116
“Aqliy hujum” darslarining tuzilishi quyidagicha bо‘ladi:
О‘qituvchining kirish sо‘zi. Bunda о‘qituvchi
dars mavzusining
maqsadi va vazifalari, ilmiy munozara о‘tkaziladigan
muammolarning
umumiy tafsiloti, darsda о‘quvchilar guruhi bajaradigan о‘quv
topshiriqlari bilan tanishtiradi. О‘quvchilarni
teng sonli kichik
guruhlarga ajratish. О‘quvchilar faoliyatini munozarali va muammoli
masalalarni bajarishga va hal etishga yо‘llash; О‘quvchilar
guruhi
о‘rtasida о‘quv bahsi va munozarani tashkil etish; О‘quv
bahsi va
munozara yakuni. О‘qituvchi dars davomida о‘quv bahsi va munozara
keltirib
chiqargan
muammolar
yechimidagi
asosiy
g‘oya va
tushunchalarni ta’kidlab, xulosalar yasaydi. О‘quvchilar bilimini nazorat
qilish va baholash. О‘quv bahsi va munozaralarda
faol ishtirok etgan
о‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Darsni umumiy yakunlash.
Odam va uning salomatligi о‘quv fanida “Odamning paydo
bо‘lishi” bobidan о‘rin olgan “Odamning paydo bо‘lishi tо‘g‘risidagi
tushunchalar va ularning rivojlanishi.
Odamning hayvondan paydo
bо‘lganligi haqidagi dalillar”, “Odam va hayvon embrioni
rivojlanishidagi о‘xshashliklar” mavzularini о‘rganishda “aqliy hujum”
darslaridan foydalanish uchun quyidagi
munozarali savollar zanjiri
tuziladi. K.Linney, J.B.Lamark, CH.Darvinning odamning paydo
bо‘lishi haqidagi fikrlarini о‘rganing. Siz bu fikrlarga qanday munosabat
bildirasiz? Nima sababdan organik dunyoning
ilmiy klassifikatsiyasida
odam primatlar turkumiga kiritilgan? Odam va maymunning tuzilishida
qanday о‘xshashliklar mavjud? Quyidagi jadvalni tо‘ldiring va undan
fikringizni asoslashda foydalaning.
5-jadval