87
Mustaqil ish metodlari guruhiga darslik, qо‘shimcha о‘quv
adabiyotlari va kо‘rgazma vositalari ustida mustaqil ishlash metodlari
kiradi. mustaqil ishlash metodining о‘ziga xos xususiyatlaridan biri
о‘quvchilarning
о‘quv
topshiriqlarini
о‘qituvchining
bevosita
boshqaruvisiz bajarishidir. Mustaqil ishlash metodida о‘quvchilarning
mustaqil о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish nazarda
tutiladi.
Mazkur metodda darslik, qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari,
kо‘rgazma vositalari ustida mustaqil о‘tkazilgan kuzatish va tajriba
natijalari, masala va mashqlar ishlash bilim manbai sanaladi. Barcha
metodlar kabi mustaqil ishlash metodining ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. Ta’limiy vazifasi sifatida –
о‘quvchilarning bilim va kо‘nikmalarni mustaqil egallashlari, bilimlarni
chuqurlashtirish, mustahkamlash va takrorlashni ta’minlashini qayd
etish mumkin. Ular о‘quvchilarning amaliy о‘quv kо‘nikmalari va
malakalarni yaxshi о‘zlashtirishlarida ayniqsa qimmatga ega, chunki
mustaqil harakatsiz kо‘nikmalarni avtomatlashgan va ijodiy xarakterdagi
malaka darajasiga kо‘tarib bо‘lmaydi.
Tarbiyaviy yо‘nalishdagi vazifasi о‘quvchilarda mustaqillik, bilish
faolligi, ma’naviyat, faol hayotiy pozitsiyani egallash, mehnatsevarlik va
insoniy fazilatlarni tarkib toptirishga yordam beradi. Rivojlantiruvchi
yо‘nalishdagi vazifasi – о‘quvchilarning
ilmiy dunyoqarashi, tafakkuri,
kо‘nikma va malakalarni rivojlantirishga yordam beradi, irodani
chiniqtiradi.
Mustaqil ishlash metodlari tarkibiga mustaqil ish topshiriqlarini
berish, о‘quv faoliyatida mustaqillikni rivojlantirish, о‘quv mehnati
malakalarini tarkib toptirish, namunaga
muvofiq mustaqil ishlarni
tashkil etish, ijodiy topshiriqlar berish uslublari kiradi. О‘qitishda
о‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari guruhi
ta’lim jarayonida pedagogik rag‘batlantirish orqali о‘quvchilarning
yangi о‘quv materialini egallashlarida ishtiyoq va faollikni ta’minlovchi
ijobiy
asoslanishlarni
vujudga
keltiradi.
Mazkur
metodlar
о‘quvchilarning bilishga bо‘lgan qiziqishlari, aqliy faolliklari, yangi
bilimlarni egallashga bо‘lgan ehtiyojlari, muloqot madaniyati, о‘z-о‘zini
nazorat qilish va boshqarish, baholash kо‘nikmalarini rivojlantirishga
88
zamin tayyorlaydi. Shuningdek, ta’limning ijtimoiy ahamiyatini
tushuntirish, о‘quvchilarda
ongli intizom, burch va mas’uliyatni tarkib
toptiradi.
О‘qishga bо‘lgan qiziqishni orttirish, didaktik-о‘yin, о‘quv
munozaralari, о‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va mas’uliyatini
shakllantirish metodlari mansub bо‘lib, ular quyidagi:
a) о‘qishga bо‘lgan qiziqishni orttirish metodlari о‘quvchilarda
ijobiy hissiyotni vujudga keltirish, qiziqarli analogiyalardan foydalanish,
taajjublanish effekti, bilish quvonchini vujudga keltirish, о‘quvchilarni
rag‘batlantirish va tanbeh berish uslubi.
b) didaktik о‘yin metodi о‘yin syujetini tanlash, о‘yin vaziyatlarini
vujudga keltirish, о‘quv-bilishga oid о‘yinlarni tanlash, о‘quvchilarni
rag‘batlantirish uslubi.
v) о‘quv munozaralari metodi о‘quv bahslarini keltirib
chiqaradigan vaziyatni yaratish, ilmiy bahslarni vujudga keltirish.
О‘quvchilarni muvaffaqiyatlarga yо‘llash, о‘quvchilar fikrini bayon
qilishi,
ular
javobidagi
xatolarni
tо‘g‘irlash,
о‘quvchilarni
rag‘batlantirish uslubi.
d) о‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va mas’uliyatini
shakllantirish
metodi
ta’lim-tarbiyaning
ijtimoiy
ahamiyatini
tushuntirish, о‘qishning shaxsiy
ahamiyatini tushuntirish, о‘quv
talablarini qо‘yish, о‘qitishda rag‘batlantirish va tanbeh berish kabi
uslublarni mujassamlashtiradi.
О‘qitishdagi nazorat va о‘z-о‘zini nazorat metodlari. Nazorat
ta’lim jarayonining ajralmas qismlaridan biri sanaladi. Nazoratning
muntazamligi va izchilligi о‘quvchilarning faol aqliy mehnat qilishga
undaydi, ularda mas’uliyat, burch, diqqat, xotira, о‘z-о‘zini nazorat
qilish
va
baholash
kо‘nikmalarini
rivojlantirishga
zamin
tayyorlaydi.Nazoratning tо‘liqliligi, haqqoniyligi, keng kо‘lamliligi,
muntazamliligi barcha metodlar kabi bu metodlarning ta’limiy,
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va о‘quvchilarga tafovutlab yondashish kabi
funksiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Bu metodlar guruhiga
og‘zaki va yozma nazorat, laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat,