115
17-§. MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Biologiya darslarida muammoli ta’lim texnologiyasidan
foydalanish muhim о‘rin tutadi.
Muammoli dars “Aqliy hujum” quyidagi bosqich asosida tashkil
etiladi:
I – bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bо‘lgan о‘quvchilardan
teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.
II – bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bо‘lgan
о‘quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning
didaktik maqsadi
bilan tanishtirish.
III – bosqich. О‘quvchilarning bilish faoliyatini о‘quv muammolarini
hal etishga yо‘naltirish.
IV – bosqich. О‘quvchilarning muammoli
vaziyatlarni hal etish
bо‘yicha axborotlarini tinglash.
V – bosqich. Kichik guruhlar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara
о‘tkazish.
VI – bosqich. Umumiy xulosa yasash.
“Aqliy hujum” da о‘quvchilar avval о‘zlashtirgan
bilimlarini
yangi vaziyatlarda qо‘llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi,
aqliy faoliyat usullarini egallaydi.
“Aqliy hujum” darslari dasturdagi
muayyan bir mavzuni о‘rganishga bag‘ishlanadi.
Mazkur darsning didaktik maqsadi:
1. О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali tahsil
olishga va fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish.
2. О‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va
malakalarini odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qо‘llash
orqali yangi bilimlarni egallashga erishish.