16
unda о‘quvchilar tomonidan olib boriladigan kuzatishlar, tajribalarni hal
qildilar.
Maktab botanika kursini о‘qitishga bо‘lgan didaktik talablar,
botanika darslarida о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish
masalalari YE.M.Belskayaning “Botanika didaktikasi”
qо‘llanmasida
о‘z ifodasini topdi. M.Ortiqov esa о‘zining maktablarda о‘tkazgan
tajribalariga asoslanib, biologiya darslarida ekran vositalari (о‘quv
filmlari, diafilmlar, diapozitivlar)dan foydalanish о‘quvchilarda biologik
о‘quv materialini о‘zlashtirishga bо‘lgan
qiziqishini orttirishiga,
ularning bilimini mustahkam bо‘lishida alohida ahamiyatga ega
ekanligini isbotlab berdi. J.Tolipova darslarni xilma xillashtirish,
noan’anaviy darslar (seminar, konferensiya, muammoli munozarali)
о‘tkazish
о‘quvchilarning
bilish
faoliyatini
faollashtirishda,
mustaqilligini
rivojlantirishda, puxta bilim egallashlarida katta rol
о‘ynashini kо‘rsatib berdi. Maktabdagi bilimlar tushunchalardan tashkil
topgan. 1950-yillardan boshlab N.M.Verzilin boshli bir guruh rus
metodistlari xususiy biologik tushunchalarni tadqiq qildilar.
Ulardan
farqli ravishda 1970-yildan boshlab A.T.G‘ofurov umumbiologik
tushunchalarni, xususan, “hujayra”,”moddalar va energiya almashinuvi”,
“irsiyat va о‘zgaruvchanlik”, “organik olam evolyutsiyasi” kabi
tushunchalarni о‘quvchilar qanday о‘zlashtirishi haqida kuzatish, tajriba
ishlarini olib bordi va bu sohada “umumiy biologik tushunchalarni
shakllantirish” degan mavzuda о‘quv metodik qо‘llanma yaratdi. Odam
anatomiyasi va fiziologiyasi о‘quv fani bо‘yicha laboratoriya
mashg‘ulotlarini olib borish tо‘g‘risida A.M.Qodirovning о‘quv
qо‘llanmasi maktablar hayotida keng qо‘llanilmoda. Mahalliy
materiallarga asoslangan holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni qanday
shaklda,
mazmunda
о‘tkazish
kerakligi
A.T.G‘ofurov,
S.K.Xabirovalarning qо‘llanmasida yoritilgan. Qо‘llanmada ayrim
о‘quvchilar, о‘quvchilar guruhi hamda ommaviy ravishda tashkil
etiladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning xillari,
ularning mazmuni
va о‘zaro bog‘liqligi maktablarda о‘tkazilgan pedagogik tajribalar
asosida ochib berilgan. Keyingi paytlarda ekologik muvozanatning
buzilishi oqibatida suv, havo, tuproq turli chiqindilar bilan ifloslanishi
17
ortib bormoqda. Bu esa о‘z navbatida о‘simliklar va hayvonotlar,
odamlar hayotiga xavf solmoqda. Shu о‘rinda maktablarda olib
boriladigan ekologik ta’lim-tarbiyaga
nihoyatda ahamiyat berish
zarurligini kо‘rsatadi. Mazkur masalaning dolzarbligini e’tiborga olib
A.T.G‘ofurov,
O.N.Nosirov
maktablarda
О‘qituvchilar
bilan
hamkorlikda о‘tkazilgan tajribalarga asoslanib “Maktab biologiya
kursida
tabiat
muhofazasi
tushunchasini
shakllantirish”,
M.Nishonboyeva “Maktabda ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish”
kabi qо‘llanmalarni chop etdilar.
Maktab biologiya kursini о‘qitishdan maqsad о‘quvchilarni faqat
bilimlar bilan emas, shu bilan bir qatorda ularda о‘quv kо‘nikma va
malakalarni
hosil
qilishdan
iborat.
Bu
sohada
laboratoriya
mashg‘ulotlarni olib borish nihoyatda muhim sanaladi. Shuni e’tiborga
olgan holda A.M.Qodirov “Odam fiziologiyasidan laboratoriya
mashg‘ulotlar”,
A.M.Qodirov, K.Haydarov “Biologiya о‘qitish
metodikasidan laboratoriya mashg‘ulotlari” kabi qо‘llanmalarni nashr
etdilar.
Mustaqillik yillarida respublika metodistlarining diqqat e’tibori
о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish masalasiga qaratildi. Bu
о‘rinda biologiyadan noan’anaviy darslar о‘tkazishga qaratildi.
Respublikamiz metodistlari biologiyaning faqat umumiy о‘qitish
metodikasi bilan emas, balki xususiy metodikasi bilan ham shug‘ullana
boshladilar.
Maktab biologiya kursida chet tillardan olingan kо‘pgina atamalar
mavjud. Mazkur atamalarning tub ma’nosini bilish biologik bilimlarni
ongli о‘zlashtirishga yaqindan kо‘mak beradi. О‘zbek
biolog olimlari
botanik, fiziologik, biologik atamalarning izohli lug‘atini tuzishga
muvaffaq bо‘ldilar. Mazkur izohli lug‘atlardan foydalanish о‘quvchilar
bilimini ongli bо‘lishida ijobiy natija berishi muqarrardir.
V. Didaktik о‘yin texnologiyasi ijodiy о‘yin metodining didaktik
maqsadi: Talabalarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy
fikrlashini rivojlantirishda, qо‘shimcha bilim olishga bо‘lgan
ehtiyojlarini qondirishda ijodiy о‘yinlar muhim ahamiyatga ega.Ta’lim
jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni о‘quvchilar
18
guruhining о‘zaro hamkorlikda avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va
malakalarni ijodiy qо‘llash va izlanishi orqali hal etishga zamin
tayyorlaydigan didaktik о‘yinlarni ijodiy о‘yinlar deb ataladi. Bunda
talabalar teng guruhlarga ajratilib, ularni mavzu mazmuni asosida
“Tabiatshunoslar”, “Botaniklar”, “Zoologlar”, “Uslubchilar” etib
belgilanadilar.