• Biologiya o‘qitish metodikasining ilmiy – tadqiqot metodlari 1.
  • Fan sifatida biologiya o‘qitish metodikasining vazifalari




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/118
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,48 Mb.
    #143313
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
    Bog'liq
    Biologiya o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma)

    Fan sifatida biologiya o‘qitish metodikasining vazifalari 
    tubandagilardan iborat: 
    1. O‘quvchilarning o‘qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda 
    o‘quv fanining o‘rnini aniqlash; 
    2. Maktab o‘quv dasturlari va darsliklarini takomillashtirish 
    bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tatbiq 
    etish; 
    3. O‘quvchilarning yoshiga mos ravishda o‘quv fanlarining 
    mazmuni, undagi mavzularning o‘rganish izchilligini belgilash; 
    4. Biologik o‘quv fanlarining o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga 
    olgan holda, o‘qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish; 
    5. O‘qitish jarayonida qo‘llash uchun zarur jihozlarni aniqlash. 
    Biologiya xonasi, tirik burchak, tajriba yer maydonini tashkil etish
    tabiiy, tasviriy, dinamik, audio, video vositalarini belgilash.



    Biologiya o‘qitish metodikasining predmeti bo‘lib biologik 
    bilimlarning 
    maqsadi, 
    mazmuni, 
    o‘qitish usullari, shakllari
    o‘quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir. 
    Biologiya o‘qitish metodikasining ilmiy – tadqiqot metodlari 
    1. Maktab 
    o‘qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va 
    faoliyatidagi ijobiy, salbiy tomonlarini aniqlash;
    2. Bu 
    sohada 
    to‘plangan 
    ma’lumotlarni 
    tahlil 
    qilish, 
    umumlashtirish va hal etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni 
    hal etish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari surish; 
    3. Ilgari surilgan farazlarning qanchalik hayotga yaqin ekanligini 
    aniqlash maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o‘tkazish hamda 
    tajribaviy, nazorat sinflardan olingan ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash; 
    4. Kuzatish 
    va 
    pedagogik 
    eksperimentlardan 
    olingan 
    ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash; 
    5. Olingan 
    ma’lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar
    qo‘llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy 
    maktablarda tekshirishdan o‘tkazish va tasdig‘ini olish; 
    Hozirgi davrga kelib, biologiya o‘qitish metodikasida o‘tkazilgan 
    pedagogik tajribalar natijasida “Biologik tushunchalarni rivojlantirish”, 
    “Biologiyada o‘qitish shakllarining sistemasi”, “Biologiyada o‘qitish 
    metodlari”, “Biologiyada ekologik tushunchalarni rivojlantirish”, 
    “Biologiya o‘qitishning moddiy bazaviy sistemasi”, “Pedagogika Oliy 
    o‘quv yurtlari talaba biologlarning maktabdagi ishga metodik tayyorlash 
    sistemasi” kabi nazariyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan. 
    Maktablarda o‘qitiladigan biologiya o‘quv fanlarga qarab 
    “Biologiya o‘qitish metodikasi” fani “Biologiya o‘qitishning umumiy 
    metodikasi”, “Botanika o‘qitish metodikasi”, “Zoologiya o‘qitish 
    metodikasi”, “Odam va uning salomatligini o‘qitish metodikasi” va 
    nihoyat “Umumiy biologiyaning o‘qitish metodikasi” kabi xususiy 
    o‘qitish metodika fanlariga ajratiladi. 
    Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi barcha biologik o‘quv 
    fanlariga oid o‘qitishning maqsadi, vazifasi, mazmuni, prinsiplari
    usullari, vositalari, shakllari, biologiyani o‘qitish tarixi, bosqichlari kabi 



    masalalarni qamrab oladi. Xususiy metodikalar esa u yoki bu o‘quv 
    fanining mazmuni o‘quvchilarning yoshi bilan bog‘liq dars, darsdan 
    tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, ekskursiyalar, amaliy va 
    laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish, jihozlash kabilarni diqqat 
    markazida tutadi.

    Download 1,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan sifatida biologiya o‘qitish metodikasining vazifalari

    Download 1,48 Mb.
    Pdf ko'rish