadi nimadan iborat? 
    3. Jadidchilarning ta’lim va tarbiya haqida qanday qarashlari 
    mavjud? 
    4. Yangi usul maktablarini ochilishida qaysi olimlar kо‘p ishlar 
    qildilar? 
     


    38 
    TEST SAVOLLARI 
     1). Biologiya о‘qitish uslubiyatlari nechta? 
    A) 3 ta; B) 5 ta; S) 2 ta; D) 4 ta.
     2). Hikoya nima ? 
    A)О‘qituvchi va о‘quvchi orasidagi munosabat;
    B)Kо‘rgazmalardan foydalanish; 
    S) О‘qituvchining jonli sо‘zi; 
    D)О‘quvchilarning test tuzishi. 
    3). Og‘zaki metodlarga nimalar kiradi ? 
    A) Namoyish qilish, suhbat, tajriba;
    B) Kitob bilan ishlash, hikoya;
    S) Namoyish qilish,ekskursiya; 
    D) Hikoya, suhbat, savol-javob. 
    4). Hikoyaning xillarini kо‘rsating? 
    A) Aytib berish, kirish; 
    B) Yakunlovchi tushuntirish; 
    S) Aytib berish, ta’riflash, xarakterlash, tushuntirish, 
    muhokama qilish;  
    D) Tushuntirish, muhokama qilish. 
    5). Qaysi suhbat turi yangi material о‘rganilgandan sо‘ng 
    о‘tkaziladi? 
    A) Kirish suhbati; 
    B) Bayon qiluvchi suhbat; 
    S) Takrorlovchi suhbat; 
    D) Yakunlovchi suhbat. 


    39 
    II-BOB. BIOLOGIYANI O’QITISH SHAKLLARI VA 
    TAMOYILLARI 
    6-§. BIOLOGIK TA’LIM JARAYONINING YAXLITLILIGI, 
    О‘QITISH PRINSIPLARI VA QONUNIYATLARI 
    О‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jahon 
    hamjamiyatiga yuz tutishi, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, 
    madaniy - ma’rifiy, diplomatik aloqalarning yо‘lga qо‘yilishi barcha 
    jabhalar kabi ta’lim tizimini isloh qilishni talab etdi. 
    Shu sababli О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi 
    qonunida ta’lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor 
    yо‘nalish deb e’lon qilingan. 
    Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat 
    siyosatining asosiy prinsiplari etib, quyidagilar qayd etilgan: 
    1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 
    2. Ta’lim uzluksizligi va izchilligi; 
    3. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 
    4. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun 
    ochiqligi; 
    5. Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan 
    yondashuv; 
    6. Bilimli bо‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish; 
    7. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish; 
    Ma’lumki, mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining 
    asosiy prinsiplari uzviy ravishda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat 
    kо‘rsatish prinsiplariga bevosita ta’sir kо‘rsatadi va ularni taqozo etadi. 
    О‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida 
    ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, zamon talablari asosida qayta qurish, 
    uzluksiz ta’lim tizimining turlari, ta’lim muassasalari oldidagi vazifalar, 
    kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga tatbiq etish masalalari 
    bilan bir qatorda uzluksiz ta’lim tizimining quyidagi faoliyat kо‘rsatish 
    prinsiplari qayd etilgan. 
    Ta’limning ustuvorligi – ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil 
    etilishi va rivojlantirilishi jamiyatimizdagi ustuvor yо‘nalish sanaladi. 


    40 
    Ta’limning ustuvorligi yuksak ma’naviyatli, bilimli va salohiyatli 
    barkamol shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi. 
    Ta’limning demokratlashuvi – ta’lim va tarbiya uslublarini 
    tanlashda, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ustoz 
    va tahsil oluvchining hamkorligiga asoslanadi. 
    Ta’limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarini tо‘liq 
    ochilishi va bilim olishga bо‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi, milliy va 
    umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat 
    va 
    atrof-muhitning 
    о‘zaro 
    munosabatlarini 
    uyg‘unlashtirishga 
    asoslanadi. Ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda ongli 
    intizom, insoniy qadr – qimmat tuyg‘usi, yuksak ma’naviyat, ijtimoiy 
    normalarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va 
    ijodiy fikrlashni tarkib toptirish nazarda tutiladi.
    Ta’limning milliy yо‘naltirilganligi – ta’limning milliy tariximiz, 
    xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, О‘zbekiston 
    xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy 
    taraqqiyotning о‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa 
    xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlashni ta’minlaydi. 
    Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi har tomonlama kamol 
    topgan insonni shakllantirishni nazarda tutadi. Iqtidorli yoshlarni 
    aniqlash – ta’lim jarayonini differensiallashtirish va individuallashtirish, 
    iqtidorli yoshlarga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda 
    fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni 
    kо‘zda tutadi. 
    Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning 
    muvaffaqiyati uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida ta’lim-tarbiya 
    jarayoni tashkil etiladigan о‘qitish prinsiplari ta’lim sohasidagi davlat 
    siyosatining asosiy prinsiplari va uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat 
    kо‘rsatish prinsiplariga qanchalik mos kelishi va ularni amaliyotga joriy 
    etishga safarbar etilganligiga bog‘liq. Ma’lumki, о‘qitish prinsiplari - 
    о‘qitish tizimining tuzilishi, mohiyati, uning qonunlari va qonuniyatlari 
    haqidagi, 
    shuningdek, 
    faoliyatni 
    tashkil 
    etadigan, 
    amaliyotni 
    boshqarishda namoyon bо‘ladigan bilimlar o’quv qo’llanmasi sanaladi. 


    41 
    Respublikamizdagi ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy - ma’rifiy 
    о‘zgarishlar biologik ta’lim jarayonida ilmiylik, sistemalilik, 
    fundamentallik, izchillik, kо‘rgazmalilik, onglilik, mustaqillik, ijtimoiy - 
    iqtisodiy rivojlanishning metodologik prinsipi, nazariyani amaliyot bilan 
    bog‘lash, samaradorlik, tushunarlilik, mantiqiy ketma-ketlik, uzviylik,
    ta’limni differensiallashtirish va individuallashtirish, individual va 
    guruhlarda о‘qitishni uyg‘unlashtirish, о‘qitish maqsadi, mazmuni, 
    vositalari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog‘liqligi, о‘qitish maqsadi, 
    vositalari va natijalar birligi, baholash va о‘z-о‘zini baholash prinsipi
    bilan bir qatorda, ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish 
    kabi prinsiplarga ham amal qilinishi zarurligini kо‘rsatdi. 
    Ta’limni differensiallashtirish va individuallashtirish esa о‘qitish
    jarayonida individual va guruhli yondashish prinsipini talab etadi. 
    О‘qitish prinsiplari negizida о‘qitish qonunlari va qonuniyatlari yotadi. 
    О‘qitish qonunlari va qonuniyatlari о‘qitish prinsipining nazariy 
    asoslarini ishlab chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotiga qо‘llashga 
    zamin tayyorlaydi.
    Shuni qayd etish lozimki, о‘qitish qonunlari va qonuniyatlari 
    uzluksiz ta’lim tizimining oldiga qо‘yilgan davlat va ijtimoiy 
    buyurtmalar, jamiyatning ijtimoiy hayotidagi ma’naviy - ma’rifiy 
    о‘zgarishlar, ta’lim - tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalari, fanning 
    rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq holda о‘zgarib, yangilanib turadi. 
    О‘qitish prinsiplari avvalo muayyan davlatning ta’lim sohasidagi 
    davlat siyosatining asosiy prinsiplari, uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat 
    kо‘rsatish prinsiplari, sо‘ngra ta’lim tizimi oldidagi buyurtmalariga mos 
    kelishi, shuningdek, jamiyatda sodir bо‘layotgan ijtimoiy, iqtisodiy, 
    siyosiy, huquqiy, ma’naviy - ma’rifiy о‘zgarishlarni о‘zida aks ettirib 
    yangilanib, о‘zgarib, rivojlanib, о‘zgacha ahamiyat kasb etadigan 
    jarayondir. О‘qitish prinsiplari biologiyani о‘qitishning maqsadi va 
    vazifalariga bog‘liq holda ta’lim-tarbiya jarayonining yо‘nalishi va 
    pedagogik faoliyatning mazmunini belgilaydi. 
    О‘qitish prinsipi - didaktik kategoriya bо‘lib, u ta’lim-tarbiya 
    jarayonining maqsadi va vazifalariga bog‘liq holda о‘qitish qonunlari va 
    qonuniyatlarining amaliyotga qо‘llanish usulini belgilaydi. Agar о‘qitish 


    42 
    prinsiplari о‘qituvchi va tahsil oluvchilarning hamkorlikda о‘qitish 
    maqsadlariga erishish yо‘nalishini belgilasa, о‘qitish qonunlari 
    pedagogik jarayonning xarakterini о‘zida aks ettiradi. 
    Barcha jabhalarda qonunlarning maqsadi va istiqboldagi 
    kо‘zlangan natijasi bо‘lgani kabi о‘qitish qonunlari ham metodika 
    fanining mantiqiy tarkibiy qismi sanalib, pedagogik jarayonning 
    obyektiv, tashqi, ichki, muayyan va nisbiy bog‘lanishlarini aks ettirib, 
    ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari, vositalari va 
    shakllarining uzviyligini, mazkur jarayonning ilmiy asosda tashkil 
    etilishi va boshqarilishi, olinajak natijalar va samaradorlikni orttirish 
    yо‘llarini belgilaydi. 
    Respublikamizda ta’lim jarayonini isloh qilish va uzluksiz ta’lim 
    tizimini joriy etishning ilmiy nazariy asosi sanalgan kadrlar tayyorlash 
    milliy dasturining ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni о‘tmishdan 
    olgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tо‘la xalos etish, rivojlangan 
    demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga 
    javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini 
    yaratish kabi maqsadini amalga oshirish yо‘lida, shuningdek, uzluksiz 
    ta’lim tizimi oldidagi davlat va ijtimoiy buyurtmalari, о‘qitish prinsiplari 
    hisobga olingan holda biologiyani о‘qitishda quyidagi о‘qitish 
    qonuniyatlarini pedagogik amaliyotga qо‘llash maqsadga muvofiq deb 
    topildi. 
    1. О‘qitish maqsadi, mazmuni, vositalari va shakllarining ijtimoiy 
    muhitga bog‘liqligi qonuni. Mazkur qonuniyat ta’lim - tarbiya
    jarayonining tarkibiy qismlarini tanlash va shakllantirishda jamiyatdagi 
    ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy - ma’rifiy о‘zgarishlar, ijtimoiy 
    munosabatlarning ta’sirini о‘zida aks ettiradi. Mazkur qonuniyat ta’lim 
    oluvchilarda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni 
    shakllantirishga imkon beradi. Keyingi yillarda yuqorida qayd etilgan 
    fikrlar, о‘qitish maqsadi va vazifalari hisobga olingan holda biologik 
    ta’lim mazmuni yangilandi, ta’lim tizimi jamiyatda amalga 
    oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat 
    qurilishi jarayonlariga moslandi. О‘quv fanlari bо‘yicha davlat ta’lim 
    standartlari, 
    о‘quv 
    dasturlari, 
    darsliklar 
    va 
    о‘quv-metodik 


    43 
    qо‘llanmalarning yangi avlodi yaratildi. Kadrlar tayyorlash dasturida 
    о‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash 
    muhim vazifalardan biri etib belgilangan. Shuni nazarda tutgan holda, 
    biologiyani о‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan 
    foydalanish yо‘llari ishlab chiqilishi zarur.
    2. Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta’lim qonuniyati shaxsning 
    tahsil olish jarayoni, bilim, faoliyat usullarini о‘zlashtirishi uning 
    rivojlanishiga va shaxsiy sifatlarining shakllanishiga asoslanadi. Ushbu 
    qonuniyat har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga imkon 
    beradi. Kadrlar tayyorlashning milliy modelida shaxs muhim о‘rin tutadi 
    va uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs, fuqaroni 
    shakllantirish nazarda tutiladi. О‘qituvchi biologiyani о‘qitishda ta’lim - 
    tarbiyaning uzviyligini ta’minlashi, о‘rganilayotgan mavzu mazmuniga 
    bog‘liq holda о‘quvchilarning ma’naviy - axloqiy, vatanparvarlik, 
    ekologik, estetik, iqtisodiy, huquqiy, jismoniy, jinsiy, mehnat va 
    baynalminal tarbiyasini amalga oshirishi lozim.

    Download 1,48 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish